Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet141/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 139

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— O‘zi maydonmi, axir? Jannat:


— Maydon, qix.


Mutal:
— Yaqinida odam yo‘qmi? Jannat:

— Yo‘q, qix.


Mutal:
— Bali, mo‘ljalni olib bersalaring, ertadan boshlab qazig‘anim bo‘lsin. Homid, Sodiq:
— Bali, rahmat, polvon!
Majlisning so‘zi shu yerga yetkanda Otabek o‘rnidan turib yo‘lakka keldi. Eshik zanjiriga qo‘lini olib borg‘ani holda o‘ylanib to‘xtadi va eshikni ochmay orqasig‘a qaytdi. Xaroba uy orqaliq usta Alimnikiga chiqib ayvon yonida to‘xtadi, ularning xurrak va pishillashlariga qanoat hosil etkach, oyog‘ uchi bilan yo‘lakka o‘tdi va eshikni ochib chiqdi...


* * *

O‘z og‘zidan eshitkanimizdek Sodiq uni, Homidning ta’limoticha Qo‘qon darbozasidan chiqarib to karvonlarga qo‘shilib olg‘uncha ta’qib etib borgan edi. Otabek bu ta’qibni juda yaxshi sezganlikdan Sodiq yo‘lda qolg‘andan so‘ng ham yana bir bekat olding‘a borg‘an va ikkinchi bekatdan yo‘lni chaplab, Toshloq darbozasi orqaliq yana qaytib Marg‘ilong‘a kirgan edi.


Usta Farfining Homid va o‘zi to‘g‘rilaridag‘i mudhish hikoyasini eshitkach, Marg‘ilonda qolish va qayin otasining uyiga borib onglashish o‘rniga juda oshig‘ichliq bilan Marg‘ilondan jo‘nab ketkan bo‘lib ko‘rinishi albatta o‘rinsizga emas edi. Chunki Komilbek o‘ldirilgan bir kunda Homidning ko‘z o‘ngida qolishi, bilaturib, o‘z-o‘ziga qabr qazish, qabrg‘ina emas nomusni barbod berish va qotilliq ismini olib xalq oldida sharmanda bo‘lish bo‘lur edi, nuchukkim, biz yuqorida Sodiq og‘zidan eshitkanimizdek Homid bu tuhmatdan ham qaytmas va o‘z tuhmatini mahkama oldida mantiqiy ra-vishda isbot ham qila olur edi. Mana ul shu mudhish, boshqa tushmog‘i aniq turg‘an halokatning daf’i uchun Marg‘ilondan oshig‘ich chiqib jo‘nag‘an edi. Orqasidan qiling‘an ta’qibni payqashi esa avvalo bu uning bir mulohazasi bo‘lg‘an edi, ikkinchi, otini egarlar ekan, devordan o‘zig‘a qarag‘an bosh bilan bu mulohazasini chinga chiqishini bilgan edi. Uchunchi, ko‘chada usta Alim bilan xayrlashar ekan, qo‘shnining yo‘lagida ko‘ringan kishi ko‘lagasi yana ta’qib etilishini ta’kidlagan edi.


Marg‘ilondan ikkinchi bekatka qo‘nib, choyxonada bir-ikki choydish choy ichib uzoq o‘ylag‘an va Marg‘i-long‘a qaytish quruq tuhmatka qolish bilan farqsiz ekanligini yana bir qat tushungan edi esa-da, Homidni maydonda muzaffar holda qoldirib ketishni hech bir turlik yuragiga sig‘dira olmag‘an, g‘ayri rasmiy yashirinib bo‘lsa ham Marg‘ilonda turishka va turib Homidning mundan so‘nggi rejalarini o‘rganishka va shunga qarab kurash boshlashg‘a qaror bergan, shom bilan asr orala-rida Marg‘ilong‘a kirgan edi. Kelib birinchi kelishida tushkan saroyga joylashqan va joylashib tinchiy olmag‘an, ya’ni ta’qibini bu kundanoq boshlashg‘a qaror bergan. Homidning yomonliq korxonasi usta Alimning qo‘shnisinikida bo‘lg‘anlig‘i uchun hech bir taraddudsiz yo‘lni to‘g‘rilab Sodiqnikiga solg‘an ediki, biz mundan keyingi gaplarni yuqorida ko‘rib o‘tdik.


Usta Alimning eshigini ochib chiqg‘ach, Sodiqning yo‘lagiga quloq solib g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir kelgan tovushni eshitdi va sekin-sekin yo‘lg‘a tushdi.






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling