Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 166
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Yo‘q.
— Majlisda nima muzokarasi bo‘lg‘anini ham bilmayman va lekin o‘sha majlis faqat qipchoqlarga qatli om uchun yig‘ilgan ekan, deb kecha ishondim. Majlisingiz a’zolarining sizdan boshqasi nega yigit to‘plab, Qo‘qong‘a ketdilar va ular Qo‘qong‘a yetmaslaridanoq nega bu vahshat boshlandi? — Bu muhokamang to‘g‘ri. Ammo otangni ham shu jonivorlar orasig‘a qo‘shib o‘ltirishing qisqalig‘ingdir,— dedi. Ko‘ziga yosh oldi. — O‘zing o‘ylab ko‘r o‘g‘lim, o‘z qo‘limiz bilan o‘zimiznikini kesishimizdan mamlakat uchun qanday foyda bor? Basharti men bu vahshatka ishtirok qilg‘an bo‘lsam, qaysi aql va qanday manfaatni kuzatib qo‘shilishqan bo‘laman? Agarda manim yurt so‘ramoqqa va shu vosita bilan boylik orttirmoqqa orzum bo‘lsa, boshqalardan ham ko‘ra o‘z o‘g‘limg‘a — senga ma’lum bo‘lmasmidi? Nega har bir narsaga yetkan aqling shunga qolg‘anda oqsaydir. Nega yong‘an yurakimga yana sen ham zahar sochasan?! Titralib va to‘lqinlanib aytilgan bu so‘zlar Otabekni o‘kintirdi, o‘lganning ustiga chiqib tepish qabilidan bo‘lg‘an o‘z hujumining haqsiz ekaniga tushundi. Yusufbek hoji bitta-bitta yotig‘i bilan majlis haqida bayon qilib, o‘zining qarshi tushkanini va ularga uqdira olmag‘andan keyin, majlisni tashlab chiqib ketkanini so‘zlab kelib dedi: — Biror soatlar so‘ng orqamdan Niyoz qushbegi kelib mendan afu so‘radi va majlisning u fikrdan qaytqanini, o‘zlarining xatog‘a ketkanlarini aytdi. Men xursand bo‘lib, bu ishning zararini yana isbot qilib chiqdim. Niyoz men bilan xayrlashar chog‘ida: «Jon hoji aka, endi gap shu yerda qolsin, bitta-yarimta eshitgudek bo‘lsa, biz yerga qararliq bo‘lmayliq, o‘lturishning katta iltimosi sizdan shul”, dedi. Men bu iblisona aldovga uchib, bu to‘g‘rida na senga va na Normuhammad qushbegiga og‘iz ochmadim va ularning Qo‘qong‘a fotiha uchun qo‘zg‘alishlaridan hech bir shubhalanmadim... Eh, shaytonlar! Hoji bir oz to‘xtab davom etdi: — Kecha ertalab o‘rdaga borg‘an edim. Sahn yuzida uch-to‘rt yuz musallah yigitlarni biravini kutkan holda ko‘rdim va iltifotsiz qushbegi mahkamasiga kirdim. Kirsam, Qo‘qong‘a ketkan Qayum ponsad uch-to‘rtta yigiti bilan qushbegining qarshisida turibdir. Qushbegi qo‘lida bir qog‘oz ushlab, go‘yo es-hushidan ayrilgan kabi qotib o‘ltiribdir. Meni eshikdan ko‘rib, so‘zsiz-nesiz qo‘lidag‘i qog‘ozni menga cho‘zdi va boshini tebratib qo‘ydi. Men bir narsaga ham tushunmagan holda borib qog‘ozni oldim... O‘qudim-o‘qudimda, manim hushim boshimdan uchib, qushbegi holiga tushdim. Bu qog‘oz xonning yorlig‘i edi va bunda taxminan shunday gaplar bor edi: «Biz Turkiston mamlakatining xoni o‘z qalamravimiz va saltanatimiz uchun qipchoq toifasini muzir deb bildik. Bu yanglig‘ hukmimizni o‘z qalamravimizda bo‘lg‘an barcha beklarimizga, hokim va qo‘rboshi va dahboshilari-mizga bildirib buyuramizkim, ushbu farmonimizni olg‘an on darhol o‘n besh yoshdan to yetmish yoshg‘acha bo‘lg‘an qipchoq er zotini qilichdan kechirgaylar va hech bir silai rahmni vosita qilmag‘aylar. Ushbu hukmimizni yeriga yetkuzishda sustlik qilg‘an mansabdor bizg‘a itoatdan bosh tortqan hisoblanib, eng qattig‘ jazoimizg‘a mahkum qili-nur. Bu hukmimizni ijro etkuchi Toshkand hokimi Nor-muhammad qushbegiga marhamati shohonamiz shuldurkim, garchi sizning qipchoq qavmig‘a mansubiyatingiz bo‘lsa ham, Musulmonqulni haydashda bizga unutilmasliq xayrixohliqlar va xizmatlar ko‘rsatdingiz, binoan alayhi siz bu jazodan ma’fudirsiz va sadoqatingizda boqiy qolib amrimizni ijro etishingizda shubha qilmaymiz!» Qushbegiga qaradim, ul ham manim og‘zimg‘a qarab turar edi. «Buyruqni qachon oldingiz?» deb so‘radim. Ul javob o‘rniga Qayum ponsadga imladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling