Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet142/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 140

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



Dushman bilan betma-bet uchrashmoq kuni belgulanganlikdan o‘zining bu kungi kutilmagan muvaffaqi-yati to‘g‘risida hech bir taajjublanmas, faqat dushanba kun kechasi bilan miyasi mashg‘ul edi. Dushanba kun kechasi bir emas, uch dushman bilan kurash to‘g‘risidag‘ina o‘ylar edi. Bu birga uch masalasi bir oz uning miyasini qotirg‘an; kishilar yollash, hukumatka bildirish, qutidorni xabardor qilib qo‘yish mulohazala-rigacha kelib yetkan bo‘lsa ham, ammo izzati nafsi bu qo‘rqoqliqqa tamoman zid turar edi. Bora-bora bu mulohazasini tamoman ko‘nglidan chiqarib tashladi; na kishilar yollayturg‘an, na hukumatka bildiraturgan va na qutidorni xabardor qilaturg‘an bo‘ldi. Chunki raqib bilan dildorning uyi orqasida tanho olishmoq, yor oyog‘i ostida qonlik tuproqqa qorishmoq — uning uchun juda lazzatlik va shoirona tuyila boshlag‘an edi. Saroyga kirar ekan o‘zicha:


— Shirin o‘lim, — deb qo‘ydi.
Garchi kechagi tun «Xo‘ja Ma’oz»ni tunab uyqudan qolg‘an edi, ammo uzoq vaqt bu
kungi gaplarni o‘ylab yotdi. Ul uxlab ketar ekan, o‘zini goh qong‘a belanib yotqan holda, goh Kumushni erkalab turg‘an holda ko‘rar edi.


15. DUSHANBA KUN KECHASI

Bu kungi kech Otabek bilan Homidning hayot va mamot masalalarini o‘zining qora quchog‘ig‘a olg‘an qorong‘i bir tun edi va bulardan qaysi birlarining so‘ng soatlari yetkanligi shu qorong‘i tun kabi qorong‘i edi. Otabek bu ikki holdan tabi’iy birisini bu soat o‘zining ko‘z o‘ngida ko‘rar va shunga hozirlanar edi esa-da, ammo Homidning xayoli faqat gulgina iskar, gul sayriga oshiqinar edi...


Olti qarich kenglikda uzundan-uzoq tor ko‘cha, tor ko‘cha boshida kichkinagina bir eshikcha edi. Shom bilan xuftan o‘rtasida bu ko‘cha boshig‘a bir yigit kelib to‘xtadi-da, tevaragiga kishi bilmas qilib razm soldi. Ko‘chada hech kim qolmag‘an, yo‘l oyog‘i bosilg‘an edi esa-da, ul uzoqqina qarshisidag‘i darboza ichlarini, tom ustlarini, devor raxnalarini kuzatdi va qanoat hosil etib tor ko‘chaga ohista-ohista yo‘l oldi. Tor ko‘chaning yarmisig‘a yetkach, to‘satdan orqasig‘a qayrilib qaradi... Uning harakati bir narsadan shubhalanib emas, ammo orqadan dushman ta’qibi bo‘lmadimi uchun edi. Kichkina eshikcha yonig‘a yetkanda tag‘in haligidek orqasig‘a qarab qo‘ydi. Bir oz o‘ylab to‘xtag‘ach, eshik-ning o‘ng tomonidag‘i devorning buzuq yeridan sekin-gina ko‘tarilib maydong‘a mo‘raladi. Eshikning qulf va zanjiri bo‘lmay yuziga yopiq holda turg‘an bo‘lsa ham ul eshikka taqilmadi, mashaqqatlanib devorga mindi. Oy shom yeb yaxshig‘ina qorong‘i tushkan bo‘lsa ham maydon ichining daraxtsizligi uchun tikkaygan cho‘b ham ajraturliq edi. Maydonni kishidan xoli bilgach, sekingina devordan o‘zini maydonga oldi.


Maydon ikki tanob kenglikda bo‘lib, janubi qutidor va qo‘shnisining imoratlari orqasidan va boshqa uch jihati ham shunga o‘xshash binolardan iborat edi. Maydonga yozda nimadir ekilgan, chuqur-chuqur jo‘yaklar tortilg‘an va yer yomg‘ur bilan ivib, bo‘kib oyoq ko‘tarib bosishg‘a imkon bermas, har bir oyoq uzg‘anda uch chorak loy barobar ko‘tarilur edi. Qiynala-qiynala maydonning janubiga o‘tdi. Uning chap qo‘li tomonida bir uyning orqa devori bir bo‘yra eni kesib tushirilgan bo‘lib qorayib ko‘rinar edi. Ul bu kesilgan o‘rinni o‘tkan kun kechasi kelib ko‘rib ketkani uchun qaytadan qarab turmadi esa-da, lekin uning bu binog‘a iltifotsiz qarashi mumkin emas edi. Bu tegi kesilgan bino Kumushning o‘z uyi bo‘lib, bu uy ichida Otabekning saodatlik kunlarining shirin xotiralari saqlanar va shu daqiqada ham uning hayot tiragi bo‘lg‘an Kumushbibi o‘lturar edi. Otabek ko‘zini to‘ldirib binog‘a qaradi, go‘yo bu qarashda ul dunyo malaki bilan vidolashar edi. Uzoqqina binog‘a qarab olg‘ach, qo‘ynig‘a qo‘l solib bir qog‘oz oldi, xayol ichida qog‘ozning taxlarini tuzikladi-da, qaytarib yana qo‘ynig‘a tiqdi. Shundan so‘ng binog‘a yana bir ko‘z tashlag‘ach, maydonning kunbotarig‘a yurib, o‘n besh








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling