Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. MAJBURIYAT
www.ziyouz.com kutubxonasi 18
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy «Siz omon bo‘lib osoyish o‘ltirsangiz, qipchoqqa yo‘l bermaymiz, taqsir! Qo‘rg‘on tuzatishka fotiha beringiz, taqsir!» Azizbek fotiha berdi. Xalq urush hozirlig‘ig‘a kirishdi. Ana, o‘g‘lim, bizning xalqning holiga yig‘lashni ham bilmaysan, kulishni ham! Har holda Toshkand ustiga yana qonliq bulutlar chiqdi, ishning oxiri nima bilan tinchlanar— bu bir xudog‘ag‘ina ma’lumdir. Boshqa so‘zlardan ham ortiqroq esingga shuni solib o‘tayki, siyosat to‘g‘rila-rida o‘ylanibroq so‘zla! Arzimagan sabablar bilan talaf bo‘lgan jonlarni hamisha ko‘z oldingda tut! Sen bilan manim ko‘ngillari-mizdagi yaratg‘uchig‘ag‘ina ma’lum bo‘lib, ammo Farg‘onada meni Azizbekning sherikidir, deb o‘ylashlari va seni bir fitnachining o‘g‘li, deb tanishlari ehtimoldan yiroq emasdir, shu jihatlarni mulohaza qilib oyog‘ bos! Bu tinchsizlik vaqtida sen bilan manim hayotimizning tahlika ostida bo‘lg‘anlig‘ini unutma! Shuni ham aytib qo‘yayki, bu tinchliksiz bosilmag‘uncha Toshkandga kelmasliging maslahatdir. Toshkand tinchlangandan keyin (agar salomat bo‘lsam) o‘zim xabar yuborurman. Munda barcha yoru do‘st salomat, mendan Hasanaliga salom ayt! Addoi otang Yusufbek hoji. Toshkand, 27-dalv oyida 1264-yilda yozildi». Otabek maktubni tugatib, tushunmay o‘tkan jumlalarini qayta ko‘zdan kechirar ekan, Azizbek voqi’asi ustiga kelganda ixtiyorsiz «tulki» deb yubordi. «...bosilmag‘uncha Toshkandka kelmasliging masla-hatdir!» — bu jumlani o‘qug‘anda, — undog‘ bo‘lsa sira tinchimangiz, — dedi-da, yovoshg‘ina iljayib qo‘ydi... 7. MAJBURIYAT Qo‘qondan har kun deyarlik xabarlar kelib turar edi. «Qo‘qon sipohi tomonidan Toshkand o‘raldi» degan xabarga endi o‘n besh kunlab vaqt o‘tgan edi. Ammo hanuz — «Toshkand olindi» degan gap yo‘q edi. Kechadan beri kishilar og‘zida: «Normuhammad qushbegi yaralangan, Qo‘qon yigitidan bir yarim mingi qirilgan» degan xabar yurib ketdi. Chamasi, Azizbek osonliq bilan jon beradigan ko‘rinmaydir. Anovi yarasining ustiga Toshkand foji’asi kelib qo‘shilg‘ach, Otabek tag‘in ham xayolchanlangan, tag‘in ham xomushligini ortdirgan edi. Hatto ba’zi kunlar hujrasidan tashqarig‘a chiqmas, kishilar bilan so‘zlashmas, boshqacha aytkanda kundan-kunga go‘shanishinlikka yaqinlashib borar edi. Bu kun ertalabki choydan so‘ng Hasanali kechagi fikrini chinlab amalga oshirmoqchi bo‘ldi. Chunki Otabekdagi o‘zgarish — kundan-kunga rangining siniqib borishi, hujradan chetka chiqmasligi, xomushligi va boshqalar Hasanalini yaxshig‘ina qo‘rquvg‘a solg‘an, o‘zining faqat tomoshachig‘ina bo‘lib yurishidan rizosiz-langan edi. Durust, ul Otabekning muhabbatiga voqif bo‘lg‘anidan beri bir daqiqa ham uni o‘zining ko‘z o‘ngidan uzoq tutmag‘an: mahbubasi kim, kimning qizi, birar ebini qilsa mumkinmi? — Mana shuningdek masalalarni tekshirib, bilib ham o‘ylab kelgan edi. Ammo bu to‘g‘rida Otabekning ko‘magiga chinlab bel bog‘lashdan uni ba’zi ehtimollar to‘xtatib: «Otabek yosh, yoshlar muhabbati uchar qush, balki, bu kun-erta unutib ham yuborar» kabi mulohazalarda bo‘ling‘an edi. Nihoyat, Otabekdagi o‘ychanliq va o‘zgacha hollarning kundan-kunga kuchayib borishi Hasanali haligi mulohazadan voz kechdirib, boshqa yo‘sunlarni qaratmoqqa majbur etdi. Garchi uning qarori bir nuqta ustida to‘xtag‘an bo‘lsa ham shu holda tinib turmadi, yana yuz turlik boshqacha yo‘sunlarni o‘yladi, ming turlik xayollarga borib qaytdi, ammo ularning bittasini ham Otabek og‘rig‘ig‘a em deb topmadi va nihoyat: |
ma'muriyatiga murojaat qiling