Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet40/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 39

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy





* * *

O‘tabboy qushbegi hozirgina ichkari o‘rdadan qaytib chiqg‘an edi. Shu orada qo‘rboshi kirib unga qulliq qildi:


Keltirdim, taqsir. Biroq ikkisini topolmadim. Qushbegi chidamsizlik bilan:


— Otabekni-chi? — deb so‘radi.


Qo‘rboshi muzaffarona javob berdi:
— Tutdim, taqsir, qutidorni ham.
— Olib kiringiz.
Qushbegi tinchlandi, qo‘rboshi dahlizdan tashqarig‘a ishorat berdi va qaytib qushbegiga ruxsat qullig‘i ado qildi va undan izn olib o‘lturdi. Eshikdan ikki qurollik yigit muhofazatida Otabek va qutidor ko‘rinib bekka qulluq qildilar. Qushbegi yarog‘liq yigitlarni qaytishg‘a buyurib, gunohkorlarni yovoshg‘ina qilib o‘z oldig‘a chaqirdi. Otabekda tushunmaslikdan boshqa o‘zgarish sezilmasa ham qutidor juda qo‘rqqan, rangi o‘chkan edi. Ikkisi tenglikda qushbegiga qarshi cho‘kkaladilar. Otabekni ortiqcha bir diqqat bilan ko‘z tegidan o‘tkargach, qushbegi so‘radi:

— Otabek degan sizmi?


— Taqsir, man.
— Toshkandlik Yusufbek hojining o‘g‘lisiz?
— Taqsir.
— Hozir Marg‘ilonda turasizmi?
— Taqsir.
— Marg‘ilon kelganingizga ko‘b bo‘ldimi?
— Qirq kunlar chamasi.
— Marg‘ilonga nima yumish bilan kelgan edingiz?
Savdogarchilik bilan, taqsir.
— O‘zingiz yolg‘izmi?
— Bir kishim bor edi.
Qushbegi qo‘lidagi ro‘yxatka qarab oldi va davom etdi:
— Hasanali kim bo‘ladir?
Otabekdagi boyag‘i tushunmaslik bir shubhaga alishindi. Ammo parvosizcha javobini beraverdi:

— Qulimiz bo‘ladir, Toshkanddan kelgandagi yo‘l-doshim shu siz aytkan Hasanali edi.


— Hasanali bu kunda qayerda?
— Marg‘ilonda.
— Siz bilan birga turadimi?
— Yo‘q. Saroyda bir muncha mollarimiz bo‘lar edi, saroyda mollarg‘a qarab turadir.
— Bu kishi kimingiz?
— Qayin otamiz.
— Ko‘bdan berimi?
— Bu kun sakkizinchi kun...
— Ilgari o‘zingiz uylangan edingizmi?
— Yo‘q.
— O‘zingiz toshkandlik bo‘laturib nima majburiyat ostida Marg‘ilondan uylandingiz? Bu savoldan Otabek bir oz o‘ng‘aysizlanib to‘xtadi. Ammo bu o‘ng‘aysizlanishdan

qushbegining oldida boshqa bir haqiqat ochilg‘andek bo‘ldi:


— Javob beringiz.

— Taqdir, taqsir.


Qushbegi bir oz o‘ylab olib yana savol berdi:






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling