Abdulla Qodiriyning Hayoti va ijodi. Reja
Download 334.35 Kb.
|
insholar toplami
Tayanch iboralar:
Savol va topshiriqlar. 14-MAVZU: ERKIN VOHIDOV O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hozirgi o’zbek she’riyatining zabardast vakillaridan biridir. Uning sharq mumtoz adabiyoti an’anlari izidan borib, zamondoshlari ma’naviy dunyosini ochib beruvchi g’azallari, zo’r insoniylik ruhi bilan yo’g’rilgan talay she’rlari, urush fojialari haqida bahs etuvchi “Nido”, hayot jumboqlari, inson qismati xususidagi falsafiy mushohadalari bilan yo’g’rilgan “Ruhlar isyoni”, “Istambul fojiasi” asarlari, tomoshabinlarni xushnud etgan “Oltin devor” komediyasi, shuningdek, I.Gyote, S.Yesenin, A.Blok, M.Svetlov, A.Tvardovskiy, R.Xamzatovdan qilgan tarjimalari, ayniqsa, “Eron taronalari” bilan “Faust” tarjimasi adabiyotimizda, ma’naviy hayotimizda ulkan voqea bo’ldi. “Men ijodiy mehnatbi faol jamoat ishlari bilan qo’shib olib borishdek sharafli vazifa yukini doimo yelkamda his qilaman. Odamlarga faqat she’ring emas, o’zing kerakligini sezish – bu katta baxt. Shuning uchun ham jamoat mehnatidan hech qachon o’zimni olib qochgan emasman. Qaynoq hayot ichida yashash, ishlab o’rganganman”, - deb yozadi shoir. Darhaqiqat, u badiiy ijodni faol jamoatchilik ishlari bilan qo’shib olib boradi. Yoshlar nashriyotida bosh muharrir, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va sa’nat nashriyotida director, “Yoshlik” jurnaliga bosh muharrir bo’lib ishlagan. Shoirning ijtimoiy faoliyati doirasi Respublika Oliy Kengashi va Oliy Majlisiga deputat bo’lib saylangan, Oliy Kengashning oshkoralik masalalari qo’mitasi, Oliy Majlisning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasiga raislik qilgan kezlari ayniqsa kengaydi. Bu yillarda atoqli shoir davlat va jamoat arbobi sifatida ham tanildi. Uning ko’p vaqti xalq ichida, yurtimiz va mamlakatlar bo’ylab safarlarda o’tmoqda. Shoir “Buyuk romani” unvoniga sazovor bo’ldi. Erkin Vohidov Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanida 1936-yilning 28-dekabrida qishloq o’qituvchilari oilasida dunyoga keldi. Otasi Cho’yanboy Vohidov, onasi roziyaxon davrning obro’-e’tiborli, ma’rifatli, faol kishilari edilar. Afsus, ular uzoq yashamadilar. Avval Ikkinchi jahon urushida qatnashib, og’ir yarador bo’lib qaytgan ota, so’ng ona dunyodan o’tdi. Ikki qisqa umrning yolg’iz yodgori bo’lib Erkin toshkentlik tog’asi qo’lida qoldi. Unig o’spirirnlik, yoshlik yillari Toshkentda o’tdi. Erkin ulg’aygan xonadon ma’rifatga, san’atga, adabiyotga tashna edi, bu xonadonni tez-tez shoir va xonandalar ishtirokida suhbatlar bo’lib turardi. Erkin Vohidovdagi nafosatga, she’riyatga mehrva mayl shu xonadonda, ana shu davralarda shakllandi. Erkin juda erta qo’liga qalam oldi. 7-sinfda o’qib yurganida “Mushtum” jurnalida birinchi she’ri bosildi. Maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetiga kirib o’qidi. Universitet ta’limi shoirning ijodiy taqdirida chuqur iz qoldirdi; birinchi she’rlar kitobi “Tong nafasi” talabalik yillarida yaratildi. Hozirgi zamon o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi, O'zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanida o'qituvchi oilasida tavallud topgan. Vohidovlar oilasi 1945-yilda poytaxt Toshkentga ko'chib keldi. Erkinjon avval o'rta maktabda, so'ng hozirgi O'zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetida ta'lim oladi. 1960-yilda o'qishni bitirgach, nashriyotlarda muharrir, bosh muharrir, direktor lavozimlarida ishlaydi, yangi tashkil qilingan «Yoshlik» jurnalining oyoqqa turishiga rahbarlik qiladi. Erkin Vohidov dastlabki she'rlarini maktabda o'qib yurgan paytidayoq e'lon qila boshlagan, birinchi she'riy to'plami esa «Tong nafasi» nomi bilan 1961-yilda chop etilgandi. Shundan buyon ijodkorning qirqdan ziyod kitobi o'quvchilarga tortiq etildi. Uning she'rlaridan tashqari «Palatkada yozilgan doston», «Ruhlar isyoni», «Istambul fojiasi» singari dostonlari, «Donishqishloq latifalari» hajviy turkumi, «Oltin devor» komediyasi, «Shoiru she'ru shuur» nomli adabiy-falsafiy to'plami XX asr o'zbek adabiyoti rivojiga katta hissa bo'lib qo'shilgan. Erkin Vohidov dunyo she'riyatining yorqin vakillari S.Yesenin, A. Blok, L. Ukrainka, R. Hamzatov singari shoirlarning ko'plab asarlarini ona tilimizga tarjima qilgan. Erkin Vohidov tomonidan ulug' nemis mutafakkiri Gyotening «Faust» asari o'zbek tiliga yuksak mahorat bilan o'girilishi esa (1974-yilda) nafaqat adabiyotimiz, balki madaniya-timiz tarixida ham muhim voqea bo'lib qoladi. Erkin Vohidov she'riyatning ham barmoq, ham aruz, ham sarbast vaznlarida birdek yuksak saviyada ijod qiladi. Sho'ro adabiyotshunosligida aruz vazni «eskirgan, zamonga javob bera olmay qolgan vazn», deya inkor qilina boshlagan bir paytda Erkin Vohidov «Yoshlik devoni» (1969) kitobini e'lon qilgan, undan joy olgan o'nlab go'zal g'azallari bilan bunday da'volarning puch ekanligini isbotlagan edi. U «O'zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvonga sazovor bo'lgan ijodkordir. Darhaqiqat, Erkin Vohidov o'zining butun faoliyati va ijodini xalqimiz orzu-o'ylarini ifodalash, millatimiz taqdiriga daxldor muammolarni dadil ko'tarib chiqish, kishilarimiz madaniy-estetik saviyasini yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga yo'naltirgandir. Bu jihatdan shoirning 1968-yilda yozilgan «O'zbegim» qasidasi alohida e'tiborga molik. Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o'zbegim, Senga tengdosh Pomir-u oqsoch Tiyonshon, o'zbegim. So'ylasin Afrosiyob-u so'ylasin O'rxun xati, Ko'hna tarix shodasida bitta marjon, o'zbegim. Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Forob avlodidan, Asli nasli balki O'zlik, balki Tarxon, o'zbegim. Download 334.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling