Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet155/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 153

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



Qutidor uyalish va o‘kinish orasida:


— Jaholat kelsa, aql qochadir, qizim, — deb qo‘ydi.
Oftob oyim bilan qutidor Homidning iblisona ishla-riga «tavba-tavba» deb muqobala qilsalar ham, ammo Otabekning favqulodda yurakini so‘z orasida «baraka topkur, umring uzoq bo‘lg‘ur» bilan qarshi olar edilar. Kumushbibi esa butunlay boshqa qayg‘uda edi. Eru xotinning so‘zlari Otabekning Toshkandga ketib qolishi to‘g‘risig‘a kelib taqaldi-da, Oftob oyim Kumushdan so‘radi:

— Senga kelishidan aytkanmi?


Kumushbibi siltalash nazari bilan ularga qaradi va keskin ohangda javob berdi.

— Aytmagan!


Eru xotin ma’nolik qilib bir-birlariga qarashib olg‘ach, orada uzoqqina sukut boshlandi.
Kumush quti-dorg‘a savol nazari bilan bir-ikki qayta qarab ham qo‘ydi.
— Kelib qolsa yaxshi, — dedi nihoyat qutidor, — kelmasa, Toshkandga o‘zimiz tushamiz-da, — deb xo-tinig‘a qaradi.

Bu so‘z Oftob oyimg‘a yoqmag‘anliqdan yuzini chetka burdi. Ammo Kumush otasidan rozi qolib, onasig‘a qaradi.


— Qizing har qaysi yerda bo‘lsa ham sog‘ bo‘lsin, — dedi xotinig‘a qutidor. — Eriga topshirib, sen bilan manim tinchkina duo qilib o‘lturganimiz ma’qul o‘x-shaydir.


— Endi qizingizning bir kami kundash balosi edimi?— dedi sapchib Oftob oyim. Qutidor xotinig‘a kulib qaradi:


— Eri yaxshi bo‘lsa, kundash balosi nima degan gap?


— Eri ming yaxshi bo‘lsin, baribir kundash kundashligini qila beradir. Mashoyixlar bilmasdan «kundash» demaganlar.

Qutidor qizig‘a qarab kuldi va xotinini yupatdi:


— Hamma vaqtga emas, qo‘rqma.


— Menga qolsa bir kunni ham ko‘b ko‘raman, kundash bilan kechirilgan kun — kunmi?
— Kuyavingning shuncha qilg‘an jonbozlig‘ini unutdingmi?
— Nega unutay, — dedi Oftob oyim. — Kelsin. Mana bosh usti, bolam bir emas ikki. Uldurki, qizimni kundash ustiga yuborishg‘a tish-tirnog‘im bilan qarshiman.

— Besh-olti kunga ham-a?


— Necha kunga?
— Menga qolsa bitta-ikkita bolaliq bo‘lg‘uncha tur-sin, deyar edim. Sen bunga ko‘nmasang, bir-ikki oy turib kelsin, loaqal. Bir yigit qizingni deb ikki yillab sarson bo‘lg‘anda qizingni ikki oylik kundash azobidan hayf ko‘rish juda uyat, axir!

Qutidor «bitta-ikkita bolaliq» so‘zini aytkanda Kumush qizarinib yerga qarag‘an edi. Oftob oyim eri-ning keyingi so‘zi bilan anchagina bo‘shashdi:


— Bir oydan ortiqqa men rozi emasman, shunda ham kuyavimning yaxshilig‘i uchun,


— dedi.
— Ana endi o‘zingga kelding, xotin.

— O‘zimga kelsam-kelmasam shartim haligi, shunda ham o‘zim birga borib kelaman.


— Albatta, o‘zing birga borasan, qudalaring bilan tanishmog‘ing ham zarur.
— Qachon yubormoqchi bo‘lasiz endi? — deb so‘radi Oftob oyim. Qutidor bir oz o‘ylab olg‘ach, Kumushka qarab javob berdi:

— Otabek bilan ketma-ket chopishmog‘imiz ham uncha ma’qul ko‘rinmaydir. Undan so‘ng qish kuni arava safari ham qulay ish emas. Shuning uchun oradag‘i uch oy qishni o‘tkazib jo‘narmiz, — dedi. Kumushning uch oy muddatni eshitgach, juda ham hurpayib ketkani uchun bo‘lsa kerak, — balki o‘zi ham birar oylarda kelib qolar, — degan so‘zni-da qo‘shib qo‘ydi.







www.ziyouz.com kutubxonasi 154

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling