Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


SHaxs ijtimoiy rollari nazariyasi


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

SHaxs ijtimoiy rollari nazariyasi (amerikalik ruhshunos E. Bern va 
nemis ruhshunosi K. Levin). Ushbu psixologik nazariya insonning hayotda
ma’lum, o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy rollarni ijro etishidan kelib chiqadi. 
Aynan, mana shu rollar ushbu odam shaxsining asosiy xususiyati bo‘lib 
hisoblanadi. 
Bunday nazariyaning ma’lum bo‘lgan turlaridan biri amerikalik 
ruhshunos Erik Bern tomonidan taklif etilgan. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, 
odam boshqa rollardan ko‘proq quyidagi ijtimoiy rollarni ijro etadi: bola roli, 
ota-ona roli va katta odam roli. 
Bola roli katta odamning o‘zini boladek his etishda davom etishida va 
bola sifatida tutishida namoyon bo‘ladi (mas’uliyatsiz, xarxasha qiladi, 
arazlaydi, e’tibor va g‘amho‘rlik talab etadi va h.k.). Ota-ona roli odamning
boshqalar uchun mas’uliyatni, ularga g‘amho‘rlikni o‘z elkasiga olishida, 
boshqalarga o‘rgatishi, jazolashi, talab qilishida va h.k.larda namoyon bo‘ladi. 
Ota-ona roli odam o‘zini, haqiqatdan ham, katta odamlar o‘zlarini
bir-birlariga nisbatan qanday tutishlari lozim bo‘lsa, shunday tutishlaridan 
iborat. Har kimning shaxsiy erkinligi va mustaqilligini hurmat qiladilar, 
huquqini tan oladilar, ishonadilar, qo‘llaydilar va sh.o‘. 
Fizikaviy «maydon» tushunchasi va topologiyada qabul qilingan 
tasvirlash tamoyillarini qo‘llagan holda, K. Levin individ va muhit o‘rtasidagi 
mutanosiblik buzilgan holatdagi hulq-atvorning dinamik tizimi konsepsiyasini 
ishlab chiqdi. 
K. Levin konsepsiyasida boshlang‘ich holat sifatida individning 
«hayotiy bo‘shlig‘i» ichida ma’lum yo‘nalish, kattalik va tayanch nuqtasiga 
ega bo‘lgan, uning psixologik kuchlari (intilishlar, istaklar va sh.o‘.) hosil 
bo‘ladigan va o‘zgaradigan yaxlit maydon sifatida qabul qilinadi. 
«Maydon»ning bir xil hududlari individni tortadi, boshqalari itaradi. 
Ob’ektlarning bu sifati hulq-atvor «maydon» kuchlari bilan harakatlanadigan 
hulq-atvorning motivatsiyali tuzilishini xarakterlovchi valentlik (musbat yoki 
manfiy) deb ataladi. Valentlik shaxs va uning maqsadlari, yo‘ldagi to‘siqlar 
va h.k.lar jamlangan psixologik «bo‘shlig‘ini» o‘z ichiga oluvchi yaxlit 
vaziyatning vazifasi bo‘lib hisoblanadi. 
YUqorida sanab o‘tilgan nazariyalardan tashqari, turli ilmiy-psixologik 
yo‘nalishlar ham mavjud. Bunday yo‘nalishlardan biri bo‘lib, umuminsoniy 
psixologiya hisoblanadi. Umuminsoniy yo‘nalish psixologlari uchun shaxs 
faqat atrofdagi voqelikka emas, balki, shaxsan o‘ziga tegishli bo‘lgan 
psixologik hosiladir. Umuminsoniy psixologiyaning vakillari K. Rodjers va 
A. Masloudirlar. 


289 
Terapiyadagi o‘zining metodini K. Rodjers nodirektiv, ya’ni, bemorda 
jamlangan metod deb nomladi. Bu metodga asosan, shifokor bemorga bosim 
o‘tkazishi kerak emas. SHifokor va bemor o‘rtasidagi aloqa bir-biriga 
nisbatan hurmatga asoslangan bo‘lishi kerak, bunda ularning ikkisi ham 
suhbat yoki aloqaning teng huquqli ishtirokchisi bo‘lib hisoblanadilar. 
Terapevtning vazifasi shifokorning bemor uchun ikkinchi «Men»i sifatida 
namoyon bo‘lishi va uning ichki olamiga e’tiborli bo‘lgan vaziyatni 
yaratishdan iborat. Bunday vaziyatda mijoz barcha kechinmalari, hissiyotlari 
qiziqish va mamnuniyat bilan idrok etilishini his etadi, bu tajribasida yangi 
qirralarni ochishga, ba’zida esa u yoki bu kechinmalar ma’nosini birinchi 
marta anglab etishga yordam beradi. 
Keyinchalik Rodjersning nodirektiv terapiya g‘oyasi nodirektiv hulq-
atvor psixologiya nazariyasigacha rivojlandi. Bu nazariyaga asosan, sog‘lom 
odamlarning o‘zaro muloqoti ham xuddi shunday nodirektiv bo‘lishi kerak. 
Rodjers shaxs nazariyasining markaziy halqasi bo‘lib, o‘zini baholash 
darajasi hisoblanadi. Bolaning kattalar va boshqa odamlar, bolalar bilan 
o‘zaro munosabatlarga kirishishi natijasida unda o‘zi haqida tasavvur paydo 
bo‘ladi. Lekin o‘zini baholashning shakllanishi nizolilarsiz o‘tmaydi. Ko‘p 
hollarda atrofdagilarning baho berishi o‘zini baholash bilan mos kelmaydi. 
Inson ko‘pda atrofdagilar bahosini qabul qilish yoki o‘z fikrida qolishdan 
birini tanlay olmay, qiyin ahvolda qoladi. Murakkab «solishtirish» jarayoni 
sodir bo‘ladi, buni Rodjers «jonli baholash jarayoni» deb ataydi, chunki 
dastlab baholash manbai bola organizmida bo‘lib o‘tadi, ya’ni, bu erda biz 
yana bir bora tug‘ma sifatlar tushunchasi bilan to‘qnashamiz. 
Psixologiyadagi umuminsoniy yo‘nalishning boshqa vakili amerikalik 
ruhshunos Abraxam Xarald Maslou bo‘ladi. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, 
insonning 
asosiy 
ehtiyoji 
– bu o‘zini dolzarblashtirish, o‘zini 
mukammallashtirish va o‘zini namoyon etish. A. Maslouning yozishicha: 
«O‘zini dolzarblashtiruvchi odamlarning barchasi qandaydir faoliyat bilan 
mashg‘ul bo‘ladi … Ular bunga berilgan bo‘lib, ular uchun bu ish juda qadrli 
– bu o‘ziga xos layoqat»
47
. Bunday turga mansub odamlar yuksak 
qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar (ular ichida – yaxshilik, haqiqat, 
insoflilik, go‘zallik, haqqoniylik, etuklik va boshqalar), bunday odamlar 
uchun bular hayotiy muhim ehtiyoj bo‘lib xizmat qiladi. SHaxs tuzilishi 
Maslou bo‘yicha tartibli tizimdan yoki ehtiyojlar darajasidan iborat. Bu 
ehtiyojlarni tubandan yuqoriga sanab o‘tamiz: fiziologik (organik) ehtiyojlar, 
xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojlar, mansublilik va muhabbatga bo‘lgan 
47
Маслоу В. Самоактуализация// Психология личности: тексты. М., 1982. Б.110. 


290 
ehtiyojlar, hurmat qilish ehtiyojlari, bilish ehtiyoji, estetik ehtiyoj va o‘zini 
dolzarblashtirish ehtiyojlari. 
YUksak taraqqiy etgan shaxs insonda mavjud bo‘lgan o‘zining barcha 
qobiliyatlarini to‘la rivojlantirish, ma’nan o‘sish va ahloqiy yuksalishga 
intilish kabi dolzarblashtirish ehtiyojlari bildiradigan xususiyatga ega bo‘ladi. 
Inson ehtiyojlar darajasi va u yoki bu ehtiyojning shaxs tuzilishida 
egallagan o‘rnining o‘zgarishini belgilovchi quyidagi qonunlar mavjud: 
yuqoriroq darajadagi ehtiyojlar insonning quyiroq darajadagi ehtiyojlari oz 
darajada bo‘lsa, ham qondirilgan holatdagina yuzaga kelib, muhim va dolzarb 
ehtiyojga aylanadi; agar insonda 
yangi 
ehtiyoj 
yuzaga kelib, 
dolzarblashganida, uning yaxlit ehtiyojlar darajasi ham qaytadan tuziladi. 
Maslou fikricha, o‘zini dolzarblashtirish — bu doimiy taraqqiyot va o‘z 
imkoniyatlarini 
amaliyotga 
joriy 
etish 
jarayoni. 
Maslou 
o‘zini 
dolzarblashtirish – tug‘ma hodisa bo‘lib, inson tabiatiga kiradi deb hisoblaydi. 
Inson yaxshilik, ahloqiylik, samimiylikka bo‘lgan ehtiyojlar bilan tug‘iladi. 
Ular insonning asosini tashkil etadi, va odam bu ehtiyojlarni joriy qilishni 
bilishi kerak bo‘ladi. 
Rossiya psixologiyasida shaxs sohasida ma’lum bo‘lgan tadqiqotlar L.S. 
Vigotskiy maktabi vakillarining nazariy ishlari bilan bog‘liq. SHaxs 
muammosini hal etishga A.N. Leontev va L.I. Bojovich katta hissa 
qo‘shganlar. 
L.S. Vigotskiy, L.I. Bojovich tomonidan kiritilgan etakchi faoliyat va 
taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati tushunchalariga tayanib ish ko‘rish bola 
hayotining turli davrlarida faoliyatning o‘zaro ta’siri va shaxslararo 
muloqotning murakkab dinamikasida ichki nuqtai nazar deb ataladigan 
dunyoga ma’lum nigoh bilan qarash shakllanishini ko‘rsatdi. Bu nuqtai nazar 
shaxsning muhim xususiyatlaridan biri, faoliyat etakchi motivlari yig‘indisi 
sifatida tushuniladigan taraqqiyotning sharti bo‘lib hisoblanadi. 
A.N. Leontev o‘zining markaziy o‘rinni faoliyat tushunchasi egallagan 
shaxs tuzilishi va taraqqiyoti konsepsiyasini taklif etdi. L.I. Bojovichning 
konsepsiyasiga o‘xshash, bu konsepsiyada ham, shaxsning asosiy ichki 
xususiyati shaxsning motivatsiya sohasi bo‘lib hisoblanadi. Uning 
nazariyasidagi muhim tushuncha inson faoliyati maqsadlarining uning 
motivlariga, ya’ni, ayni damda bevosita qo‘zg‘atuvchiga yo‘nalganlikka 
bo‘lgan munosabatini ifodalovchi shaxsiy mohiyatdir. SHaxsga tegishli 
bo‘lgan faoliyat turlari qanchalik keng, turli-tuman bo‘lsa, ular shunchalik 
taraqqiy etgan va tartibli, shaxsning o‘zi esa shunchalik ma’nan boy bo‘ladi. 
Xulosa o‘rnida, shaxs bo‘yicha tadqiqotlar hozirda ham faollik bilan olib 
borilayotganini ta’kidlab o‘tish joiz. Hozirgi zamon tadqiqotlarining muhim 


291 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling