Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 57
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy Otabekning bu so‘zidan keyin ponsadboshi — «endi bo‘lar» degandek qilib qushbegiga qaradi. Qo‘rboshi ersa Otabekning ustida hali bunchalik tergashlar borlig‘i uchun o‘zini bir oz to‘xtatib qoldi. Qushbegi ko‘rpacha ostidan xatni olib Otabekka ko‘rsatdi. — Bu qanaqa maktub, taniysizmi? Otabek ko‘rguchi ko‘zlariga ishonmag‘andek: — Taniyman, — dedi, — ta’rifini sizga so‘zlag‘a-nim, otam maktubi! Taajjub, buni sizga kim keltirdi, taqsir? Qushbegi yengilgina iljayib Kumushbibiga ishorat qildi: — Najot farishtasi, — dedi. Qutidor bilan bek yalt etib Kumushka qaradilar. Endi Kumush ortiq chidab turolmadi: — Otajon, men qizingiz! Otabekning qulog‘ig‘a eshitilgan bu tovush uning yuragini ingichka yeriga borib tekkan edi. Esini yo‘qotib turg‘an qayin otasig‘a qaramay: — Sizmi, Kumushmi? — deb so‘radi. — Men, men! Bu savol-javob ila ikki vujudning hamma hasratlari, alamlari bir-birlariga onglashilg‘an, ikki tovushning bir-birisiga kelib qo‘shilishidan ikkisiga ham til bilan ongla-tib bo‘lmasliq bir hol yuz bergan edi. — Bu senmi, qizim? — Men, otajon! Bu o‘ringacha boshqa bir mulohazada o‘lturgan qushbegi ularning so‘zlarini bo‘lib, Otabekdan so‘radi: — Qulingiz Hasanalini nega shu kungacha topib bo‘lmadi? — Qamalg‘an kunimdan beriga undan xabarim yo‘q, taqsir, — dedi-da, Otabek Kumushka qaradi. — Bu kun o‘n ikki kun; Hasanali ota Toshkand ketmishdir, shundan beri undan darak bo‘lmadi, — dedi Kumush. — Toshkand ketishka uni nima majbur qildi? — deb o‘rinsiz bir savol bergan edi qushbegi, Kumushbibi uning nima uchun ketkanligini aytib qanoatlantirdi. Masala yana xat ustiga o‘tib, Otabek qushbegidan so‘radi: — Qo‘lingizdag‘i maktub bilan ehtimol biz oqlan-g‘an chiqarmiz? — Qushbegidan tasdiq ishorasini olib davom etdi. — Hozir biz sizning adolatlik hukmingizdan bir narsani so‘raymiz: ul shuldurkim, bizning to‘g‘rimizda yomon maqsad bilan sizga chaqimchiliq qilg‘uchi ig‘vogar va g‘arazgo‘lar bu majliska hozirlansinlarda, o‘zlarining mash’um kashflarini va yo ko‘rgan-eshitkanlarini isbot qilib bizni qayta boshdan dor ostig‘a yuborsinlar. Bil’aks isbot qilolmas ekanlar, bizga qazig‘an chuqurlarig‘a o‘zlari yiqitilsinlar! Ado-latingizdan bizning talabimiz shul! — dedi va qo‘rboshig‘a qaradi. Uning yuzida qo‘rqish va iztirob alomatlari ko‘rdi. — Talabingiz o‘rinlik, — dedi qushbegi, — ammo xasmingizni bu majliska hozirlash uchun vaqtimiz ozdir va lekin bu kun uni qo‘lg‘a olarmiz va birisi kun beshovingizni bir yerga jam’lab o‘z hukmimizni berar-miz, — dedi. Kumushbibiga yuzini o‘girdi. — Qizim, sizning bunchalik zakovat va jasoratingizga otangiz bilan eringiz har qancha tashakkur aytsalar va o‘zlarining mundan so‘ngg‘i umrlarini sizning baxshishingiz, deb bilsalar arzir. Men ham sizning bu xizmatingiz evaziga eringiz bilan otangizni hozirdan boshlab ozod qildim. Ammo Otabek ish bir taraflik bo‘lg‘uncha o‘zining qochmaslig‘i uchun kafil berishka majburdir. Hamma mol va mulki bilan qutidor Otabekka kafil bo‘ldi va qushbegining haqig‘a duo qilib, uchavlari mahkamadan birgalashib chiqdilar. www.ziyouz.com kutubxonasi 58 O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Ziyo aka bilan o‘g‘li Rahmatni bo‘shatingiz, so‘ngra anovini qo‘lg‘a olingiz! — degan amrni olib, qo‘rboshi ham siljidi. Shuning ila bu kungi hukm majlisi tamom bo‘lib, shahar a’yonlari taajjub ichida tarqala boshladilar. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling