Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet166/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

3. QIPCHOQQA QIRG‘IN

Kechki soat to‘rtlarda Qoymas darbozasidan qaytib shaharga kirdilar-da, darbozadan o‘n adim narida boshi tanidan oling‘an uch kishining gavdasiga yo‘liqdilar. Otabek bu holga tushunmadi, chunki ahyonda osiladirg‘on gunohkor Eski namozgoh doriga elitilar edi. Shunga ko‘ra darbozabonni hujrasidan chaqirib so‘-radi:


— Bular qanday gunohkorlar ekan? Darbozabon bekni tanib qo‘l qovishtirdi:


— Taqsir, qipchoqlar.


— Gunohlari nima ekan?

Darbozabon yotgan gavdalarga qarab oldi va bekning yaqinig‘a keldi:


— O‘zlari bilarlar-ku, taqsirimning... begimga aytkulugi yo‘q...
Gunohlari nima, axir?
— Axir qipchoqlar-da, to‘ram.
Otabek diqqatlandi:
— Qipchoqlar ekanini bildim, ammo gunohlari nima deb sizdan so‘rayapman! Darbozabon qo‘l qovishtirg‘ancha Otabekka ajablanib qaradi:

— Aniq xabarlari yo‘qmi taqsirimning? — deb yana so‘radi.


— Yo‘q!
Voy-boyov taqsir, bu kun ertalabdan beri ko‘rin-gan qipchoqni so‘yib yurdilar-ku. Gunohlari surishtirilmadi, taqsir, — dedi va o‘luklarning yonig‘a yurib kelib izoh berdi, — manovisini uyidan olib chiqib so‘ydilar, manovisi manim yonimda turg‘an darbozabon edi

— rahmatlik. Manovisini tanimayman va lekin o‘zi qipchoq bo‘lsa kerak. Otabek dahshatlanib yonidag‘i Aliga qaradi, Ali esa yotqan jonsiz gavdalarga qarab labini tishlab turar edi.


— Kimlar o‘ldirdi? — deb Otabek dahshat ichida darbozabondan so‘radi.


— Bu yerga kelguchilar yigirma chog‘liq edilar, o‘zimizning Toshkand yigitlaridan ham bor, qo‘qonliqlar ham ko‘rinadilar. O‘zlari ham qipchoqni qidiraberib hamma yoqni tozayam g‘alvir qilib yubordilar-da, taq-sir... Qo‘qonga ketkan beklardanmi, xondanmi, ishqilib, shunaqa buyruq kepti-da, taqsir... Bizlar xizmatkor odam — nimani bilaylik, to‘ram!

Otabek masalaga tushungandek bo‘ldi va dahshat ichida Ali bilan yo‘lg‘a tushdi. O‘ttiz qadam bosmay tag‘in ikki o‘lukka uchradilar. O‘n adimda bir jonsiz gavda...


Endi Ali so‘ramay chidamadi:


— Nauzanbilloh, bu nima degan gap, bek aka?!
— So‘ramang!
— Yo‘g‘-a, — dedi Ali, — axir hammasi ham gunoh-kormikin?
— Gunohkor!.. — deb zaharxanda qildi bek, — Musulmonqulni bilarsiz, albatta?
— Nega bilmay, ikki oy ilgari qochig‘ini ham ko‘rdim...
— Bilsangiz, — dedi bek, — bularning hammasi o‘shaning gunohiga o‘ldirilg‘an o‘xshaydir!






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling