“endopsixika” shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida
psixik elementlar va funktsiyalarning o‘zaro bog‘liqligini aks ettiradi.
“Ekzopsixika” esa o‘z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va
uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi ustunlik qiluvchi, hukmron
hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni qamrab oladi.
shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan
shug‘ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi
ongli individga aytiladi.
Yo‘nalganlik deb, shaxs faoliyatini yo‘naltiruvchi va xususiy
vaziyatlardan nisbatan mustaqil bo‘lgan barqaror motivlar yig‘indisiga
aytiladi.
Havas – bu sub’ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki yetarlicha
anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat.
Istak faoliyat motivi sifatida ehtiyojning yetarlicha aniq anglanganligi
bilan ifodalanadi. Bunda uning ob’ektigina emas, balki uni qondirish yo‘llari
ham anglanadi.
Intilish istak tuzilishiga irodaviy tarkibiy qism qo‘shilganida yuzaga
keladi.
Qiziqish – bu shaxsning yo‘nalganligini faoliyat maqsadlarini anglash
bilan ta’minlovchi bilish ehtiyoji ifodalanishining maxsus shakli.
E’tiqodlar – bu shaxsni o‘z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga
muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi.
Shaxs mayli – bu avvalgi tajribada shakllangan, ob’etni aynan ma’lum
shaklda idrok qilish, tushunish yoki u bilan harakat qilishga tayyorlik,
moyillik.
Malaka – deb avval ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan xatti-
harakatlarga aytiladi. Agar ilgarigi malaka yangisini hosil qilishga salbiy
ta’sir qilsa malakalar interferentsiyasi deyiladi.
IZOHLI LUG‘AT
Do'stlaringiz bilan baham: |