Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet25/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 24

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



judoliqqa sira toqatim yo‘qdir... Mana shu ta-rafni yengilroq o‘ylag‘anga o‘xshadingiz, jonim.


— So‘zlaring to‘g‘ri, xotin, — dedi o‘ylab qutidor, — lekin taqdir bitkandanmi, nimadan bo‘lsa ham bu yigitka qarshi ko‘nglim jizillab turadir. Bu fikrim senga ma’qul tushadimi, yo‘qmi, har holda biz endi uzoq o‘ylashib o‘lturmayliq-da, o‘z xohishimizcha qilib javob beraylik: masalan, sovchilarg‘a rizolig‘imizni bildirib, ammo Kumushni Marg‘ilondan olib ketmaslikni shart qilaylik. Agar shartimizni qabul qilsalar yolg‘iz bolamiz ikki bo‘lib — ayni bizning muddaomiz; yo‘q, qabul qilmasalar ul vaqtda kinalari o‘zlaridan bo‘lsin, mana bu maslahatka nima deysan, xotin?


— Musofirlig‘i?


— Biz ta’nani kuyav qilmaymiz, — dedi qutidor, — bizga chin yigit kerak, xalq «musofirga berdi» deb so‘z qilsa — qilsin.

Oftob oyim eridagi maylni boshdayoq payqagan edi, shuning uchun tilar-tilamas «o‘zingiz bilasiz» javobini berdi. Javobni olib qutidor sovchilar oldig‘a chiqdi va ma’lum shartni ularga e’lon qildi. Bu shartni Otabek ismidan Ziyo shohichi qabul etib qutidorni Otabekdek bir yigitni kuyav qilishi bilan tabrikladi va shu takallufsiz sovchilik ila umr savdosi bitkan hisoblandi. Ikki yosh-ning muhabbatlik, uvalik-juvalik bo‘lishlarig‘a duo qi-ling‘ach sovchilarg‘a zarrin to‘nlar kiydirildi. Hasanali qutidorga o‘zining minnatdorchiligini aytib tugata olmas, so‘z oralarida uni duolar bilan g‘arq etmakda edi.


— To‘nlar muborak bo‘lsin!


— Sizga kuyav o‘g‘ul muborak bo‘lsin!
Qutidor ixlos va samimiyat bilan:
— Qutlug‘ bo‘lsin! — dedi.
9. QARSHILASH

Bu kungi kutilmagan tun Hasanali otani gangitkan, uning keksa ko‘zlari uyqu bilan tamom chaplashib olg‘an edilar. Ul bu xabarni ertaga ertalab qaysi yo‘sun bilan bekka bildirish yo‘llarini o‘ylar edi. Bu favqulodda so‘yinch xabarni bekning qaysi yo‘sunda qarshilashini o‘ylar edi. Bu xabarni eshitish bilan Otabekda ko‘riladirgan o‘zgarishlarni, hollarni, harakatlarni... barchasini birma-bir ko‘nglidan kechirar edi. Bu gapni eshitgach, haftalab hujra ichidan chiqmay yotqan bekni ko‘chalarda, bozorlarda, qutidor uylarida shodlanib, ruhlanib yurganini ko‘rar edi. Bu o‘ylarni tugatkandan keyin uning ko‘zlari uyqu sari yumila boshlab, qarshisig‘a Otabek kelib to‘xtar edi: «Ota, men sizning bu qilg‘an yaxshilig‘ingizni sira unutmasman» deb minnatdorlik qilg‘andek bo‘lar edi. Hasanali uyg‘onib ketar va qaytadan shu to‘g‘rida o‘ylab boshlar edi: «Bechora. Suyganing to‘g‘risida o‘ylay-o‘ylay boshlaring og‘rib, ohlar tortib yotadirgandirsan...


Yordamching yo‘qlig‘i-dan umiding kesilib, hasratingni kimga aytishni bilmay-dirg‘andirsan. Qayg‘irma begim. Hasanali otang u to‘g‘rida ham seni yodidan chiqarmadi... Bu kecha se-ning qayg‘uliq kechalaringning eng keyingisi va oydinliq ham she’riyatlik tunlaringning arafasidir, begim».


Hasanalining ko‘zlari tag‘in uyqug‘a ketar, qarshisig‘a Otabek bilan ko‘hlik, ko‘rkam bir qiz kelib chiqar va ikkisi unga qarab iljayishar edilar: «Bizning chin otamizsiz» degandek bo‘lar edilar. Hasanalining yana uyqusi qochar edi. Yoshim oltmish to‘rtka yetdi, o‘g‘ul-qizim bo‘lmadi... Dunyodan charog‘chisiz boraman... Darvoqi’ Otabek menga o‘g‘ulliq qilmasmi, xotini menga qiz bo‘lmasmi, ularning bolalari meni «bobo» deb ketimdan yugurmasmikinlar? Tuproq ostlarida unutilib yotqan kezlarimda: «Bir vaqt








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling