Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 147
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy haq taologa qancha shukur qilsak ham ozdir, — dedi va ayvong‘a chiqib tanchaga o‘lturg‘ach, Kumushdan so‘radi: — achang kelmadimi? Oftob oyim javob berdi: — Qattig‘ og‘rib qolibdir, — va so‘radi: — kimlar o‘ldirib ketkanini bila olmadingizmi? Qutidor ajabsinib xotinig‘a qaradi: — Qiziq so‘z aytasan-a! — dedi. — Bu ishka butun shahar hayron. Qilni qirqqa yoradirg‘an donolar ham bir narsa to‘quy olmaydirlar... Ammo manim ko‘nglimga keladirgani shulki, bizning molimizg‘a ko‘z olayturg‘an o‘g‘rilar besh-olti kishi bo‘lib, uyni teshayozg‘an vaqtla-rida oralarig‘a nizo tushib, bir-birlari bilan pichoq-lashqan bo‘lsalar kerak. Kumush otasining bu kashfiga qarshi tushdi. — Bu gapingiz to‘g‘ri emas, ota, — dedi. — Nega to‘g‘ri emas? — Negaki, bir-biravlarini o‘ldirishib, bizga zarar ber-masdan quruqqina ketmas edilar. — Tong otib qolg‘andir yoki ular ham holdan toyg‘andirlar, — deb javob berdi qutidor. — Bu orada Homid nima qilib yuribdir, o‘ziga tuzikkina boy kishi emasmi edi? — dedi Oftob oyim, bu vaqt Kumush sekingina onasig‘a qarab olg‘an edi. — Homid tiynati buzuq bir yigit edi, — deb javob berdi qutidor. —Ehtimolki, uning topqan davlati o‘g‘riliq orqasidadir, kishining davlatiga qarab hukm yurutish qiyin. — Xudoyimdan o‘rgulayki, — dedi Kumush entikib va dahshatlanib, — yomonlarning jazasini o‘zi bergan. O‘g‘rilar teshib oldimg‘a chiqg‘anlarida men nima qilar edim? Oh, otajon! Men ajalimdan besh kun burun o‘lar edim. Qizingizdan ajralur edingiz!.. Meni g‘aflat uyqusi bosmag‘an bo‘lsa, nega bir gazlik paxsani kesar emishlar va boshimdan tuynuk ochar emishlar-da, men hech narsa sezmas emishman. Oftob oyim boshini chayqab: — Shuni ayt, qizim! — dedi. Qutidor: — Xudoning qanday hikmatlari bordirkim, shu kecha-kunduzlarda bizning tevaragimizda qonli voqi’alar ko‘rila boshladi: bu kun nikoh deganimizda Komilbekni hammomda o‘ldirib ketdilar (Kumushbibi yuzida bir yengillik ko‘rildi), kecha uyimiz orqasida bir emas, uch kishi o‘ldirildilar. Xudo oxirini baxayr qilsin endi... — Inshoolloh, ishning oxiri xayrlikdir, otajon,— dedi Kumush, — chunki bizning molimizga ko‘z olaytirib yomon niyat bilan uyimiz orqasini teshkuchilarni yer bilan yakson etdirishi istiqbolimizning xayrlik follaridandir, otajon! — To‘g‘ri aytasan, qizim, — dedi qutidor. Kumush o‘zining qo‘ng‘uroqdek tovshi bilan davom etdi: — Bu maqtullar kimlar bo‘lsa bo‘lsin, bizning uyi-miz orqasig‘a yaxshi niyat bilan kelguchi kishilar emas va bularni tuproqqa qorishdirg‘uchi ham bizga xayrixoh bo‘lg‘an qotil va yo qotillardir... Bizga muncha yaxshiliq qilg‘an kishi kim bo‘lsa ham xudo ajrini bersin! — dedi. Qutidor qizining so‘zini kuchlab tushdi. — Bizga yomon niyati bilan qarag‘an bo‘lsalar, xudo jazalarini berdi. Bizga xayrixoh bo‘lg‘anlarning ham xayri jazalarini berar, — dedi. Kumushbibi bu qo‘rqunch uyda yota olmaslig‘ini bildirgani uchun Oftob oyim To‘ybekadan Kumushning buyumlarini ikkinchi uyga tashita boshladi. Qutidor esa butun kun mehmonxonasig‘a kelib-ketib turg‘an ko‘ngil so‘rag‘uchi oshna, yor-do‘stlari bilan ovora bo‘ldi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling