Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 68
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy faqat Oybek ustiga tikildi va Toshkand qo‘rg‘onlari ostida qurbon bo‘lg‘an sipohlarining qonini Azizbekning o‘ng qo‘li bo‘lg‘anning o‘g‘lidan olmoqchi bo‘ldi. — Yusufbek hojining maktubi yoningizdadir? — Taqsir, — dedi qushbegi, maktubni olib Musul-monqulg‘a uzatdi. Musulmonqul o‘nda-so‘nda maktubga ko‘z yugurtirib chiqdi-da, zaharxanda ichida O‘tabboyg‘a qaradi: — Yusufbek hojining qurg‘an hiylalariga tushun-maguchi ehtimol Marg‘ilondan topilmag‘andur! U tulki o‘z o‘g‘lini Marg‘ilonda to‘polon chiqarish uchun, deb yuborishidayoq har bir ehtimolga qarshi bu maktubni yozib bergan, bunga Marg‘ilon kalvaklari tushunmasalar ham biz tushuna olamiz! — dedi va mag‘rur bir tusda Xudoyorg‘a qarab qo‘ydi. Qushbegi uning bu istehzosini yutishka majbur edi. Chunki ozg‘ina tildan toysa o‘zi-ning ham Otabek qatoriga kiritilishini yaxshi onglar edi. Sukut qildi: — Hudaychi! — Qulingiz! — Haligi qushbegi bilan birga kelgan yigitni huzurimizg‘a hozirla! Musulmonqulning apti ortiq dahshatlik bir holga kirgan, taxt ustiga qo‘ndirilg‘an jonlik Xudoyor haykal ham sukutda, o‘zining nima bo‘lishig‘a tushunmagan O‘tabboy ham borliq, yo‘qliq holatda... Otabek hudaychi orqasidan kirib xong‘a ta’zim qildi va qo‘l bog‘lab to‘xtadi. Otabek Musulmonqul otini, uning yirtqichlig‘ini yaxshi bilsa ham, ammo shaxsan o‘zini ko‘rmagan, shuning uchun xonning yonidag‘i xoqong‘a iltifot etmadi. Uning bu iltifotsizligi Musul-monqulg‘a asarsiz qolmadi-da, achchig‘i ustiga achchig‘, kek ustiga kek qo‘shildi va shular ichida yasalib chiqg‘an bir istehzo iljayishi va bir tovush bilan: — Manga qarang, bek yigit, — dedi. Otabek o‘ziga qarag‘ach: — Siz kim bo‘lasiz? — deb so‘radi. Ul hanuz boyag‘i masxara holatda edi. — Men Otabek. — Dunyoda Otabekdan ko‘pi bormi, siz qanday Otabek? — Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li. — Ha-a-a, shundog‘ deng-chi... Toshkandlik Yusufbek hojikim, Azizbegimizning gumashtasi bo‘lg‘an zoti sharifning o‘g‘illari? Otabek bu cho‘ltog‘ supurgini tanidi va uning isteh-zolarini payqadi. U bundan so‘ngg‘i ko‘rguligini tamom ma’nosi bilan onglab, ma’nosiz bu savollarga javob berib o‘lturishdan sukutni xayrlik topdi. Go‘yo o‘zining bu sukuti bilan Musulmonqulg‘a ma’nolik bir javobni ifoda qilar edi. Chindan ham Musulmonqul bu sukutdan tahqirlandi, tutuni ko‘kka ko‘tarilar ekan baqirdi: — Nega javob bermaysan?! — Siz meni qanday tanig‘an bo‘lsangiz-bo‘lingiz, men o‘shandog‘ kishining o‘g‘li, — dedi bek. — Men bilan otam siz bilan qushbegiga bir necha turlik bo‘lib tanilsaqla, o‘z vijdonimiz oldida bir turlikkinadirmiz! Shuning uchun siz tilagan tarafingizga hukm qilingizda, buyrug‘ingizni beraveringiz! Musulmonqulning yuzidagi boyag‘i achchig‘lar yerini bir zavqlanish vaziyati oldi. Kulimsirash ichida Otabekni kuzatar ekan: — Dav yuraging bor ekan, yigit... Hayfki, gunohing bo‘yningda, — dedi va chaqirdi: — Jallod! Eshik yonida kutib turgan oyboltaliqlar harakatlandilar: — Xanjarimiz qonsirag‘an! Jallodlarning oldida kirgan hudaychi xong‘a arz qildi: — Toshkanddan bir chopar bor, huzuringizga kirish uchun izn so‘raydir! |
ma'muriyatiga murojaat qiling