Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet145/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 143

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



Otabek kushxona o‘rnidan eshikka qarab qo‘zg‘alg‘an edi, Homiddan besh-olti qadam narida yotqan Sodiqning «hmmm» degan tovshi eshitildi. Otabek ko‘ngli allanechuklangani holda maydondan chiqdi...


16. O‘ZNI TANITISH

Ertasi kun butun Marg‘ilon deyarlik Malikboyning maydonida voqi’ bo‘lg‘an ishka juda hayron edi:


— Mutal bilan Sodiq bo‘lsa shaharning tomteshar yigitlaridan, ular qutidornikiga o‘g‘riliq uchun borg‘an bo‘lsalar borg‘andirlar... Lekin shaharning katta boylaridan hisoblang‘an Homidning ishi qiziq. Xayr, Homidning o‘g‘riliq hunari ham bor bo‘lsin, bularni kim o‘ldirgan? Qutidor bo‘lsa ertalab uyqudan turg‘ach, bu hangamani bilibdir, juda ajoyib!




* * *

Kuch choshkohga yetkanda Otabek saroy darbozasidan chiqdi. Ul o‘zining so‘l qo‘lini doka bilan o‘rab bog‘lag‘an va ko‘kragiga ko‘tarib ushlagan edi. Kecha Homid xanjarlik qo‘lini siltab tortqanda, xanjar uning bosh barmog‘i orasini suyakka yetkuncha shipirib ketkan edi. Uning oyog‘ olishida ham bir oz oqsoqlanish sezilar edi.


Saroydan ancha uzoqlashqan edi, qarshidan o‘ziga qarab kelguchi Rahmatni ko‘rdi va chor-nochor so‘rash-moqqa to‘g‘ri keldi:


— Ha, mulla Rahmat, salomatmisiz? Rahmat oshiqibg‘ina uning bilan ko‘rishdi:


Qachon keldingiz, bek aka?


— Kelganimga bir-ikki kun bo‘ldi... Nega xafa ko‘rinasiz, mulla Rahmat? Rahmat uflab oldi:

— Eyyy, bek aka, bizning boshka tushkanni dushmaningizga ham ko‘rsatmasin! Otabek ajabsinish tusi ko‘rsatib so‘radi:


— Nima bo‘ldi, uy-ichingiz bilan salomatmisiz?


— O‘zingiz bilasiz, bultur padar marhum bo‘lg‘an edilar, bu kun yana boshimizg‘a o‘lim tushaturg‘an bo‘lib qoldi, tog‘am Homidni allakimlar chavog‘lab ketibdirlar.

Otabek ko‘zini olalantirg‘an bo‘ldi:


— Qayerda, kimlar, yarasi qo‘rqunch emasmi?


Rahmat voqi’ani qayerda bo‘lg‘anlig‘ini so‘zlab turmadi:
— Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab yotibdir. Qornini tikdirmakchi bo‘lg‘an edim, jarroh bo‘lmaydir, dedi.

—Chavog‘lag‘uchini aytmadimi?


— Til bo‘lsa aytadi-da, — dedi Rahmat, — ul yiqi-lib yotqan joyda yana ikki yigitning o‘lugi bor ekan... Shulardan zarb olg‘anmi deb o‘ylayman.

— Xudo shifo bersin! — dedi Otabek.


Ajralishdilar.
Otabek usta Alimning ko‘chasiga burilg‘ach, Sodiq eshigida uch-to‘rtta bel bog‘lag‘an kishilarni tobut yasash bilan mashg‘ul ko‘rib tinchsizlanib ketdi. Usta Alimning yo‘lagiga kirar ekan, Jannat opa bilan yana bir xotinning yig‘i tovushlarini eshitdi...

Janozaga tahorat olish uchun obdasta yonig‘a o‘lturgan usta Alim Toshkand jo‘nab ketkan Shokirbekni oradan uch-to‘rt kun o‘tmay qaytib kelishiga ajabsingan edi:


— Keling-keling, Shokirbek... Toshkand jo‘na-mag‘anmi edingiz?! Otabek ayvonning oldig‘a o‘lturar ekan, kuldi:


— Toshkandga borib keldim...






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling