Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

3. Психик холат турлари. 
Стресс 
тушунчаси 
ва 
психик зўриқиш ва уни 
бошқариш. 
 
emotsional javob 
yuzaga keldi. Bu javob insonning emotsional 
qo‘zg‘aluvchanligi, emotsional tonusi bilan belgilanadi. Emotsional javobning 
turlaridan biri sintoniya – boshqa odamlar emotsional holatini birga 
qayg‘urish – insonningmuhim ijtimoiy sifati hisoblanadi. Nizoli asosidagi 
emotsional holatlarga stress, frustratsiya, affekt kiradi. 
Stress 
tushunchasining 
mazmuni 
mohiyati borasida qator ta’riflar 
uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy 
tomonidan stress–ffektiv holatga yaqin 
turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomiyligiga ko‘ra kayfiyatlarga 
yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb 
ta’rif beriladi. Professor E.G‘ozievning umumiy psixologiya kitobida 
yozilishicha, stress-og‘ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar ishlarning 
me’yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar tug‘ilganida, zaruriy chora-
tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy 
zo‘riqishlar sifatida ko‘rsatiladi.
Stress – inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo 
bo‘ladigan tanglik jarayonidir.
Stress ko‘rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:
Konstruktiv – biz turidagi (ko‘pchilik orasida);
Destruktiv – men turidagi (yakka shaxs o‘zi bilan) kechadigan jarayon. 
Stress tushunchasi kanadalik olim Gans Sele tomonidan kiritilgan, u 
stressni organizmning jismoniy yoki psixik jarohatni keltirib chiqaradigan 
ta’sirlarga nisbatan moslashish-himoya reaksiyalari yig‘indisi sifatida 
ta’riflagan. Stress holatining rivojlanishida G. Sele uch bosqich: a) 
xavotirlanish, b) qarshilik ko‘rsatish, v) izdan chiqishlarni ajratdi. 
Xavotirlanish reaksiyasi shok davri (MNS tushkunlik holati) va izdan 
chiqqan psixik vazifalarning tiklanish, shokka qarshi davridan iborat. 
Qarshilik ko‘rsatish bosqichi (rezistentlik) stressorlar ta’siriga nisbatan 
chidamlilikning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Ularning davomli 
ta’sirida organizm kuchi kamaya boradi, va izdan chiqish bosqichi 
boshlanadi, ba’zn organizm o‘limiga olib keluvchi nuqsonli kasallik 
jarayonlari yuzaga keladi. 
Stress hayot uchun xavfli bo‘lsada, organizm uchun zarurdir: austressda 
(«foydali» stress) individning moslashish mexanizmlari ishlab chiqiladi.
Axborotli va psixik stress turlari mavjud (emotsional stresslar). 
Hissiyot va sezgilarning yana bir qonuniyati – bu psixosomatik korrelyasiya, 
vegetativ o‘zgarishlar bilan aloqa, bu organizm va inson hayotiy faoliyati 
vazifalarining o‘zgarishiga olib keluvchi hissiyotlar ta’sirini bildiradi. 


259 
Emotsional 
kechinmalarning 
xilma-xilligi 
avvalambor, 
odamlarning 
kayfiyatida ifodalanadi. Emotsional jihatdan kuchsiz ta’sirlanadigan 
odamlarda faqat qandaydir o‘ta xavotirli voqea yaqqol ifodalangan hislarni 
yuzaga keltiradi. Boshqa toifadagi, emotsional ta’sirchan odamlarda arzimas 
holat ham kuchli hissiyotlarga sabab bo‘lishi mumkin. Hatto, ahamiyatsiz 
voqea ham kayfiyatlarini ko‘tarishi yoki tushirib yuborishi mumkin. 
Odamlar o‘rtasida hissiyotlarning ifodalanishining chuqurligi va barqarorligi 
bo‘yicha farqlanadigan xususiyatlar kuzatiladi. Ba’zi odamlarni hissiyotlar 
o‘rab olib, o‘zidan keyin chuqur iz qoldiradi. Boshqalarda hissiyotlar yuzaki 
xususiyatga ega bo‘lib, oson, sezilarsiz, darhol va umuman izsiz o‘tib ketadi. 
Odamlarda affekt va ehtiroslar ifodalanishidagi farqlar yaqqol namoyon 
bo‘ladi. Bunda nomutanosib, o‘zi va hulq-atvori nazorati yo‘qotilgan, affekt 
va ehtiroslarga beriluvchan, masalan, g‘azab, jazava, xavotirga tushadigan 
odamlarni ajratish mumkin. Boshqa odamlar, aksincha, doimo o‘zini tuta 
biladi, o‘z hislarini, ongini nazorat qiladi. 
Odamlar o‘rtasidagi farqlardan biri shundan iboratki, hislar va hissiyotlar 
ularning faoliyatida aks etadi. Xuddi shunday, ba’zi odamlar hislar ta’sir 
etuvchi xususiyatga ega, harakatga undaydi, boshqalarda barchasi qator 
o‘zgarishlarga sabab bo‘lmaydigan hisning o‘zi bilan chegaralanadi. Hislar 
sustligining yorqin shakli insonning ko‘ngilchanligida ifodalanadi. 
SHunday qilib, hissiyot va hislarning namoyon bo‘lishidagi farqlar ma’lum 
odamning betakrorligi, ya’ni, uning individualligini belgilab beradi. 
Oniomaniya va shopogolizm bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir muammoni ko‘rib 
chiqamiz. Oniomaniya (do‘konlarga bog‘liqlik) – xarid qilishga bo‘lgan
miyaga o‘rnashib qolgan mayl, zaruriyati va oqibatlari bilan kelishmagan 
holda, vasvasa holatlarida kuzatiladi. Bunday bog‘liqlik zamonaviy tilda – 
shopogolizm deb ataladi. 
Xarid qilishga bo‘lgan nosog‘lom havas, oniomaniya yoki shopogolizm, XX 
asrda aniqlangan o‘ziga xos kasallikdir, lekin 1990-yilning boshlariga kelib
olimlar unga jiddiy e’tibor qarata boshladilar. Tibbiyot xodimlarining fikriga 
ko‘ra, oniomaniya bilan sayyoramizning 10% aholisi, asosan, ayollar (90%) 
aziyat chekadilar. AQSHda 55 mln. odam bu kasallikka chalingan, ulardan 
15 mln. surunkali shopogoliklardir. 
Agar avval oniomaniyadan aziyat chekadiganlar xarid qilish maqsadida 
supermarket va do‘konlarni kezishgan bo‘lsa, endilikda ular Internet, TV-
do‘kon yoki rangli kataloglar orqali xarid qilyaptilar. Oniomaniya sabablari 
hali oxirigacha aniqlanmagan. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, shopogolizm 
odam organizmiga inson kayfiyatini boshqaradigan serotonin gormonining 
etishmovchiligi bilan bog‘liq. Ba’zilar mahsulotlarni sovg‘alar qabul qilishni 


260 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling