Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet22/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

8. QUTLUG‘ BO‘LSIN!

...Ziyo shohichining kulib aytkan so‘zlariga qutidor sira ham tushunmas va kutilmagan mehmonlarning ke-lish sababini so‘ramoqdan iymanar edi.


— Olovni qo‘yaturib, qudalarga dasturxon olib chiqingiz.


Ziyo shohichining bu kulguligidan so‘ng qutidor tanchaga olov qalashni qo‘yib dasturxon buyurish uchun ichkariga qo‘zg‘aldi. Uning ketidan Hasanali: «Taqdir bitkan bo‘lsin-da», — deb qo‘yg‘an edi, shohichi qat’iy qilib: «Inshooloh bitar, shundog‘ yigitni kuyavlikka qabul qilmag‘an bir kishini biz odamg‘a sanamaymiz» — dedi.

Qutidor qaytib chiqdi... Ziyo aka bilan Hasanali ma’noliq qilib bir-birlariga qarashib olmoqda edilar. Qutidor, ayniqsa Ziyo akaning og‘zini poylab, ko‘ngli chaqirilmag‘an mehmonlardan tushunmog‘i qiyin bo‘lg‘an bir ma’noni sezmakda edi. Oradagi so‘zsizlik uzoqqa cho‘zilabergach, qutidor Hasanalidan so‘radi:


— Bek salomatmi?


Ziyo aka so‘z o‘nqovi kelganini payqab Hasanalining jim turishiga ishorat qildi va o‘zi javob berdi:

— Bizning sizga chaqirilmag‘an mehmon bo‘lishimiz ham Otabekning sog‘lig‘i uchundir.


Qutidor bu javobdan bir narsa tushunolmadi va shu-ning uchun qaytalab so‘radi:


— Otabek sog‘mi?
Bu kungacha Otabek salomat, — dedi Ziyo aka salmoqlab, — ammo bekning mundan keyingi sog‘lig‘i sizning qo‘lingizda qolg‘ang‘a o‘xshaydir.

Qutidor yana tushunolmay taajjub bilan mehmon-larga qarab oldi.


— Tushunolmadim...

— Ya’ni Otabek bu kungacha salomat, — dedi Ziyo aka yana. — Ammo mundan keyingi sog‘lig‘i sizning qo‘lingizda...


— Menim qo‘limda?


— Sizning ixtiyoringizda.
— Otabek kabi bir yigitning sog‘lig‘i har bir aqlli kishi uchun maqsad bo‘lsa ham, — dedi taajjub bilan qutidor,— lekin so‘zingizning shunisi qiziqdirkim, bir yigitning sog‘lig‘i ikkinchi bir kishining ixtiyorida bo‘lsin.

Ziyo aka boyag‘i vaziyatini buzmadi:


— Ajablanmangiz, o‘rtoq, — dedi, — bekning mundan keyingi sog‘lig‘i sizning ixtiyoringizda; bu o‘yin emas — to‘g‘ri gap.

Qutidor to‘sindan muddaoning kim va nima to‘g‘ri-sida bo‘lg‘anlig‘ini payqab qoldi va o‘zida bir turlik o‘ngg‘aysizlik sezdi. Ziyo aka To‘ybekaning yozgan dasturxonini tuzatib, kulchalarni sindirdi. Hasanali bilan qutidorni nong‘a taklif qilib o‘zi maqsadni ochiqroq onglatmoqchi bo‘ldi:


— Muhabbat degan narsa juda oz kishilarga nasib bo‘ladirg‘an bir durri bebahodir, — dedi Ziyo aka. — Qadrdoningiz Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek — bir necha kunlardan buyon pinhoniy bir dard bilan og‘rir edi. Ko‘rinishda uning quli, ammo haqiqatda Otabekning ma’naviy padari bo‘lg‘an Hasanali ota uning maxfiy dardining asli omilini izlaydir, bekning o‘zi bo‘lsa o‘z holi to‘g‘risida hech narsa sezdirmay dardin yashiradir. Shundog‘ qilib xo‘jasiga ixloslik Hasanalining tajribalik kuzatishidan bekning maxfiy dardi uzoqqa qocholmay natijada sir ochiladir... Shari’at ishiga sharm yo‘q, deydirlar o‘rtoq, agarchi siz bilan menga bir muncha og‘irroq bo‘lsa ham yana so‘zlab o‘tishga hojat bor: kunlardan bir kun taqdir shamoli yuradir-da bir kimsa-ning iffat pardasi ostida o‘lturgan qizining yuzidagi niqobini ko‘tarib ikkinchi tomondan bizning Otabekni shu afifaga








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling