Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

YAratuvchi xayol – bu ma’lum inson uchun biror yangilikni so‘z orqali 
ta’riflash yoki uni shartli ravishda aks ettirish (chizma, notali yozuv va 
boshqalar) ga tayangan holda tasavvur qilish. Xayolning bu turi insonning 
turli xil faoliyatida, shu bilan birga, ta’limda ham keng qo‘llaniladi. Xuddi 
shunday, yaratuvchi xayol ishchiga mehnat operatsiyalarini chizmalar 
bo‘yicha bajarishga yordam beradi. 
Ijodiy xayol – bu yangi obrazlarni tayyor ta’riflar yoki shartli tasvirlarga 
tayanmagan holda yaratish. Xayolning bu turi davomida inson mustaqil holda 
boshqa odamlar yoki jamiyat uchun qadrli bo‘lgan, faoliyatning aniq o‘ziga 
xos mahsulotida gavdalangan yangi obraz va g‘oyalar yaratadi. Ijodiy xayol 
inson ijodiy faoliyati barcha turlarining tarkibiy qismi asosi bo‘lib 
hisoblanadi. 
Antitsipatsiyaviy xayol insonning juda muhim va zarur qobiliyati – 
kelajakdagi voqealarni oldindan sezish, harakatlarining natijasini ko‘ra olish 
va boshqalar asosida yotadi. Insonning bu qobiliyatiga binoan inson «fikriy 
nigoh» yordamida kelajakda o‘zi, boshqa odamlar yoki atrofdagilar bilan 
nimalar sodir bo‘lishini ko‘ra oladi. 
Sust xayol ichki, sub’ektiv omillarga bo‘ysunadi. Bunda amaliy 
faoliyatdan to‘liq yoki deyarli to‘liq bo‘lgan ajralish mavjud. Bunda fantaziya 
hayotga tadbiq etilmaganobrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan yoki tadbiq 


172 
etilmaydigan hulq-atvor dasturlari rejalashtiradi. Sust xayol jarayonida 
qandaydir ehtiyoj yoki tilakning noreal, xayoliy qondirilishi amalga oshiriladi. 
Bunday xayolning materiallari sifatida obrazlar, tasavvurlar, tushuncha 
elementlari va tajribada to‘plangan boshqa ma’lumotlar xizmat qiladi. 
Sust xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz xayol inson 
irodasidan tashqarida, boshqa u yoki bu idrok qilishga bog‘liq ravishda 
yuzaga keladi. Bu, asosan, ong faoliyati, ikkinchi xabar tizimining 
kuchsizlanishida, yarim uyqu, affekt holatida, uyquda, ongning patologik 
buzilishlarida (gallyusinatsiyada), gipnoz, spirtli ichimliklar, giyohvand 
moddalar ta’sirida sodir bo‘ladi. Oldindan ko‘zlangan, maqsadga 
yo‘naltirilgan tarzda inson tomonidan o‘z tajribasining mos elementlaridan 
foydalanish va ularni yangi obrazlarda qayta yaratish ixtiyoriy xayol deyiladi
Bu xayol uchun obraz yaratish vazifasining mavjudligi va uni amalga 
oshirishda iroda kuchi xosdir. Maqsadli xayol o‘zini uch xil shaklda: orzular
– istalgan kelajak obrazlari; shirin xayol – dolzarb kechinmali irreallik 
obrazlari; fantaziyalar – yaqin kelajak obrazlari. Ular zo‘riqishni kamaytirish, 
maqsadga yo‘nalganlik, oldindan sezish, inson zahiralarini safarbar qilish 
vazifalarini bajarishi mumkin. SHirin xayolda insonning qiziqishlari, 
moyilliklari, ehtiyojlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. SHirin xayolga orzular – 
inson amalga oshirmoqchi bo‘lgan, lekin ayni damda amalga 
oshirolmaydigan, uning eng ezgu xohishlarini qondiradigan istalgan kelajak 
obrazini oldindan yaratish yaqin turadi. Orzular shirin xayoldan o‘zlarining 
amaliy tadbiqi imkoniyatini taqazo etishi bilan farq qiladi. Inson o‘z 
orzularida yaratgan obrazlar, yorqin, jonli, aniq xususiyati bilan, shu bilan 
birga – sub’ekt uchun hissiyotga boyligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. 
Lekin orzu, xayol istalgan kelajakni hozirgi zamon bilan muntazam ravishda 
bog‘lab turganidagina foydali bo‘lishi mumkin. Agar bunday bo‘lmasa, orzu 
harakat rag‘batida xayolparastlikka, fantaziyaga aylanib qolishi mumkin. 
Orzuning hissiy-emotsional turi sifatida, shirin xayol va unga yaqin 
bo‘lgan fantaziyalar namoyon bo‘ladi. SHirin xayol deb, odatda, «shirin 
orzular», ushalmaydigan umidlar, haqiqiy voqelikni o‘rnini bosadigan 
shakllarga aytiladi. SHirin xayol surish – o‘ylab topilgan, voqeiy bo‘lmagan 
hayotda yashash, demak. Bu eskapizmvoqelikdan orzular va xayollar 
olamiga g‘arq bo‘lish bilan bog‘liq. 
Ilmiy faoliyatda xayolning boshqa shakli – faraziy tajribadan keng 
foydalaniladi. Murakkabligi yoki hajmi yuzasidan real sharoitlarda amalga 
oshirib bo‘lmaydigan ba’zi bir jarayonlarda olimlar o‘zlarining ijodkorlik 
xayollarini yordamga chaqiradilar. Uning yordamida, masalan, fizik-olim 
miyasida voqea yoki jarayonni, unga mukammal sharoitlarni yaratgan holda 


173 
amalga oshiradi. Buyuk A. Eynshteyn shu usul bilan bizning borliq 
geometriyasi haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuboradigan umumiy 
nisbiylik nazariyasini kashf etgan. Faqat faraziy tajriba Galileyga jismlarning 
vakuumda tushishining to‘g‘ri qonunini ishlab chiqish imkonini berdi. Fan 
«qora tuynuklar» haqidagi tajribaga asoslangan ma’lumotlarga ega emas, 
lekin faraziy tajriba bu erda ham ularning dinamikasini tushuntirib beruvchi 
modelini yaratishga yordam berdi. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling