Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
15. ESINI KIRGIZDI
«Kundashlik uyda kunda janjal» deganlar. Albatta buni aytkuchi kishi o‘ylamasdan va bilmasdan aytmagandir. Jilla, har kuni janjal bo‘lmag‘anda ham haftada, o‘n kunda bir to‘polon chiqmasa albatta kundashni kundash, deb bo‘lmas. Nega desangiz, bizning ba’zi bir kundashsiz, chiqitsiz oilalarda ham ikki, uch kunda tovoq-qoshiq sinib, tog‘ora yangilanganini har qaysimiz bila-miz, bas, endi kundashlik oilalarimizga kelganda-chi, albatta yuqoridag‘i — «kundashlik uyda kunda janjal» maqolini to‘g‘rig‘a, chinga chiqarmasdan chora yo‘q. Men — yozg‘uchi, «O‘tkan kunlar» hikoyalarini otam marhumdan necha qaytalab eshitsam ham zerikmas edim, faqat bir joyigina meni zeriktirar edi. Bu kun men shu «O‘tkan kunlar»ni qalamga olganimda ham o‘sha o‘zimni zeriktirgan faslini tashlab o‘tishka majbur bo‘ldim. Darhaqiqat, o‘z oramizda kundash janjalini kim bilmasin? Arzimagan gap ustida dunyo buzg‘an kundash to‘polonlari kimning qulog‘ig‘a yoqsin? O‘qug‘uchining qimmatlik vaqtini ayag‘animdek, qalamni ham bu g‘idi-bididan ozod qilishni muvofiq ko‘rdim. Meni kechirsinlar. Zaynab xafaligi oshqan kezlarda qarindosh-urug‘lari-nikiga yurib chigilini yeshar edi. Uch-to‘rt oyning ichida ikki martaba egachisi Xushro‘ynikida ham mehmon bo‘lib ketdi. Ammo hozirgisi uchunchi martaba kelishi edi. — Nuchuk xudo yarlaqadi! — deb Xushro‘y singlisini qarshiladi. Sunbula oyining mo‘’tadil havosiga qaramasdan Zaynab marjon-marjon terlagan edi. — Nega muncha o‘zingni oldirib qo‘yding, Zaynab! Uyingdan tinchmisan, ering eson-omon yuriptimi? — Qurib ketsin, — dedi Zaynab va ko‘ziga yosh oldi. Xushro‘y achinish o‘rniga kuldi. www.ziyouz.com kutubxonasi 208 O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Kel, ayvong‘a chiq, — dedi, — oyimnikida eding-mi? — Yo‘q. — Uyingdan keldingmi? — Ha. Xushro‘y singlisini o‘tqazib cho‘risiga choy buyurdi. Fotihadan keyin «pochcham eson, omonmilar?» deb so‘rag‘uchi singlisiga: — Pochchang o‘lsin! — dedi achchig‘lanib Xush-ro‘y,— Najmiddinbek deganning dalasiga ketkan edi. To‘rt kundan beri dovu daraksiz, o‘ldimi, qoldimi — bilmayman. Zaynab uch-to‘rt oyning ichida kishi tanimasliq holga tushkan edi. Ilgarigi to‘lalig‘ining yarmisini yo‘qotqanidek tusiga qarimsiqlik kirgan, ko‘z harakatida ham bir besaranjomliq zohir va bularning ustiga har qachon unda ko‘rilgan «og‘irliq» o‘rniga asabiylikka yaqin bir vaziyat o‘lturg‘andek edi. Zaynab egachisining haligi gapiga rizosizliq bildirdi: — Noshukur ekansiz, opa, — dedi, — pochchamdan nolishingiz yaxshi emas, sizning ham boshingizg‘a manim kunimni solsa nima qilar edingiz? — Men ham Zaynab bo‘lsam, albatta solar edi, — deb kuldi Xushro‘y, — menga qolsa har kim o‘z nafsiga yaxshiliq yoki yomonliqni o‘zi hozirlaydir... — Tavba deng, opa. — Men shu choqg‘acha, — dedi Xushro‘y, — bandasiga bosh egishni va bandasi oldida tavba qilishni or bildim va orlanishim orqasida har kimning ustida yurdim... — Katta gapirmang. — Katta gapirsam va gapirmasam, — dedi Xushro‘y,— manim fe’lim har kimga ma’lum va hammadan ham senga ochiq... Qo‘ychi bu gaplarni, o‘zing tinchmisan? — Tinchligim qursin... — Aytsang, aytmasang, — dedi opasi, — albatta tinchliging qurig‘an. — Quritg‘an qurisin... — Sening tinchlig‘ingni hech kim quritg‘an emas, Zaynab! Hamma jabrni o‘zing-o‘zingga qilayapsan! — Hamisha shu gapni aytib qolg‘ansiz,— deb o‘pkaladi Zaynab,— dunyoda kim o‘ziga jabrni xohlaydir? — Sen va senga o‘xshag‘anlar. — Xudo urar... — Aytsang, aytmasang xudo urib qo‘yipti. — Shunday kunlarga men qolay dedimmi? — Degansan! Zaynab opasining istehzolik yuziga qaradi va uning nima demakchi bo‘lg‘anig‘a tushunolmadi: — Degan bo‘lsam ayting... — Sen manim qanday qilib erga tekkanimni bilasanmi? — Bilaman... — Bilsang bilganingcha tur, — dedi Xushro‘y, — endi kelaylik sening erga tegishingga: albatta tona olmassan, sening er qilishda tariqcha ixtiyoring va rizolig‘ing yo‘q edi, ehtimolki ixtiyor nima, orzu nima o‘zing ham payqamas eding. Balki ixtiyor va orzularing ham bo‘lg‘andir — biroq uni hech kim maydonda ko‘rmas edi. Shuning uchun tizgining oying bilan dadangning qo‘lida, boshqacha aytkanda ularning tuyaga ortqan yuki, kimga sotsa, qayerg‘a jo‘natsa ixtiyorsiz eding... Yodingda bormi, nikoh kunim men kulib, chaqchaqlab aravaga mindim, sen bo‘lsang, uydan yig‘lab chiqding va eringnikiga yig‘lab bording... Yaxshi, ering senga yoqdi, ammo ering faqat senga yoqqan bilan ish bitmasligini yana xotiringga keltirmading. Ering seni tashlab qo‘ydi, sen churq etmading, istiqboling to‘g‘risida o‘ylamading... Faqat g‘alvir suvdan ko‘tarilgandan so‘nggina, sen |
ma'muriyatiga murojaat qiling