Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet29/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 28

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Ilohi shunday bo‘lsin-da.


— Bo‘ladi-bo‘ladi, — dedi kulib xotin, — shoshmachi, Oftob. Agar qizing men aytkandek o‘zgarib ketsa menga nima berar eding?

— Sizga bosh-oyog‘ kiyim.


— So‘zingdan qaytma, Oftob. Pechak guldek bo‘lib eriga chirmashqanini ko‘rarmiz hali, xudo ko‘rsatsa, bor, o‘ynab-kulib mehmonlaringni kut!..

Shundan keyin ikavi donxonadan chiqib xotinlar orasig‘a kirdi.




* * *

Qizlar majlisi — gullar, lolalar, to‘tilar, qumrilar majlisi! Bu uyda — Kumushbibining tog‘asining uyida qizlar majlisi, gullar majlisi!


Bu uyga o‘ttuz-qirq chamaliq qizlar yig‘ilg‘anlar, yig‘ilishdan maqsad: qizlar o‘zlarining eng latif, eng go‘zal bir a’zolarini bu kun xotinliq olamiga uzatmoq-chidirlar. Bu uzatish majlisini jonlik, ruhlik o‘tkazmak uchun barcha qizlar o‘zlarining eng asil, eng nafis ki-yimlarini kiyib, favqulodda yasanib, husn olamini yana bir qat, yana bir qayta bejabdirlar. Agar bu uyga kirib, bu majlis a’zolarini bir martaba ko‘zdan kechirsangiz, hozirdanoq aytib qo‘yish mumkin-ki, albatta esingiz chiqib ketar:


— Bu gulmi, ko‘hlik? Yo‘q narigisi! Undan ko‘ra bunisi! Barisidan ham o‘ttasi!.. Ana shunday qilib esdan ham ajrarsiz, gul tanlashda bir qarorg‘a kelalmay el ichida kulgiga ham qolursiz, rasvo ham bo‘lursiz.


Mana, majlis a’zolari shunaqangg‘i bir-biravidan o‘toq malaklar, parilar edilar. Majlisning shoirlari, o‘yinchilari, childirma va dutorchilari — barchasi ham hozir bo‘lib faqat Kumushbibigina hammomdan qaytmag‘an edi. Shuning uchun majlis ochilmag‘an, ochilsa ham ruhsizroq, Kumush kelgach, majliska ruh kirishiga barcha ishonadir va uni to‘zimsizlanib kutadir.


Kimdir, oradan bittasi «kelishdi!» deb yubordi. Barcha qizlar uyning darichasi yonig‘a uymalashib havlig‘a qaradilar. Chindan ham ul yonida ikki yangasi bilan kelgan edi. Shu choqda bizga Otabek kerak edi! Nega desangiz, ul kelsin edi-da, suyganini bir ko‘rsin edi: hammom bilan ul... faqat jong‘ina so‘raydir, majruh ko‘kslarga o‘qqina otadir...


Boshdag‘i oq shohi ro‘ymol, ichdagi oq shohi ko‘ynak, ustdagi oq kumush zarrin siril-gan po‘stin, baqbaqalarni o‘rab o‘pib turg‘an yoqa qunduzlarining kelishkani, solinib tushkan qora jinggila sochlarning bo‘yin tevaragiga chirmashqani, xom nuqra yuzlarning bo‘g‘riqqani...

Yangalar Kumushni havlidan turib qizlarg‘a topshirdilar:


— Mana Kumushbibi — sizlarga, qizlar! Kumushning ko‘nglini yaxshilab ochinglar, qizlar!

Ikki-uch qiz chopib havlig‘a tushdilar-da, Kumushbibidan paranjini olib uyga boshladilar. Yangalar Kumushni qizlarg‘a topshirib ketdilar. Havli er va xotindan bo‘sh, yolg‘iz qizlarg‘agina xoslanib qoldi.


Kumushbibi boshlag‘uchi qizlar bilan uyga kirdi, undan ongqan atir islari bilan uy to‘ldi. Qizlar o‘zlari-ning bir turlikkina so‘zlashishlari bilan Kumush ila ko‘risha boshladilar:


— Esonmisiz, sarupolar muborak?
Kumushbibining qizlarg‘a bergan javobi eshitilar-eshitilmaslik edi:
— Qutlug‘...
Kumushbibi uyning to‘riga o‘tquzildi. Qizlar uyning tevaragiga o‘lturishib olg‘andan keyin orag‘a nima uchundir bir jimjitlik kirdi. Qizlar ma’nolik qilib yer ostidan Kumushka




Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling