Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17. XAYRIXOH QOTIL
www.ziyouz.com kutubxonasi 146
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Dushmanlaringizning yo‘q bo‘lg‘anlari chin bo‘l-sin, suyganingiz bilan endi mas’ud yashang! Otabek tashakkur etdi. Tag‘in bir oz choy ichib so‘z-lashqandan so‘ng, Otabek daftaridan ikkita xat chiqarib dedi: — Sizga og‘ir kelmasa, bir xizmat topshirmoqchi-man, usta! — Buyuringiz! Otabek qo‘lidag‘i xatlarni uzatib: — Men shu soatning ichida Toshkand jo‘nashg‘a majburman. Shuning uchun siz bu xatlarni qayin otamnikiga o‘z qo‘lingiz bilan eltib berasiz. Usta uning bu gapiga tushunolmay qoldi: — Nega endi Toshkand jo‘naysiz, o‘zingiz... — O‘zimga mumkin emas, chunki... ikki tomong‘a ham o‘ngg‘aysiz. Men hozir ketishka majburman, balki o‘zingiz ham onglarsiz. — Ongladim, — dedi usta va: — gap-so‘z bosila-yozg‘ach, kelmakchimisiz? — Balki... — deb to‘xtadi Otabek, — xatlarning birisi qayin otamg‘a, ikkinchisi unga, — dedi. — Xo‘b. — Qayin otamg‘a yozg‘anim qisqa bo‘lg‘ani uchun siz unga mendan eshitkanlaringizni so‘zlab qondirarsiz. Qutidor bilan ishingizni tugatib qaytishingizda uning xatini berarsiz, tuzikmi? — Ma’qul. — Uchrashqaningiz to‘g‘risida menga ma’lumot yozsangiz, tag‘in minnatdor qilar edingiz... — Bosh ustiga. Shundan so‘ng ikkisi quchoqlashib ko‘rishkach, vidolashdilar. Otabek eshikdan chiqg‘anda Sodiqni ko‘mib kelgan kishilar qur’on o‘qub tarqalmoqda edilar. 17. XAYRIXOH QOTIL Mirshablar tomonidan qo‘rboshi mahkamasiga so‘-roqqa olib ketilgan qutidor qaytib yo‘lakdan kirishi bilan ming xil tashvishda o‘lturg‘uchi Oftob oyim bilan Kumushka qaytib jon kirgan kabi bo‘ldi. Kumush otasining oldig‘a qanot yozg‘an kabi yugirib, uning soqolini silar ekan, so‘radi: — Sizga zarar bermadilarmi, otajon? — Yo‘q, qizim. Oftob oyim erining bu so‘zini eshitishi bilan Xo‘ja Bahovaddin yo‘lig‘a o‘gurib qo‘yg‘an yetti tanga pulini To‘ybekaga berib, darrov eshonnikiga jo‘natdi va shundan so‘ng eridan so‘radi: — Sizga ayb qo‘ya olmadilarmi? — Xudoyg‘a shukur, oqlandim, — dedi qutidor. — Chindan ham menda qanday ayb bo‘lsunki, o‘zimiz ham bu hangamani uyqudan turib payqag‘an bo‘lsaq. Uyimiz ostini yomonlar teshkan bo‘lsalar ham ammo kishi sig‘masliq bo‘lg‘anlig‘i meni oqliqqa chiqardi. Lekin kishi sig‘aturg‘an bo‘lib teshilganda ham meni ayblay olmas edilar, zeroki, uyimiz ostini teshkan muttahamlar albatta yaxshi niyat bilan teshmagan bo‘lib, molimiz va jonimiz qasdida ekanliklari ma’lum edi. Basharti qotil men bo‘lib ko‘ringanimda ham molim va jonim qurug‘ida o‘g‘rilarni o‘ldirganligim uchun yana gunohkor bo‘lmas edim. Har holda bu foji’a bizga zararsiz bo‘lib o‘tdikim, buning uchun |
ma'muriyatiga murojaat qiling