Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
mustahkamlash bosqichi boshlanadi, keyin esa fikrlarda nizolilar bo‘lsa,
asoslash va ishontirish bosqichi keladi. Va, nihoyat, natijalarni qayd etish bosqichi boshlanadi. Agar mavzular ko‘rib chiqilgan bo‘lsa yoki sherik notinchlik alomatlarini namoyon qilgan taqdirda muloqotni yakunlash zarur. Muloqotni doimo davom ettirish istiqboli bilan yakunlash kerak. Eng oxirgi daqiqalar, yakuniy so‘zlar, qarashlar, qo‘l siqishlar o‘ta muhimdir, ba’zida ular ko‘p vaqt davom etgan suhbat natijasini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Muloqot tuzilishida uch xil o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tomonlar: kommunikativ yoki kommunikatsiyani, interfaol va perseptiv nuqtai nazarlarni ajratib ko‘rsatadilar. O‘Z – O‘ZINI TEKSHIRISHGA OID SAVOLLAR: 1. «Muloqot» tushunchasi, uning maqsadi va mazmunini ochib bering. 2. Insonlar muloqotining vazifalari va turlari nimadan iborat? 3. Qanday muloqot vositalarini bilasiz? 4. Muloqotning nuqtai nazarlari haqida gapirib bering. 245 5. Muloqotdagi Kauzal atributsiya, refleksiya, tenglashtirish va persepsiya nimani bildiradi? 6. Tirik jonzotlar filogenezi va odam ontogenezidagi muloqot taraqqiyotini ochib bering. MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI 1. Muloqot: a) shaxsning mohiyatga ega bo‘lgan xususiyati; b) faoliyat kabi ahamiyatli bo‘lgan, inson turmush tarzining bir tomoni; v) insonning boshqa odamlar bilan o‘zaro ta’sirlashuv shakli; g) ikki va undan ortiq odamlarning bilish yoki affektli-baholash xususiyatli axborot almashinuvidan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sirlashuvi. 2. SHaxslararo munosabatlar – bu: a) odamlar o‘rtasida faoliyat va guruhlardagi muloqotda o‘rnatiladigan munosabatlar; b) rahbarlar va xodimlar o‘rtasidagi munosbatlar; v) tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi munosbatlar; g) faoliyat jarayonidagi odamlar o‘rtasidagi dialoglar. 3. Muloqot, odatda, .... tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi: a) axborotli, perseptiv, yo‘nalishli; b) interfaol, kommunikativ, nutqiy; v) shaxslararo, kognitiv, kommunikativ, emotiv, konativ; g) bilish, emotsional, shaxslararo. 4. Muloqotda o‘zini boshqa odamga o‘xshatish yo‘li bilan uni tushunish xususiyatiga ega bo‘lgan shaxslararo idrokning bosh mexanizmlaridan biri: a) ijtimoiy-psixologik refleksiya; b) stereotiplashtirish; v) empatiya; g) identifikatsiya. 5. Imo-ishoralar, mimika va pantomimika – bu .... muloqot vositalar: a) optik-kinestezik; b) paralingvistik; v) ekstralingvistik; g) fazoviy-vaqtli Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling