Ularning ketishlarini hukumatga qarshi qaratilgan namoyish sifatida qabul qildi
Download 30.48 Kb.
|
21 ularning ketishlarini hukumatga qarshi qaratilgan namoyish sifatida qabul qildi. Ruhoniylarga ko’p sonli mullalar, savdogarlar, hunarmandlar ham qo’shildi. Tez orada 2 mingga yaqin odam to’plandi va hokimyat faoliyatiga qarshi norozilik sifatida best boshladilar. (Best, bestga o’tirish – Eronda eski urf-odatlarga ko’ra daxlsizlik huquqiga ega bo’lgan boshpanalarga (machit, elchixona va sh.o’.) odamlarning kelib o’tirishlari, yashirinishlari. Hokimyat shunday boshpanalarga yashiringan odamlarga nisbatan qamoqqa olish yoki kuch ishlatish kabilarni qo’llashi mumkin emas). Best ishtirokchilari boshqa shaharlarga ham o’z vakillarini yubordilar. Sheroz va Mashhadda ham namoyishlar va best boshlandi. Best ishtirokchilari Bosh vazirning iste’foga chiqarilishini, eng yomon amaldorlarni qamoqqa olinishini, hammaning qonun oldida tengligi asosida aholi shikoyatlarini odil hal qilish uchun “Adolat uyi”ni tashkil qilishni, belgiyalik Nausni bojxona vaziri lavozimidan bo’shatishni talab qildilar. Tehron garnizonining harbiy qismlarida ham norozilik kuchaydi. Xalq harakatidan qo’rqib qolgan Muzaffariddin shoh yon berishga majbur bo’ldi. U Tehron va Kermon gubernatorlarini vazifasidan bo’shatdi, “Adolat uyi”ni tashkil qilish to’g’risida farmon chiqardi. 1906 yil yanvarda best ishtirokchilari Tehronga qaytib keldilar. Lekin shoh o’z va’dalarini bajarishni turli yo’llar bilan orqaga sura boshladi. Bu esa norozilikni yangidan kuchayishiga olib keldi. 1906 yil bahorida ko’pgina shaharlarda inglizlarning Shahanshoh bankini boykot qilish boshlandi, bir qancha shaharlarda bankning bo’limlari ostin-ustun qilindi. 1906 yil yozida inqilobning yangidan ko’tarilishi yuz berdi. Bozorlarda, maydonlarda, machitlarda ko’p kishilik mitinglar yig’ilardi. 10 iyulda Tehronda mashhur bo’lgan targ’ibotchi shayx Muhammad qamoqqa olinganida olomon uni kuch bilan ozod qildi. Askarlar namoyishchilarga qarata o’q uzdilar, bir necha odam yaralandi, sayidlardan biri halok bo’ldi. Ertasi kuni barcha bozorlar, do’konlar, hunarmandlarning ustaxonalari yopildi. Namoyishchilar bayroq o’rnida halok bo’lgan sayidning kiyimlarini ko’tarib oldilar. Bu namoyishlar 12 iyulgacha davom etdi. Siyosiy vaziyat juda keskinlashdi. 15 iyulda ruhoniylar yuqori qatlamining 200 vakili namoyishkorona Tehrondan Qumga chiqib ketdilar. 16 iyul kuni Tehronning taniqli savdogarlarining bir guruhi Angliya missiyasining bog’ida bestga o’tirdilar. Bir necha kundan keyin best qatnashchilarining soni 13 ming kishiga etdi. Ular katta chodirlar qurib, gulxanlar yoqardilar. Mitinglar deyarli to’xtovsiz davom etardi. Bestda o’tirganlar harakatga rahbarlik qilish uchun komissiya tuzib, Qumdagi ruhoniylar bilan, boshqa shahar va provintsiyalardagi harakat ishtirokchilari bilan aloqa o’rnatdilar. Best harakati qatnashchilarining shohga yo’llagan talablarida ilgarigi Bosh vazirni ishdan bo’shatish to’g’risidagi talabga yangi talab – 22 konstitutsiya joriy qilish va majlis (parlament) chaqirish to’g’risidagi talablarni ham qo’shdilar. Tehrondagi voqealar boshqa shaharlarga ham etib bordi va bu shaharlarda Tehron bilan birdamlik harakati keng yoyildi. Qumdagi ruhoniylar Tehrondagi best ishtirokchilarining talablari bajarilmaydigan bo’lsa, ular Erondan chiqib ketishlarini bildirdilar. Bu xabar musulmonlarga katta ta’sir ko’rsatdi. Tehronga keltirilgan harbiy qismlarda ham hukumatga qarshi kayfiyat kuchaydi, bu qismlardan biri best ishtirokchilari tomoniga o’tdi. Shoh xalq ommasi talablarini qabul qilishga majbur bo’ldi. Iyul oyi oxirida liberal kayfiyatdagi amaldor Nasrulloxon Moshir ud Davla hukumat boshlig’i bo’ldi, avgust boshida majlisga saylovlar to’g’risida farmon chiqarildi. Shundan keyin best to’xtatildi, yuqori tabaqa ruhoniylari Qumdan Tehronga qaytib keldi. Oktabr oyida Eronning birinchi majlisi (parlament) o’z ishini boshladi. Majlis tarkibining asosiy qismini feodal zodagonlari, pomeshchiklar, ruhoniylar, savdogarlar tashkil qilardi. Lekin u inqilob natijasida yaratilgan parlament bo’lib, uning majlislari oshkora holda o’tardi. Aholi majlis muzokaralarida ishtirok etib, turli masalalarni majlis muhokamasiga kiritardi. Bu harakatlar oziq-ovqat narxlarini pasaytirish, milliy bankni tashkil qilish kabi ijobiy tadbirlarni amalga oshirishga yordam berdi. Muzaffariddin shoh 1906 yil dekabri oxirida parlament tomonidan ishlab chiqilgan “Asosiy qonun”ni tasdiqladi. Majlis (parlament) chaqirilishi va “Asosiy qonun”ning qabul qilinishi inqilobning dastlabki yutug’i edi. Bu davrda inqilobga rahbarlik to’la holda liberal elementlar – ruhoniylar, liberal pomeshchiklar, yirik savdogarlar qo’lida edi. Bu davrda inqilobiy harakatning liberal va demokratik qanotlari o’rtasida ko’zga ko’rinarli ajralish yo’q edi. Lekin inqilobning kengayib borishi davomida unda ishtirok etayotgan sinfiy kuchlar o’rtasida ham ajralish kuchayib bordi. Qo’lga kiritilgan yutuqlar liberal elementlarni qanoatlantirardi. Ular inqilobiy harakatni to’xtatishga intilardilar. Burjuaziyaning demokratik unsurlari va keng xalq ommasi inqilobni yanada rivojlantirish uchun kurashardilar. 1907 yilda ommaviy harakatning yanada ko’tarilishi kuzatildi. Isfaxon, Resht, Tabriz, Zanjon va boshqa shaharlarda shoh hukumati va feodallarning zo’ravonligi, suiiste’molliklariga qarshi namoyishlar, best harakatlari bo’lib o’tdi. Chet el imperialistlariga qarshi bevosita chiqishlar bo’ldi. Aholi chet el tovarlarini boykot qildi. 1906 yil oxiridan Rossiya bilan chegaradosh Shimoliy provintsiyalarda dehqonlarning stixiyali chiqishlari bo’ldi va bu harakatlar janubiy hududlarga ham yoyildi. Dehqonlar pomeshchiklarga soliq va boshqa to’lovlarni to’lashdan bosh 23 tortdilar, xonlar qasrlariga hujum qilib, tortib olingan mahsulotlarni kambag’allar o’rtasida taqsimlab berdilar. 1907 yilda Eron ishchilari va xizmatchilarining dastlabki ish tashlashlari bo’lib o’tdi, kasaba uyushmalari tuzish uchun harakatlar bo’ldi. Haydar Amuo’g’li va boshqa markschilar tomonidan bir qator shaharlarda tashkil qilingan sotsial- demokratik to’garaklar o’zlarini Eron sotsial-demokratik partiyasi deb atay boshladilar. Eron sotsial-demokratlari “Mujohidlar jamiyati” (mujohid – haq ish uchun kurashchi) bilan yaqindan bog’langan edi. 1905 yildan boshlab Eronning shimoliy hududlarida savdogarlar, hunarmandlar, ruhoniylarning quyi qatlami vakillari, dehqonlar, shahar kambag’allari, ishchilarni o’z ichiga olgan mujohidlar tashkilotlari tuzila boshlagan edi. Mujohidlarning dasturida umumiy saylov huquqini joriy qilish, so’z, matbuot, yig’ilishlar o’tkazish, jamiyatlar tuzish, ish tashlashlar huquqlarini joriy qilish, shoh va pomeshchik hini banklar orqali sotib olish yo’li bilan dehqonlarga berish, 8 soatlik ish kunini o’rnatish, maktablarda umumiy bepul majburiy ta’lim joriy qilish, adolatli soliq tizimini o’rnatish kabi radikal burjua-demokratik talablar bor edi. Shu bilan birga “Mujohidlar jamiyati” fitnachilik jamiyati sifatida tashkil qilingan edi. Mujohidlar Nizomi ayb ish qilib qo’ygan jamiyat a’zolarini jazolash uchun maxsus sudlar va maxfiy turmalar yaratishni ko’zda tutardi. Yakka terror taktikasiga katta e’tibor qaratilgan edi. Tabrizda va boshqa shaharlarda mujohidlarning faol harakati natijasida inqilobiy gvardiya qismlari – fidoyilar otryadlari tashkil qilindi. Fidoyilar otryadlari Eron inqilobining asosiy qurolli kuchlariga aylandi. Xalqning inqilobiy faolligi anjumanlarning tashkil qilinishida ham o’z aksini topdi. Anjumanlar (aynan “birlashma”) dastlab ma’lum bir aholi punktidan majlisga saylov o’tkazish uchun saylovchilarni birlashtiruvchi tashkilot sifatida tashkil qilingan edi. Keyinchalik ular mahalliy hokimyatlar qoshidagi maslahat organi, ba’zan esa bevosita mahalliy hokimyat va o’z-o’zini boshqaruv organlari sifatida faoliyat yurita boshladilar. Ko’pchilik anjumanlarda burjuaziya vakillari rahbarlikni o’z qo’llariga olgan edilar. Anjumanlar faoliyatiga xalq ommasining kayfiyati katta ta’sir o’tkazardi. Ular ko’pincha feodallarga va chet el mustamlakachilariga qarshi qaratilgan chiqishlarning tashabbuskorlari bo’lardilar. Provintsiya, viloyat va shahar anjumanlaridan tashqari turli shakl va ko’rinishdagi anjumanlar – siyosiy klublar, hamshaharlik birlashmalari, kasaba uyushmalari va boshqalar tashkil topdi. 1907 yil avgustiga kelib Tehronda 40 ga yaqin anjumanlar bor edi. Shu bilan birga reaktsiya kuchlari ham o’z anjumanlarini tuzishga harakat qilardilar. Poytaxtda Hojar shahzodalari anjumani tashkil qilingan edi, ba’zi joylarda pomeshchiklarning anjumanlari tuzilgan edi. 24 1907 yil yanvarda Muzaffariddin vafotidan keyin taxtga uning o’g’li Muhammad Ali o’tirdi. Yangi shoh majlisni tan olmadi, u Eronni rasmiy ravishda konstitutsion davlat deb tan olmadi. 1906 yil oxirida qabul qilingan “Asosiy qonun” faqat majlisning huquq va vakolatlarini belgilab bergan bo’lib, davlat qurilishining boshqa masalalari hal qilinmay qolib ketgan edi. Shoh majlisning “Asosiy qonun”ga qo’shimchalar kiritish va shu yo’l bilan konstitutsiya ishlab chiqilishini o’z yakuniga etkazish haqidagi taklifini rad etdi. Lekin Tehron, Tabriz va boshqa shaharlar aholisining faol chiqishlari Muhammad Alini chekinishga majbur qildi. U 1907 yil oktabrda majlis tomonidan ishlab chiqilgan “Eron Asosiy qonuniga qo’shimchalar”ni tasdiqladi. “Asosiy qonuniga qo’shimchalar”ni qabul qilinishi bilan konstitutsiyani yaratish o’z nihoyasiga etdi. Shoh hokimyati majlis tomonidan cheklab qo’yilgan bo’lib, majlis qonunlar chiqarish, budjetni tasdiqlash, qarzlar, kontsessiyalar to’g’risida bitimlar tuzish kabi vakolatlarga ega edi. Yuqori palata – senat tashkil qilish ko’zda tutildi. Provintsiyalar va viloyatlarda mahalliy hokimyat faoliyatini kuzatib borish uchun aholi tomonidan saylab qo’yiladigan anjumanlar tuzilishiga ruxsat berdi. Shaxs, shaxsiy mulk, uy-joy daxlsizligi va boshqalar e’lon qilindi. Ruhoniylarning ko’pchilik imtiyozlari saqlanib qoldi. Oliy ruhoniylardan tashkil topgan maxsus kollegiya qabul qilinayotgan qonunlarning islom dini ruhiga mos kelishi-kelmasligi haqida qaror chiqarish huquqiga ega bo’ldi. Eronning konstitutsion davlatga aylanishi ijobiy voqea bo’ldi. “Asosiy qonuniga qo’shimchalar” qabul qilinganidan keyin liberallarning inqilobdan chetlashishi asosan o’z nihoyasiga etdi. Yirik savdogarlar, liberal pomeshchiklar, ruhoniylar inqilob o’z vazifasini bajarib bo’ldi, keyingi islohotlar va o’zgarishlarni majlis orqali asta-sekin amalga oshirish mumkin deb hisoblardilar. Erondagi voqealarning rivojlanib borishi Angliya va Rossiya hukumatlarini cho’chitib qo’ydi. Ular inqilobni bo’g’ib tashlashga intildilar. 1907 yil boshida Tehrondagi ingliz elchisi inqilobga qarshi interventsiya uyushtirishga chaqirdi. Angliya bilan Rossiya o’rtasida katta imperialistik ziddiyatlar mavjud bo’lsada Eron xalqining demokratik-inqilobiy harakatiga dushmanlik, bu inqilobni bostirishga bo’lgan intilish ingliz va rus hukumatlarini bir-biriga yaqinlashtirdi. Bunga ma’lum ma’noda ingliz-german va rus-german imperialistik ziddiyatlarining mavjudligi ham ko’maklashdi. 1907 yil 31 avgustda Peterburgda Eron, Afg’oniston va Tibetdagi ta’sir hududlarini belgilab olish to’g’risida Angliya-Rossiya bitimi tuzildi. Shimoliy Eron chor Rossiyasining, Janubi-Sharqiy Eron Angliyaning ta’sir hududi deb belgilandi. Ular o’rtasidagi hudud betaraf deb e’tirof etildi. Ingliz-rus bitimining tuzilishi Angliya, Fransiya va Rossiyadan iborat Antanta harbiy ittifoqini tashkil 25 qilinishini o’z nihoyasiga etkazdi. Shu bilan birga bu bitim Eron inqilobiga qarshi qaratilgan bitim edi. 4.9.1908 yildagi aksilinqilobiy to’ntarish. Eron I-jahon urushi arafasida va urush yillarida. Ingliz-rus bitimi Erondagi aksilinqilobchilarning kuchayishiga olib keldi. Kuzda shohga sodiq qo’shinlar va aksilinqilobchi qurolli to’dalar Tehronga keltirila boshlandi. Noyabr oyida shoh majlisdan anjumanlar faoliyatini to’xtatilishini qat’iy talab qildi. Bu aholi noroziligini keltirib chiqardi. Fidoyilar otryadlari majlisni himoya qilib chiqdilar. SHoh chekinishga majbur bo’ldi, aksilinqilobiy to’ntarish amalga oshmadi. Lekin majlis tarkibining ko’pchiligini tashkil qilgan liberallar shoh bilan til biriktirish yo’lidan bordilar. Shoh inqilobga yangi zarba berishga tayyorlandi. U 1908 yil iyun oyining boshida kazak brigadasi himoyasida poytaxtni tashlab chiqib, shahar tashqarisidagi saroylardan birini aksilinqilobiy fitna qarorgohiga aylantirdi. 22 iyunda shoh Tehronni qamal holatida deb e’lon qildi va kazak brigadasi komandiri rus polkovnigi Lyaxovni poytaxtning harbiy gubernatori qilib tayinladi. 23 iyunda harbiy qismlar va artilleriya majlis binosini qurshab oldi, uning himoyachilari kurashda halok bo’ldi. Shoh majlis va anjumanlarning tarqatib yuborilganligini e’lon qildi. Majlisning so’l deputatlari va anjumanlarning rahbarlari qatl qilindi yoki turmalarga tashlandi. Aksilinqilobiy to’ntarishni Angliya va Rossiya hukumatlari faol qo’llab- quvvatladilar. Liberal deputatlar olib borgan siyosat bu to’ntarishni amalga oshishini osonlashtirdi. Majlisning bir qancha deputatlari oshkora holda shoh tomoniga o’tib ketdi. Lekin 1908 yil 23 iyundagi aksilinqilobiy to’ntarish inqilobning yakuni bo’lmadi. U inqilobiy kurashning yangidan yuksalishi uchun signal bo’lib xizmat qildiki, endilikda Tabriz va Ozarbayjon provintsiyalari bu kurashning markazi bo’ldi. Tabriz anjumani amalda mahalliy hokimyat ustidan o’z nazoratini o’rnatgan edi. Iyun aksilinqilobiy to’ntarishi davrida Tabriz anjumaniga rahbarlik qilayotgan liberal elementlar qochib ketdilar. Lekin inqilobiy burjuaziya vakillari va shahar aholisi kurashni davom ettirdi. Tabriz demokratlariga fidoyilar otryadlari komandirlari Sattor va Bakir rahbarlik qildilar. Ular aksilinqilobchi kuchlarga qarshi kurashni tashkil qildilar. Tabrizning katta qismi fidoyilar qo’lida qoldi. Shaharni boshqarish uchun yangi anjuman tashkil etildi. 1909 yilda shoh qo’shinlari yana Tabrizga hujum boshladilar, lekin uni jang bilan ololmagach, qamal qilishga o’tdilar. Shaharda ochlik boshlandi. Tabrizliklarning qat’iy mudofaasi Angliya va Rossiya hukumatlarini tashvishga solib qo’ydi va ular oshkora interventsiya yo’liga o’tdilar. Janubda 26 ingliz qo’shinlari bir qator aholi punktlarini egalladi. Rus qo’shinlari chet el fuqarolarini himoya qilish va qamalda qolgan aholiga oziq-ovqat etkazib berish bahonasi ostida 1909 yil 25 aprelda chegaradan o’tdilar va to’rt kundan keyin Tabrizga kirib keldilar. Ular 1910 yil martigacha Tabrizda qolgan Sattor va Bakirga qarshi oshkora chiqishga jur’at eta olmadilar. Lekin shaharning rus qo’shinlari tomonidan okkupatsiya qilinishi qo’zg’olonning tugatilishiga olib keldi. Anjuman rus qo’shini qo’mondonining taziyqi ostida fidoyilarning bir qismini tarqatib yuborishga majbur bo’ldi. Tabriz qo’zg’oloni Eronning boshqa hududlaridagi inqilobiy harakatning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1909 yil boshidan inqilobning yangidan yuksalishi boshlandi, bu davrda xalq ommasining faolligi ancha oshdi. Lekin faqat Ozarbayjondagi harakatlardagina inqilobiy demokratlar rahbarlikni o’z qo’llariga oldilar, boshqa hududlarda esa inqilobiy harakat rahbarligi liberallar qo’liga o’tgan edi. Konstitutsiya qabul qilinganidan keyin liberal pomeshchiklar va yirik savdogarlar inqilobdan chetlasha boshladilar. 1909 yil yanvar-mart oylari davomida Isfaxon, G’ilyon, Resht, Bushir, Bandar-Abbos va boshqa shaharlarda hokimyat qo’zg’olonchilar qo’liga o’tdi va kuchlar nisbati inqilob foydasiga o’zgardi. 1909 yil bahorida Eronning turli viloyatlaridan kelgan fidoyilar Tehronga hujum boshladilar. 13 iyulda G’ilyon fidoyilari va baxtiyorlar qabilalarining birlashgan qo’shini kazak brigadasini tor-mor qildilar va aholi yordamida Tehronni egalladilar. Shoh Muhammadali bestga o’tirishga majbur bo’ldi, u Rossiya elchixonasidan boshpana topdi. Eron taxtiga uning 14 yoshli o’g’li Ahmad o’tirdi. Muhammad Ali umrbod yiliga 100 ming tuman miqdorida nafaqa oladigan bo’ldi va chet elga (Rossiyaga) chiqib ketdi. 1906-1907 yil konstitutsiyasi qayta tiklandi. G’ilonlik yirik pomeshchik sipohdor boshchiligida vaqtli hukumat tuzildi. 1909 yil noyabrda ikkinchi majlis ochildi, bu majlis saylovlarida xalq ommasining faqat 4 foizi ishtirok etdi, majlis tarkibida hunarmandlarning vakillari yo’q edi. Ikkinchi majlis birinchi majlisdan farq qilgan holda mamlakat hayotida progressiv rol o’ynay olmadi. U inqilobni cheklash va jilovlash yo’lidan bordi. 1910 yil martida Eron hukumati Angliya va Rossiyaning ultimatum tarzida qo’ygan talablarini bajarib, Sattor va Bakirning fidoyilar otryadlarini qurolsizlantirdi. Hukumat tashqi siyosatda imperialistik davlatlar bilan til biriktirish yo’liga o’tdi. Hukumat chet ellik mustamlakachilarga qarshi kurashish o’rniga turli davlatlar o’rtasida tilyog’malik qilish siyosatini olib bordi. Eron hukumati 1910 yilning oxirida mamlakat moliyasini qayta tuzish va tartibga solish uchun AQSHdan maslahatchilar yuborishni iltimos qildi. 27 AQSH Eronga Morgan Shuster boshchiligida missiya yubordi. U davlat bosh xazinachisi lavozimini egallab, cheklanmagan vakolatlarga – hukumatning moliya sohasidagi faoliyatini nazorat qilish, soliqlar va davlatning boshqa daromadlarini kuzatib borish, pul emissiyasini kuzatib borish kabilarga ega bo’ldi. Shuster shoh hokimyatidan mustaqil bo’lgan o’z ma’muriy apparatini tuzishga harakat qildi. Tehronda Shusterning ko’rsatmalarini bajarmagan amaldorlarni qamab qo’yish uchun maxsus gauptvaxta tashkil qilindi. U Eron qurolli kuchlarini ham o’ziga bo’ysundirishga harakat qildi. 1911 yil iyulida Eronning sobiq shohi Muhammad Ali soxta nom bilan rus paroxodida Eronga keldi. Rus hukumati uni maxfiy ravishda qo’llab-quvvatlab turdi. U bir necha ming kishini yollab, Tehronga yurish boshladi. Sobiq shohning Eronda paydo bo’lishi xalq ommasi g’azabini keltirdi. Butun mamlakat bo’ylab mitinglar va namoyishlar bo’lib o’tdi. Yana fidoyilar otryadlari tuzildi. 1911 yil kuzida hukumat qo’shinlari va fidoyilar otryadlarining birlashgan kuchlari Muhammadali boshchiligidagi isyonni bostirdilar. Muhammad Ali yana chet elga qochdi. Muhammadali isyonining barbod bo’lishi ichki reaktsiya kuchlari yordamida inqilobni bostirib bo’lmasligini ko’rsatdi. Bu vaqtga kelib Eronga o’z qo’shinlarini kiritgan Angliya va Rossiya inqilobni bostirishni o’z zimmasiga oldilar. 1911 yil noyabrida inglizlar tomonidan qo’llab-quvvatlangan Rossiya Eron hukumatidan Shusterni iste’foga chiqarilishini va bundan keyin Angliya va Rossiyaning roziligisiz chet ellik maslahatchilarni Eronga taklif qilmaslikni ultimatum tarzida talab qildi. Majlis bu talabni rad etdi. Rus hukumati bunga javoban Ozarbayjon, G’ilyon va Xurosonga katta qo’shin yubordi. Bu qo’shin Eron ko’ngillilarining qarshiligini sindirib, mamlakat shimolidagi inqilobni bostirdilar. Mamlakat janubida ingliz qo’shinlari ham shu ishni amalga oshirdilar. 1911 yil dekabrida politsiya va baxtiyorlar otryadlari Tehronda aksilinqilobiy to’ntarishni amalga oshirdilar. Majlis tarqatib yuborildi, anjumanlar va so’l gazetalar yopildi. Eron inqilobi bostirildi. Eron inqilobi mag’lubiyatga uchrasada u Hojarlar sulolasiga va feodal tuzumga qattiq zarba berdi, keng xalq ommasining feodalizm sarqitlari va chet ellik mustamlakachilarga qarshi kurashi uchun siyosiy ongining uyg’onishiga yordam berdi. Eron inqilobi o’z navbatida Sharqdagi boshqa mamlakatlarga katta ta’sir ko’rsatdi. Birinchi jahon urushi boshlanib ketgach Eron o’zining betarafligini e’lon qilgan bo’lsada, uning hududi urushayotgan tomonlar o’rtasidagi jang maydoniga aylandi. 28 Turk bosqinchilari va ularning xo’jayinlari bo’lgan Germaniyaning hukmron doiralari Eronga bostirib kirishdan oldin Kavkazorti, Eron, O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindistonning shimoli-g’arbiy hududlari, Misr va boshqa mamlakatlarni bosib olish kabi xayoliy rejalarni tuzgan edilar. Lekin yashin tezligida urush olib borish rejasining barbod bo’lishi va Evrlopada yuzaga kelgan ikki frontda uzoqqa cho’ziladigan kurashning boshlanishi nemislarning Eronga qarshi katta qo’shin tashlash imkoniyatini bermadi. Shuning uchun ham nemis razvedkasi va diplomatiyasi Eronda xalq ommasini ingliz va rus mustamlakachilariga qarshi qo’zg’ashga zo’r berib urindi. Nemislar ikkiyuzlamachilik bilan o’zlarini Eronning va butun musulmonlarning do’stlari qilib ko’rsatishga urindilar. Turk sultoni va xalifasi esa butun musulmonlarni Angliya va Rossiyaga qarshi “muqaddas urush”ga da’vat etdi. Nemis razvedkasi bu da’vatni va boshqa varaqalarni yashirin holda Eronda tarqatar edi. Nemislar bu varaqalarda hatto Vilgelm II islom dinini qabul qilganligi haqidagi soxta gaplarni tarqatishdan ham qaytmadilar. Lekin Eronda “muqaddas urush”ga da’vat kutilgan natijani bermadi, chunki Eron burjuaziyasi, pomeshchiklar va amaldorlarning katta qismi ingliz-rus sarmoyasi bilan bog’liq va unga qaram edi. Turklar 1914 yil noyabrida Eron Ozarbayjoniga bostirib kirdilar. Ular o’zlari bosib olgan hududlarda ommaviy talonchilik va ozarbayjonlar, kurdlar, armanlarni ommaviy qirish siyosatini amalga oshirdilar. Lekin turklarning bu yerdagi hukmronligi uzoqqa cho’zilmadi. Rus qo’shinlari Kavkaz frontida turklarni mag’lubiyatga uchratib, Eronga kirib kela boshladi. Rus qo’shinlari 1915 yil fevralda Tabrizni egalladilar, turk qo’shinlari Ozarbayjondan quvib chiqildi, lekin Eron g’arbidagi bir qator hududlar ular qo’lida qoldi. Nemis agentlari 1915 yil boshida Eron janubidagi qabilalarning qo’zg’olonini ko’tarishga muvaffaq bo’ldilar. Baxtiyorlar qabilalari Angliya-Eron neft kompaniyasining neft quvurlarining bir qismini buzib tashladilar. Nemislar tomonidan tashkil qilingan qurolli otryadlar Janubiy Eronning bir qancha shaharlarini qo’lga kiritdilar. 1915 yil kuziga kelib Kermanshoh va Hamadonni egallagan tark qo’shinlari ham o’z hujumlarini boshladilar. Germaniya imperializmi Hindiston chegaralarida o’rnashib qolishga intilib, Afg’onistonni o’ziga ittifoqchi qilib olish uchun u yerga nemis-avstriya-turk harbiy missiyasini yubordi, lekin Afg’onistonni urushga tortishga muvaffaq bo’lmadi. Nemislar va ularning ittifoqchilari bo’lgan turklarning Eronga hujumi poytaxtdagi vaziyatga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Nemislar tomonidan sotib olingan saroy amaldorlari va feodal zodagonlarning bir qismi Germaniyaga hayrixoh edilar. Pomeshchiklar bilan bog’liq bo’lgan va juda zaif bo’lgan Eron burjuaziyasi 29 xalqqa suyanishga qo’rqardi va ingliz-rus mustamlakachilariga qarshi kurashish uchun nemislar yordamiga ko’z tikkan edi. Uzoq tanaffusdan keyin chaqirilgan majlisda demokratlar ko’pchilikni tashkil etardi va majlis 1914 yil oxiriga kelib Germaniya-Avstriya-Turkiya blokini yoqlab chiqishga qaror qildi. Bunga javoban Angliya va Rossiya Eronga yangi harbiy qismlarni jo’natdi. Inglizlar turklarni va baxtiyorlar qabilalarini neft quvurlari hududidan haydab chiqardilar. 1915 yil oktabrida general Baratov boshchiligidagi rus qo’shinlari Tehron tomon yurish qilib, Qazvinni egalladi. Noyabr oyida shoh ingliz va rus elchilarining taziyqi ostida germanparast majlisni tarqatib yubordi. Tarqatib yuborilgan majlisning bir guruh deputatlari va ishdan bo’shatilgan vazirlar nemis elchisi va turk harbiy attashesi kuzatuvida Qum shahriga kelib, bu yerda milliy muvaqqat hukumat tuzilganligini e’lon qildilar. Rus qo’shinlarining hujumi natijasida bu hukumat turklar tomonidan bosib olingan Kermonshoxga qochib o’tishga majbur bo’ldi. 1916 yil oxiriga kelib inglizlar mamlakat janubidagi inglizlarga qarshi ko’tarilgan isyonlarni bostirishga muvafffaq bo’ldilar. 1917 yil boshiga kelib Eronning barcha hududi: shimol rus qo’shinlari tomonidan, g’arb nemis-turk qo’shinlari tomonidan, janub inglizlar tomonidan bosib olingan edi. Urush yillarida Angliyaning Erondagi mavqei juda kuchaydi. Angliya-Eron neft kompaniyasining faoliyati kengayib, neft qazib olish 1913 yildagi 80 ming tonnadan 1919 yilda 1 100 ming tonnaga etdi. Kompaniya davlat ichidagi davlatga aylandi, u o’z qo’riqlash xizmati, politsiyasi, maktablariga ega edi. Janubiy Erondagi qo’zg’olonlar bostirilgach, ko’chmanchi qabilalarning ko’pchilik feodal rahbarlari inglizlar xizmatiga o’tdilar. Angliyaning Eron hukumatiga ta’siri ham kuchaydi, hukumatni 1916 yil avgustdan boshlab inglizlar tarafdori bo’lgan Vosug’ ad-Davla boshqarar edi. Harbiy harakatlar mamlakatni og’ir ahvolga soldi. Bosqinchilar dehqonlarning oziq-ovqat va chorva mollarini tortib oldilar. Pomeshchiklar soliq va majburiyatlarni ko’paytirdilar. Ekin maydonlari hajmi va chorva mollari soni keskin qisqardi, mamlakatda ocharchilik yuz bera boshladi. Ko’pgina provintsiyalarda kasallik epidemiyalari avj oldi. Birinchi jahon urushi davrida Sharqdagi ko’pchilik mustamlaka mamlakatlarda sanoat rivojlanishi ro’y bergan bo’lsa Eronda buning aksi bo’ldi. Sanoat inqirozga yuz tutib, burjuaziyaning mavqei pasaydi, ishchilar soni kamaydi, mamlakatning turli hududlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar uzilib qolib, feodal tarqoqlik kuchaydi. Shohning markaziy hukumati faqat nomigagina saqlanib qoldi. 30 1916 yil oxiridan Eronda imperializmga qarshi chiqishlar kuchaydi. Ko’pgina shahar va qishloqlarda bosqinchilarga va ularning malaylariga qarshi kurashga da’vat etuvchi varaqalar paydo bo’ldi. Varaqalarda chet ellik bosqinchilarga sotilgan amaldorlar va xonlarni o’ldirishga, feodallarning mulklarini yo’q qilishga da’vat etildi Download 30.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling