Abdulla Qodiriyning " Mehrobdan chayon" asari haqida


Download 20.72 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi20.72 Kb.
#1576615
1   2   3
Bog'liq
falsafa2

Yuqori darajadagi korrupsiya hokimiyat organlarida ishlaydigan siyosatchiar, oliy martabali amaldorlarni qamrab oladi va juda katta qimmatga ega bo’lgan qarorlar qabul qilish bilan bog’liq (qonunlarni ilgari surish va qabul qilish, davlat buyurtmalari, mulk shakllarini o’zgartirish va boshqalar). Aksariyat hollarda korrupsiya bitimidan manfaatdor bo’lgan ikkala tomon ayni bir davlat hokimiyati organida ishlaydi. Masalan, quyi turuvchi davlat organing amaldori o’zining yuqori turuvchi boshlig’iga u pora beruvchining korrupsion harakatlariga homiylik qilishi yoki qo’shimcha mablag’lar, resurslar, vakolatlar berishi uchun pora beradi.
Vertikal korrupsiya ikki ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, yuridik va jismoniy shaxslardan olingan noqonuniy mukofotning bir qismini yuqori darajadagi mansabdor shaxslarga o’z xavfsizligini ta’minlash va korrupsiya faoliyatini davom ettirish uchun berib borishdir. Ikkinchidan, davlat organida korrupsiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi har ikki tomon ham bir sohaga mansub bo’lib, quyi davlat organining mansabdor shaxsi porani o’z boshlig’iga berib boradi, boshliq esa quyi organ rahbarini korrupsiya faoliyatini himoyalaydi yoki unga qo’shimcha moliyaviy, moddiy va boshqa resurslar, vakolat va boshqa imkoniyatlar berilishini ta’minlaydi. Bu korrupsiyaning eng xavfli turi bo’lib, ushbu turdagi korrupsiya, odatda yuqori va quyi korrupsiya o’rtasida ko’prik vazifasini bajaradi. Natijada korrupsiyaning uyushgan shakllari va korrupsiya tarmoqlarini shakllanishiga sabab bo’ladi.
Qonunchilida davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko’ndirish maqsadida biror-bir shaxs o’zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to’g’risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o’xshash huquqbuzarliklarning o’zlariga ma’lum bolib qolgan har qanday faktlari haqida o’z rahbarlarini yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shartliligini belgilangani mansabdor shaxslarning faoliyatida shaffoflik va xolislikni ta’minlash hamda davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, korrupsiya turli shakllarga ega: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, mulkni o‘zlashtirish, fitna, hokimiyatni suiste’mol qilish, xushomadgo‘ylik, sovg‘a, qarindoshlik, homiylik va boshqalar. Korrupsiyaning holatiga turli omillar: ijtimoiy va madaniy sharoit, institutsional va tashkiliy tuzilmalar, siyosiy muhit, shuningdek iqtisodiy va tarkibiy o‘zgarishlar siyosati ham ta’sir qiladi.

Download 20.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling