Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

ehtirosli va frigid mijozlilarga bo‘linadilar. Birinchisi oson qo‘zg‘aluvchan, 
emotsional ta’sirchan, impulsiv; ikkinchisi – o‘z sezgilarini mushohada qilish, 
ulardan zavqlanishga moyil; uchinchisi – emotsional intiluvchan, o‘ta faol, 
maqsadga erishishda sabotli; to‘rtinchisi – aql bilan ish ko‘radilar, qayg‘urish 
hissi ularga yot. 
Hissiyotlar va sezgilarning yuzaga kelishi va so‘nishi shartli refleks 
shakllanishining barcha qonuniyatlariga bo‘ysunadi. 
Biror ob’ektga nisbatan ishlab chiqilgan sezgilar ma’lum darajada bir 
jinsli ob’ektlar sinfiga ko‘chirib o‘tkaziladi. SHunday qilib, sezgilar 
qonuniyatlaridan biri ularning umumlashtirilganligi va ko‘chirib o‘tkazish 
imkoniyati hisoblanadi. Boshqa qonuniyat – sezgilarning davomli 
seskantiruvchilar ta’sirida sustlashishi. Xuddi shunday sevimli qo‘shiq hadeb 
tinglansa, yoqmay qolishi mumkin; juda ko‘p marta takrorlanadigan hazil 
kulgili bo‘lmay qoladi. 
Ijobiy hissiyotlar kabi, salbiy hissiyotlar ham so‘nishga moyil bo‘ladi. 
Odam ma’lum darajada turli vaziyatlarga, shuningdek, salbiy ta’sirlar 
(badbo‘y hid, xunuk manzara, noqulay sharoit)larga ham ko‘nikadi. 
Turli seskantiruvchilar ta’sirida yuzaga keladigan turli segilar o‘zaro 
taqqoslanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatib, o‘zaro ta’sirlashadi. Biror 
shaxsning xunuk harakatidan, xuddi shunday vaziyatdagi boshqa shaxsning 
oliyjanob harakati solishtirilganida taassuf hissi kuchayadi, qoniqish hissi 
qoniqmaslik hissidan so‘ng kuchliroq seziladi. Insonning taqdiri, azob-
uqubatlari qanchalik og‘ir, muvaffaqiyatsizliklarining yakun topishi 


262 
shunchalik quvonch bilan idrok qilinadi – bu sezgilarning keskin qarama-
qarshiligi
Sezgi qonuniyatlaridan biri – ularning jamlanishi. U yoki bu ob’ekt 
tomonidan muntazam ravishda hosil qilinadigan sezgilar to‘planib, jamlanadi. 
Buning natijasida insonda ota-onaga, do‘stga, qadrdon yurtga nisbatan 
muhabbat va ehtirom mustahkamlanadi. Salbiy kechinmalar (hayotiy 
qiyinchiliklar)ning to‘planishi affekt holatiga tashqi tomondan ahamiyatsiz 
bo‘lgan voqeadan juda kuchli ta’sirlanishga olib kelishi mumkin. 
Emotsional holatlar o‘rin almashishi mumkin. Xuddi shunday, biror 
faoliyatdagi muvaffaqiyat boshqa faoliyatdagi muvaffaqiyatsizlikning o‘rnini 
bosishi mumkin. 
Hissiyotlarning yana bir qonuniyati – ularning o‘zgaruvchanligi 
hisoblanadi. Biror ob’ekt yuzasidan qondirilmagan hissiyotlar boshqa 
ob’ektlarga (barchaga «zarar o‘rnini to‘ldirish» hodisasi) o‘tkazilishi mumkin. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling