Chumolilar


Download 33 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi33 Kb.
#1006539
Bog'liq
diktant.3 sinf


Chumolilar
Erta tongda amakim bilan o’rmon sari yo’l oldik. Chumolilar yashaydigan tepalikka yaqinlashdik. Amakim durbinini olib, chumolilar uyasiga yaqinroq joydagi to’nkaga o’tirib, uni kuzata boshladi. Amakim beozor, hamjihat chumolilarni yaxshi ko’rganidan ularning uylarini qo’riqlab o’tirardi. Bunday paytda u kishidan chumolilar hayoti, kurashi va ular o’rtasidagi mehnat taqsimoti haqida ko’p narsalarni bilib oldim.

(51ta so`z)


Bahorda
Havo bulut bo’ldi. Qattiq shamol turdi. Yirik yomg’ir tomchilari tusha boshladi. Kuchli momaqaldiroq bo’ldi. Ketma – ket chaqmoq chaqdi. Uning egri – bugri shakli yaqqol ko’rindi. Birozdan so’ng bulut tarqalib quyosh ko’rindi. Bahorgi yomg’irdan so’ng, tabiat juda go’zal bo’ladi.


Yaqinda onalarimiz bayrami bo’ladi. Biz bu bayramni yaxshi kutib olmoqchimiz. Har birimiz buvimizga, onamizgaopa – singillarimizga sovg’a tayyorlayapmiz
(55 ta so’z)

Qish keldi


Mana qish ham keldi.Ariqlarda suv muzladi.Hammayoqni oppoq qor qopladi.Uyning tomlari ham oppoq bo`ldi. Bolalar palto va qo`lqop kiyib qorda o`ynadilar.Abbos bilan Malikning yangi chanasi bor.Ular yalanglik chetidagi oppoq tepalikdan mazza qilib chanada uchadilar.Malik juda saxiy bola.U chanasini o`rtoqlari bilan uchadi.
50 ta so`z

Erta bahor tongi


Ertalab tichlik va osoyishtalik hukm suradi.Osmonda bulut ko`rinmaydi.Quyosh nuri dala va bog`larga asta tarqala boshlaydi.Daraxt shoxlarida hali barg yo`q.Ayrim daraxtlarda faqat kurtak ko`zga tashlanadi.Uzoq yaqindan turli qushlarning sayrashi eshitilib turadi.Havo yoqimli,xushbo`y va toza.U kishiga huzur bag`ishlaydi.Erta bahor tongi yoqimli.
52 ta so`z

Mehnat darsida


O`qituvchimiz Ra`no Sultonovna mehnat darsida bizga gul tikishni o`rgatdilar.U oq matoga atirgul va binafsha rasmlarini qalamda chizib berdi.Ninaga ip o`tkazishni kim tez bajarishini kuzatdi.Munavvar birinchi bo`lib ipni ninaga o`tkazdi.Ra`no Sultonovna oldin odmi iplarni,keyin och rangli iplarni ishlatishni tushuntirdi.Biz mehnat darsida matoga gul tikishni o`rgandik.
52 ta so`z
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling