Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 95.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi95.56 Kb.
#1614571
1   2   3   4
Bog'liq
axborot xavfsizligi

kamaytirish — zaifliklarni bartaraf etish va tahdidlarning oldini olish uchun 
xavfsizlik va qarshi choralarni amalga oshirish; 

uzatish — tahdidlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni uchinchi 
shaxslar: sugʻurta yoki autsorsing kompaniyalariga oʻtkazish; 

qabul qilish — xavfsizlik choralarini amalga oshirish xarajatlari tahdidni amalga 
oshirishdan mumkin boʻlgan zarardan oshib ketgan taqdirda moliyaviy 
zaxiralarni shakllantirish; 

voz kechish — haddan tashqari xavfli faoliyatdan voz kechish
Himoya 
qilinadigan axborot — normativ-huquqiy hujjatlar talablariga yoki axborot egasi 
tomonidan belgilangan talablarga muvofiq muhofaza qilinishi kerak boʻlgan 
axborotdir. 

Axborot egasi — axborotni mustaqil ravishda yaratgan qonun yoki shartnoma 
asosida har qanday belgilar bilan aniqlangan maʼlumotlarga kirishga ruxsat 


berish yoki cheklash huquqini olgan shaxs. Axborot egalari quyidagilar boʻlishi 
mumkin: davlat, yuridik shaxs, jismoniy shaxslar guruhi, alohida jismoniy shaxs. 

Axborot xavfsizligi — axborot xavfsizligi holati, bunda uning maxfiyligi, 
yaxlitligi va mavjudligi taʼminlanadi. 

Axborot xavfsizligini tashkil etish — axborot xavfsizligiga tahdidlarni aniqlash, 
axborotni himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni rejalashtirish, amalga 
oshirish va axborotni muhofaza qilish holatini kuzatishga qaratilgan harakatlar 
majmui. 

Axborot xavfsizligi tizimi — axborot xavfsizligi talablariga muvofiq tashkil 
etilgan va faoliyat yurituvchi organlar va (yoki) ijrochilar, ular tomonidan 
qoʻllaniladigan axborotni muhofaza qilish texnologiyalari, shuningdek axborotni 
muhofaza qilish ob’ektlari majmui. 

Tashkilotning axborot xavfsizligi siyosati — bu tashkilot faoliyatini tartibga 
soluvchi hujjatlashtirilgan axborot xavfsizligi siyosatlari, protseduralari, 
amaliyotlari yoki yoʻriqnomalari toʻplami. 

Quyida turli manbalardan olingan „axborot xavfsizligi“ atamasining taʼriflari 
keltirilgan: 

Axborotning maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini saqlash. Eslatma: Haqiqiylik, 
javobgarlik, rad etmaslik (inglizcha: non-repudiation) va ishonchlilik kabi 
boshqa xususiyatlar ham bu qatorga kiritilishi mumkin. 

Maxfiylik, yaxlitlik va mavjudlikni taʼminlash maqsadida axborot va axborot 
tizimlarini ruxsatsiz kirish, foydalanish, oshkor qilish, buzish, oʻzgartirish yoki 
yoʻq qilishdan himoya qilish



Korxonada axborotni ruxsatsiz foydalanuvchilarga oshkor qilishdan (maxfiylik), 
noqonuniy oʻzgartirishdan (yaxlitlik) va zarur boʻlganda mavjud boʻlmasligidan 
(mavjudligi) himoya qilishni taʼminlash . 

Tashkilotning intellektual mulkini himoya qilish jarayoni. 

Xatarlarni boshqarish fanlaridan biri, uning vazifasi biznes uchun axborot 
tavakkalchiligi xarajatlarini boshqarishdir . 

Axborot 
risklari 
tegishli 
nazorat 
va 
boshqaruv 
choralari 
bilan 
muvozanatlanganligiga asosli ishonch . 

Axborotni himoya qilish, axborotni shaxslarga ruxsatsiz oshkor qilish xavfini 
minimallashtirish . 

Axborotni qayerda joylashgan boʻlishidan qatʼiy nazar (tashkilot perimetri ichida 
ham, tashqarisida ham) tahdidlardan himoya qilish uchun turli xil xavfsizlik 
mexanizmlari (texnik, tashkiliy, insonga yoʻnaltirilgan, huquqiy)ni ishlab 
chiqish va amalga oshirishga qaratilgan koʻp tarmoqli tadqiqot va kasbiy faoliyat 
sohasi va shunga mos ravishda axborot yaratiladigan, qayta ishlanadigan, 
saqlanadigan, uzatiladigan va yoʻq qilinadigan axborot tizimlari. Xavfsizlik 
maqsadlari roʻyxati maxfiylik, yaxlitlik, mavjudlik, maxfiylik, haqiqiylik va 
asoslilik, rad etmaslik, javobgarlik va tekshiriluvchanlikni oʻz ichiga olishi 
mumkin . 

Davlat xavfsizligi uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari tomonidan paydo 
boʻladigan, taʼsir etuvchi tahdidlar va ushbu tahdidlarga qarshi kurashning 
muvaffaqiyati oʻrtasidagi muvozanat jarayoni. 
Axborotning muximlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. SHuning uchun 
xam qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo’llanilgan. Ulardan biri – 
sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o’qiy 
olmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, 


davlatning elchixona rezidentsiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga 
chiqmagan. Faqat bir necha o’n yil oldin hamma narsa tubdan o’zgardi, ya’ni axborot 
o’z qiymatiga ega bo’ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab 
chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni 
o’g’irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. SHunday qilib, 
axborotni himoyalash zaruriyati tug’iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo 
bo’lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo’lishiga olib keladi. 
Xavfsizlikning asosiy yo’nalishlari 
Axborot xavfsizligi. Axborot xavfsizligining dolzarblashib borishi, axborotning 
strategik resursga aylanib borishi bilan izohlash mumkin. Zamonaviy davlat 
infratuzilmasini telekommunikatsiya va axborot tarmoqlari hamda turli xildagi axborot 
tizimlari tashkil etib, axborot texnologiyalari va texnik vositalar jamiyatning turli 
jabhalarida keng qo’llanilmoqda (iqtisod, fan, ta’lim, xarbiy ish, turli texnologiyalarni 
boshqarish va x.k.) 
Iqtisodiy xavfsizlik. Milliy iqtisodda axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash 
va foydalanish jarayoni hamda vositalarini qamrab olgan Yangi tarmoq vujudga keldi. 
«Milliy axborot resursi» tushunchasi Yangi iqtisodiy kategoriya bo’lib xizmat 
qilmoqda. Davlatning axborot resurslariga keltirilayotgan zarar axborot xavfsizligiga 
xam ta’sir ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyatni shakllantirish va 
uning asosida jahon yagona axborot maydoniga kirib borish natijasida milliy 
iqtisodimizga turli xildagi zararlar keltirish xavfi paydo bo’lmoqda. 
Mudofaa xavfsizligi. Mudofaa sohasida xavfsizlikning asosiy ob’ektlaridan bo’lib, 
mamlakatning mudofaa potentsialining axborot tarkibi va axborot resurslari 
hisoblanmoqda. Xozirgi kunda barcha zamonaviy qurollar va harbiy texnikalar juda 
ham kompyuterlashtirilib yuborildi. SHuning uchun xam ularga axborot qurollarini 
qo’llash ehtimoli katta. 


Ijtimoiy xavfsizlik. Zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarining 
milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng qo’llanishi inson psixologiyasi va jamoa ongiga 
«yashirin» ta’sir ko’rsatish vositalarining samaradorligini yuksaltirib yubordi. 
Ekologik xavfsizlik. Ekologik xavfsizlik – global masshtabdagi muammodir. 
«Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz texnologiyalarga o’tish 
faqat 
milliy 
iqtisodni 
axborotlashtirish hisobiga qayta qurish 
asosidagina 
yo’lga qo’yish mumkin. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborotlar o’zining hayotiy davriga ega 
bo’ladi. Bu davr uni yaratish, undan foydalanish va kerak bo’lmaganda yo’qotishdan 
iboratdir. Axborotlar xayotiy davrining xar bir bosqichida ularning himoyalanganlik 
darajasi turlicha baholanadi. 
Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muxim 
vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning mulki 
huquqlarini himoyalash - bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy iqtisodiy va 
boshha moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo’lgan turli kirishlar va 
o’g’irlashlardan himoyalashdir. 
Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan 
tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan xar qanday tashuvchilarda 
axborotning himoyalanganligiga aytiladi. 
Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial (maxfiy) xabarlar va xujjatlarni o’g’irlash yoki 
nusxa olishdan iborat bo’lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari 
to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat 
so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu xarakatlardan moddiy foyda olishga 
intilish ham rivojlandi. Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish 
faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining 
yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qatiy 


reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. Axborotning egasiga, 
foydalanuvchisiga va boshka shaxsga zarar yetkazmokchi bo’lgan nohuquqiy 
muomaladan xar qanday xujjatlashtirilgan, ya’ni identi­fikatsiya qilish imkonini 
beruvchi 
rekvizitlari qo’yilgan 
xolda 
moddiy 
jismda qayd 
etilgan axborot ximoyalanishi kerak. 
Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin: 
• maxfiylik — aniq bir axborotga fakat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, 
ya’ni foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofik cheklab qo’yilib, xujjatlashtirilganligi 
kafolati. Bu bandning buzilishi o’g’irlik yoki axborotni oshkor qilish, deyiladi; 
• konfidentsiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati; 
• yaxlitlik — axborot boshlang’ich ko’rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda 
ruxsat etilmagan o’zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzilishi axborotni 
soxtalashtirish deyiladi; 
• autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs xaqiqatan xam 
axborotning ega­si ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar 
muallifini soxtalashtirish deyiladi; 
• apellyatsiya qilishlik — yetarlicha murakkab ka­tegoriya, lekin elektron biznesda 
keng qo’llaniladi. Kerak bo’lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi 
kafolati. 
Yuqoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish mumkin: 
• ishonchlilik — tizim meyoriy va g’ayri tabiiy xollarda rejalashtirilganidek o’zini 
tutishlik kafo­lati; 
• aniqlilik — xamma buyruqlarni aniq va to’liq bajarish kafolati; 
• tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruxlari axborot manbalariga xar xil 
kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati; 


• nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini tulik 
tekshirish mumkinligi kafolati; 
• identifikatsiyalashni nazorat qilish — xozir tizimga ulangan mijoz aniq o’zini kim 
deb atagan bulsa, aniq o’sha ekanligining kafolati; 
• qasddan buzilishlarga 
to’sqinlik — 
oldindan 
kelishilgan 
me’yorlar 
chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan 
kelishilgan xolda o’zini tutishi. 
Axborotni ximoyalashning maqsadlari kuyidagilardan iborat: 
- axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yo’qotilishi, o’zgartirilishi, 
soxtalashtirilishlarning oldini olish; 
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bulgan xavf – xatarning oldini olish; 
- axborotni yo’q qilish, o’zgartirish, soxtalashtirish, nusxa kuchirish, tusiklash buyicha 
ruxsat etilmagan xarakatlarning oldini olish; 
- xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini ta’minlovchi, axborot 
zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy aralashuvlarning kurinishlarining 
oldini olish; 
- axborot tizimida mavjud bulgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va 
konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion xukuklarini ximoyalash; 
- davlat sirini, konunchilikka mos xujjatlashtirilgan axborotning konfidentsialligini 
saklash. 


Foydalanilgan adabiyotlar 
1. «Axborot texnologiyalari» A.A.Abdukodirv va boshqalar. Akademik litsey va kasb 
-hunar kollejlari uchun: Toshkent «O’qituvchi» 2020 
2. «Informatika va Hisoblash texnikasi asoslari» A.A.Abdukodirv: Toshkent 
«O’qituvchi» 2018 yil 
3.
G’aniyev S. K. ,Karimov M. М., Tashev К. А. АХBOROT XAVFSIZLIGI 
Toshkent 07 
4. S.S. Qosimov Axborot texnologiyalari xaqida o’quv qo’llanma Toshkent 07 
5.G’aniyev S.K.Karimov M.М. Hisoblash tizimlari va tarmoqlarida axborot 
xavfsizligi TDTU 03

Download 95.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling