Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet17/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 16

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun gilosning yonidan o‘tarmanmi, allakim baloga turtinib ketdim. Qo‘rqqanimdan oz qoldiki, dodlab yuborsam... Chamasi mehmonlarg‘a qarab turg‘an ekan.


— Kimbalo ekan?


— Qorong‘uda yaxshi ajratolmadim, tusini g‘ira-shira anovi qora Homidg‘a o‘xshatdim. Tag‘i umi-boshqami— xudo bilsin, shatir-shutir qildi-da, chiqib ketdi.


* * *

Qutidor mehmonlarni jo‘natib yotish uchun yeshinar ekan, Oftob oyim so‘radi:


Chiroylik yigit, aqllik yigit, deb maxtiy-maxtiy To‘ybekaning ichagi uzildi, u kim edi?
— Mehmonimiz o‘sha edi, — dedi qutidor, — toshkandlik Yusufbek hoji otlig‘ yaqin oshnamning o‘g‘li.
— To‘ybekaning maxtag‘anicha bormi, o‘zi?
— Bor, — dedi qutidor va g‘italandi, — xudo kishiga o‘g‘il bersa shundayini bersin-da. Oftob oyim kula-kula To‘ybekaning Otabek to‘g‘ri-sida so‘zlagan gaplarini va Kumush

bilan bo‘lg‘an mojarosini so‘zlab chiqdi. Qutidor ham kulgidan o‘zini to‘xtatolmas ekan:


— Tentagingning aqli balo, kiroyi kuyaving shundog‘ bo‘lsa, — dedi.
6. TOSHKAND USTIDA QONLIQ BULUTLAR

Bu kunlarda Marg‘ilonda shunday xabar chiqib qoldi. «Toshkand hokimi bo‘lg‘an Azizbek Qo‘qong‘a qarshi bosh ko‘targan. Xon tomonidan xiroj (zakot, soliq) uchun yuborilg‘an devon beklarini o‘ldirgan!» Ikkinchi kun bu xabar tag‘i ham boshqacha to‘n kiydi: «Musulmonqul Normuhammad qushbegiga besh ming sipoh qo‘shib, Toshkand ustiga jo‘natqan!»


Bu xabarlar xalq tomonidan juda oddiy, ortiqcha sovuqqonliq bilan qarshi olindilar. Bu voqi’aga hech kim ajabsinmadi va bunda favquloddaliq ko‘rmadi. Xalq bunga haqli edi, chunki, bunday tinchsizliklarni endi ko‘ra-ko‘ra juda ham o‘rganib qolg‘an, bu kun bo‘lmasa ertaga o‘zining botir boshisining, oftobachasining, xullas, kim bo‘lsa ham beklaridan birining shunday tinchsizlik chiqarishig‘a «mumkin va bo‘ladirg‘an ish» deb qarar edi. Ammo biz Otabekni bu to‘g‘rida xalq bilan birgalashtira olmaymiz. Chunki ul bu xabarga sovuqqonliq bilan qaray olmas edi va qaray olmadi. Bu xabarni eshitar ekan, yeb turgani og‘zida, yutkani bo‘g‘zida qoldi: bunday o‘zboshimchalik orqasidan o‘zining ochiq ko‘zi, o‘tkir zehni orqaliq mudhish, falokatlik manzaralar ko‘rar, millatini — xalqini


— musulmonini qo‘rqunch jar, tegsiz jahannam yoqasida, yiqilish oldida topar edi-da, seskanib «o‘zing saqla tangrim!» der edi. Bu xabarni eshitkandan so‘ng gangib esini yo‘qotdi. Yarasi yangilandi:


— Oq bilan qorani ajratolmag‘an fuqaroning bir necha g‘arazgo‘ mustabidlar kayfi yo‘lida bir-birisining qonig‘a tashna bo‘lishlari va natijada istiqbolning vahim ko‘rinishlari!


Shunday qayg‘ular ichida bo‘kib o‘lturar ekan, Hasanali qo‘lida bir maktub bilan hujraga kirdi. Maktubni Otabekka uzatib — «Toshkanddan emish, otangizdan bo‘lsa kerak» dedi. Otabek xatni ochdi: katta qog‘ozda, yo‘g‘on qalam bilan yozilg‘an uzun bir maktub edi. O‘qudi (aynan):


«Huvalboriy ...ko‘zimizning nuri, belimizning quvvati, hayotimizning mevasi o‘g‘limiz mulla Otabekka yetib ma’lum va ravshan bo‘lg‘aykim, alhamdulilloh biz duogo‘y padaringiz, mushtipar onangiz va yaqin do‘stlaringiz munda Xaq taoloning hifzi himoyatida sihhat va salomat bo‘lib ko‘z nurimizning duoyi jonini subhi shom, balki






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling