Chet tillarini zamonaviy usulda o’qitishning 3ta usullar
Download 33 Kb.
|
CHET TILLARINI ZAMONAVIY USULDA O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqola muallifi : Rahmonova Gulrux Namangan viloyati To’raqorgon tumani 12 – sonli umum talim maktabi chet tili o’qituvchisi
CHET TILLARINI ZAMONAVIY USULDA O’QITISHNING 3TA USULLAR Bugungi kunda chet tillarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlar kundan kunga oshib bormoqda. Zamonaviy avlod vakillari monolingual bo’lib qolishni xoxlashmaydi. Ayniqsa shiddat bilan rivojlanib borayotgan ingliz tili butun dunyoni butun bir global jamiyatga aylantirdi. Barcha sohalar biznes olamidan tortib ta’lim ,ishlab chiqarish, axborot va dasturlash tillari ingliz tilida olib borilyapti. Biz esa albatta xar qanday tilni qisqa muddat ichida o’zlashtirishni va ona tilidek gapirishni xoxlaymiz . Dunyo olimlari bu masala ustida anchadan beri bosh qotirishmoqda. Quvonch bilan aytish mumkinki ,ushbu muammolar yechimini topishda ancha ilg’or tajriba va yutuqlarga erishildi. Ushbu maqola har qanday chet tilini o’qitishdagi zamonaviy 3 usul haqida bo’lib tilni o’qitishda ham o’rganishda ham shubhasiz qo’l keladi. Biroq har qanday usulni qo’llashdan avval o’zingizda kuchli istakni shakllantira olish va maqsad qo’yish zarur. Aks xolatda sizga hech bir metod yordam bermaydi. Stiven Kovi takidlaganidek “ Maqsadsiz yashash bu mashinani nomalum tomonga tumanda haydash deganidir. Qayoqqa borishni bilmaysan ammo vaqt va yo’l o’taveradi”. Xurmatli mushtariylardan esa quyidagi usullarni qo’llashdan avval qaysi tilni qancha muddatda o’rganish uchun aniq maqsad qoyib olishingizni so’rayman.
I would like to eat chocolate cookie. It makes me feel better- Men shokolad keks yeyishni xoxlayman.Men undan zavqlanaman. Bu gapdagi belgilangan so’zni har qanday boshqa so’zga almashtirish mumkin. I would like to eat fried potato and soft bread. It makes me happy. Bu yerdagi asosiy qoida hech qachon so’zlarni donalab yod olmaslik bo’lib ularni gap va ibora ko’rinishida yodlashdir. Keyinchalik esa bu ularni almashtira olish imkonini beradi. Endi eski grammar – translation yani Grammatik-tarjima usuli bilan qiyoslaymiz . I would like to eat chocolate cookie .It makes me happy . gapini tuzish uchun o’quvchiga oldin “ Would like” va nima uchun “ to “ qo’yish va Present Simple yani hozirgi zamon mavzusini tushuntirish kerak. Biz taomlar mavzusini o’rgangan paytda bir nechta yangi grammatik formalarga duch kelamiz. Ularni har birini o’rganib chiqish uchun kamida 6 oy kerak bo’ladi. Bu vaqt ichida tilda gaplashsa bo’ladi( bu usul tilni ilmiy o’rganishni xoxlovchilar uchun ta’luqli emas). Shu tufayli taomlar mavzusini senariylashtirib uni ikkita dars audio materillar va subtitrga ega video yordamida o’rganing. Ingliz tili iboralarni yod olish uchun esa Collocaton in 10 minutes Shayne Oliveira kitobi yaxshi yordam beradi.
We play football stadium.After my friends leave home I stay Bu yerda faqat so’zlar qo’yilyapti . Grammatik jihatdan predloglar ,bog’lovchi va zamon mavjud emas ammo yozuvchi nima deganini tushunsa bo’ladi , yozish bu tilni ishlab chiqarish degani. Ushbu usul agar harflarini bilsangiz va gap qurilish formulasini bilsangiz har qanday tilda hatto yapon va koreys tillarida ham yordam beradi. Ushbu qisqacha maqolam orqali eng foydali o’zim qo’llagan usullarni keltirib o’tdim Tillarni o’rganishda bundan boshqa yuzlab usullar yaratilgan . Ularni keyingi maqolalarda albatta yoritamiz . Bugungi axborot va ma’lumotlar to’lgan zamonda eng foydalilarini saralab olish va ularni albatta amaliyotda qo’llab ko’rish maqsadga muofiqdir .Zero ,O’ylab qo’yilgan har qanday fikr amalda qo’llanmasa u shunchaki hayoldir. Maqola muallifi : Rahmonova Gulrux Namangan viloyati To’raqorgon tumani 12 – sonli umum talim maktabi chet tili o’qituvchisi Download 33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling