Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 19
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Ko‘ray-chi, qadamim muborak bo‘larmikin, — deb qo‘ydi. Kechlik oshni o‘tkazgach, Hasanali o‘z hujrasidan kiyinib chiqdi-da Otabek yonig‘a kirdi. Otabek «Boburnoma» mutolaasi bilan mashg‘ul edi. Ba’zi bir ehtimollarga qarshi o‘zining niyatini bildirmay: — Menda yumishingiz yo‘qmi, bek? — deb so‘radi Hasanali. — Hammomga bormoqchi edim... Otabek ko‘zini kitobdan uzmay javob berdi: — Yumishim yo‘q, boraveringiz. Hasanali chiqdi. Qosh qorayib, qorong‘u tushayoz-g‘an edi. Havo bulut, achchig‘, sovuq yel to‘rt to-mong‘a yugurar, onda-sonda qor uchqunlarini quvlab ziriqtirar edi. Eruv vaqtida yarim beldan loy kechishka to‘g‘ri keladigan ko‘chalarning loyi qatqaloqlang‘an, shuning uchun yurguchi qiynalmas, aksincha ola-chalpoq qor pag‘alarini bosishdan vujudga kelgan oyoq ostidag‘i «g‘arch-g‘urch» tovushlari kishiga bir turlik kayf, musiqaviy yengillik berar edilar. Do‘konlar yopiq bo‘lsalar ham choyxonalar ochiq, kishilar o‘rtaga gulxan solib, choyxonachining bachchasini gohi o‘zlariga xon ko‘tarib va gohi «xon qizi» deb ham qo‘yadirlar. Xon saylag‘uchilar orasida yosh yigitlar bor bo‘lg‘anidek, katta sallalik mullanamolar, yetmish yoshliq keksalar ham ko‘rinadirlar... Qish kechalari juda uzun, shuning uchun choyxonalar obod; xalq lazzatlanib bachchaning tabarruklangan choyini ichadir, husniga tamosho qilib xudoning qudratiga hayron qoladilar... Hasanali Ziyo shohichining tashqarisig‘a kelib kirdi-da, mehmonxona darichasiga qaradi. Daricha tirqishidan ko‘rilgan yorug‘liq mehmonxonada kishi borliqni bildirar edi. Hasanali tuzatinib oldi va ichkariga kirdi. Ziyo shohichi namoz o‘qumoqda bo‘lib, mehmonxona chet kishidan xoli edi. Bu tasodufdan Hasanali so‘yindi va Ziyo akaning namozni bitirishini kutib o‘lturdi. Ziyo shohichi yonig‘a salom berib joynamozdan orqasiga qarab qo‘ydi. Fotihaga qo‘l ko‘tardi. Fotihadan so‘ng kelib Hasanali bilan so‘rashdi: — Keling ota, tinchlikmi? — Shukur, tinchlik. Tancha tevaragiga ulturishdilar. Bir muncha vaqt so‘zsiz edilar. Ziyo shohichi bu vaqtsiz tashrifka tushuna olmay «nima qilib yurasan?» degandek etib, bir necha qayta Hasanaliga qarab oldi. — Ajablanmangiz, boy aka, kelishimda bir majbu-riyat bor. — Sizni Otabek yubordimi? — Yo‘q, o‘zim keldim, boy aka. Ziyo shohichi yana tushuna olmadi. To‘g‘risi ham Hasanalining bu kelishi Ziyo aka uchun yot bir ish edi. Chunki, Hasanali Otabekning quli. Qullar bilan jiddiy muomalada bo‘linmoq, ayniqsa Ziyo shohichilardek odamlarg‘a favqulodda bir ish. Buning ustiga majburiyat ostida o‘zicha kelishi... Ziyo akaning boshi qotib oxirda so‘radi: — Majburiyatingiz? Hasanali kulimsirab oldi: — Majburiyatimni eshitsangiz, balki ishonmassiz. — Xo‘sh. — O‘zingizga ma’lumki, — dedi tuzuklanib Hasan-ali, — Marg‘ilon kelganimizga yigirma besh kun, bir oylar chamasi fursat o‘tdi. Shundan beri Otabek dard-mand. Ziyo aka ajablangan edi: — Qanday dardmandlik, Otabek sog‘-ku? |
ma'muriyatiga murojaat qiling