Turk musiqasi
Download 0.66 Mb.
|
Turk va Ozarbayjon musiqasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- OZARBAYJON MUSIQASI
M avzu: Turk va Ozarbayjon musiqasi TURK MUSIQASI Turk, turk zarb — 1) oʻtmish musiqa risolalarida muayyan ritm tuzilmalari, doyra usullari (mas., Turkiy asli jadid, Turkii asli qadim, Turkii xafif, Turkii sariʼ); 2) 3 qismdan iborat xalq kuyi. Uning 1qismi Chapandoz (Nasrulloyi), 2si Ufar, 3qismi Qashqarcha usulida ijro etiladi. Navoiyning "Mezon ulavzon" asarida koʻrsatilishicha, 15-a. larda mashxur xalq qoʻshiklaridan biri turkii deb atalgan; 3) mashhur avjlardan biri, Avji T., T.ii avj deb ham yuritiladi. Domla Halim Ibodov xabariga binoan, T. avjini bundan 300 y. muqaddam yashagan Navruz Ali ismli hofiz yaratgan. T. Shashmaqom ashula yullarida, yirik shakldagi xalq kuy va ashulalarida koʻplab uchraydi. T. avji namud vazifasini bajarib, musiqa asarini shaklan kengaytirish va mazmunan boyitishda muhim rol oʻynaydi. T.ning kuy tuzilishi murakkab, u yoqimli, oʻta lirik kayfiyat baxsh etadi. Shashmaqomda Buzruk maqomining Nasrulloyi, Savti Sarvinoz (5 qismli) shoʻʼbalarida, Navoning Savti Navo (5 qismli), Segohning Navroʻzi Xoro, Moʻgʻulchai Segoh shoʻʼbalari va Figʻon1—2, Nimchoʻponiy qismlari va b. da uchraydi. Ularning tarkibida T. kengaytirilgan yoki qisqa shakllarda keladi, turli doyra usullariga tushirilganda turlicha tusga kiradi. T. foydalanishga juda qulay boʻlib, koʻpincha kuy ladining VII pogʻonasidan ulanadi. Bastakor va kompozitorlar asarlarida undan keng foydalanilgan: Karimqulbek ("Karimqulbegi"), Hoji Abdulaziz ("Guluzorim"), Rizqi Rajabiy ("Ovoraman", "Yashnasun"), K.Jabborov ("Etmasmidi") va b. Ad.:Uspenskiy V.A., Nauchnoye naslediye. Vospominaniya sovremennikov. Pisma, T., 1980. OZARBAYJON MUSIQASI O. hududidan topilgan qoya rasmlari (mil. av. 5—3-ming yillikda yaratilgan), arxeologik materiallar bu yerda musiqaning juda ham qadimiyligini koʻrsatadi. Mehnat qoʻshiqlari, tarixiy va lirik qoʻshikdar, hazil qoʻshiqlar keng tarkalgan. Qoʻshikdar koʻpincha yakka, baʼzan guruh boʻlib ijro etiladi. Chertib chalinadigan tor, soz, ud tori, ishqab chalinadigan kamoncha, puflama tutak, bolomon, surnay, zarb berib chalinadigan nogʻora, qoʻsh nogʻora, doira kabi musiqa asboblari ozarbayjon xalqining qad. sevimli cholgʻu asboblari sanaladi. Oʻrta asrlardayoq maqomlar tad-qiq qilingan. O. maqomlari nazariyasi U. Hojibekov tomonidan yozilgan ("Ozarbayjon xalq musiqasi asoslari", 1945 y.da nashr etilgan). U. Hojibekov Fuzuliy dostoni asosida "Layli va Majnun" (1908) operasini, "Arshin mol olon" (1913) komediyasini yaratdi. 1921 y.da konservatoriya, 1931 y.da birinchi notali xalq cholgʻu asboblari orke-stri tashkil qilindi. 1938 y.da simfonik orkestr tashkil topdi. 1927 y.da R. Glierning "Shohsanam" operasi sah-naga qoʻyildi. M. Magomayevning "Nargiz" (1935), U. Hojibekovning "Koʻroʻgʻli" (1937) operalari O. musiqa sanʼati rivojida muhim voqea boʻldi. Q. Qorayev, J. Hojiyev, F. Amirovning opera va simfoniyalari mashhur. Sh. Mamedova, Bulbul, R. Beybutov, P. Bulbul oʻgʻli, M. Magomayev kabi xonandalarning faoliyati diqqatga sazovor. Bokuda U. Hojibekov nomidagi konservatoriya, M. F. Oxundov nomidagi opera va balet teatri, Sh. Qurbonov nomidagi musikali komediya teatri, Qoʻshiq teatri, filarmoniya, simfonik orkestr, ashula va raqs ansambli ishlab turibdi. Respublika radiosi qoshida xalq musiqa asboblari orkestri bor. Ozarbayjonda Davlat musiqa akademiyasi, 6 musiqa bilim yurti, 73 musiqa maktabi mavjud. U. Hojibekov nomidagi Ozarbayjon sanʼati ilmiy tadqi-qot instituti (1945) musiqa va teatr masalalari bilan shugʻullanadi. Ozarbayjon va oʻzbek xalklari musiqa sohasida qadimdan hamkorlik qilib kelganlar. Xususan, Eron ozarlariga mansub Abdulqodir Marogʻiy (1340—1435) deyarli butun ijodiy (xonanda, sozanda va bastakorlik) va ilmiy (musiqashunoslik) faoliyatini Amir Temur, Shoxrux Mirzo va Xalil Sulton Mirzolar saroyida oʻtkazgan. 1950-y.lar oxirida oʻzbek kompozitori M. Burxonov joʻrsiz xor uchun qayta ishlagan xalq qoʻshiqlari O.da bu turdagi xor musiqasi taraqqiyotiga turtki boʻldi. Mazkur aloqalar musta-qillik yillarida shaklan va mazmu-nan kengayib bormoqda. Navoiy nomidagi teatrda O. Melikovning "Ikki dil dostoni", F. Amirovning "Ming bir kecha" baletlari sahnalashtirilgan. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling