Abdulla qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari
Download 125.5 Kb.
|
Abdulla qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari
Sujet„Mehrobdan chayon“ romanida xonliklar davri zugʻumi muayyan darajada sezilsa ham, adibda goho tarafkashlik mayllari koʻrinadi. Adib amalda realizm mavqeida turgan tarixiy haqiqatni mumkin qadar haqqoniy ifodalashga intilgan. Romanda muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi-yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali Solix maxdum tabiatiga xos „maqtab boʻlmaydigan“ xususiyatlarni batafsil koʻrsatadi. Bunday xususiyatlarning ichki va tashqi ijtimoiy ildizlarini ham ochadi. Ayni paytda mahdumning „hamma nuqsonlarini yuvib ketarlik“ fazilatini ham taʼkidlaydi: „nima boʻlganda ham maxdum oʻz zamonasining eng oldingi domlalaridan, Qoʻqon aksariyatining savodxon boʻlishlariga sababchi ustozlardan“. Romandagi Anvar bilan Raʼno obrazlari, bir qarashda, romantik qahramonlarday taassurot beradi. Barkamollik — aql-zakovat, doʻstga, sevgiga sadoqat, erk, adolat yoʻlidagi shijoat bobida ular afsona, doston qahramonlarini eslatadilar. Ishqiy mulohazalar bobida bu ikki yosh juda erkin, oralaridagi gap-soʻzlar bir qadar kitobiy, shoirona. Masalaga sinchiklab qaralsa, Anvar va Raʼnodagi favqulodda, kitobiy tuyulgan hislatlar, ularning „gʻayritabiiy“ xatti-harakatlari mantiqan va ruhiy jihatdan asoslangan. Ular maktab koʻrgan, yaxshi tarbiya, chuqur bilim olgan, Sharqning yuksak madaniyati, gumanistik gʻoyalarini oʻzlari uchun chin eʼtiqod, bosh maqsad qilib olgan odamlardir. Adib asar personajlari qismati bilan bogʻliq holda muhim tarixiy hodisalar, shaxslar, sarguzashtlar haqida ham maʼlumot beradi. Solih maxdumning kechmishi, ota-bobolari qismati bahonasida keltirilgan Amir Umarxonning kanizi toʻgʻrisidagi hikoya, haq ishlari uchun jabr koʻrgan Sayidxon, mulla Siddiq va Moʻminjonlarning achchiq qismati, Xudoyorxon tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Ogʻacha oyim sarguzashtlari, xon harami, xotinlari, oʻrdadagi qullar haqidagi aniq maʼlumotlar asarda salmoqli oʻrin tutadi. Ular bilan tanishganda hujjatli-tarixiy, publitsistik asar oʻqiyotganday boʻlasiz. Yozuvchi baʼzan qahramonlari tabiatini, xususan haramdagi qizlar fojiasini hazil-mutoyiba, oʻyin-kulgi orqali ochib beradi. Ammo bu kulgili boʻlib tuyulgan hodisalar zamirida jiddiy insoniy drama va shafqatsiz haqiqat yotadi. Xullas „Mehrobdan chayon“ hayot haqiqatini „orttirmay va kamitmay“ oʻz holicha jamiki qirralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini, ruhiyatini oʻziga xos ohanglar, boʻyoqlar vositasida kashf etib bergan oʻxshashi yoʻq badiiy obidadir. Quyida Abdulla Qodiriyning roman haqidagi fikrlarini keltirilgan: ROʻMONNING MAVZUSI TOʻGʻRISIDA "Turkiston feodallarining keyingi vakili boʻlgʻan Xudoyorning oʻz xohishi yoʻlida dehqon ommasi va mayda hunarmand — kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim boʻlmasin, rahmsiz jazo berishi roʻmonning mavzuidir. Xudoyorning bu yoʻldagʻi birinchi istinodgohi boʻlgʻan ulamolar, ularning ichki-tashqi ahvoli, axloqi, Madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his bitkanligi va qolgʻani ham xabosat pardasi ostida sezilmas darajaga yetkanlini mundarija sigʻdirgʻan qadar bayon qilinadir. Bular roʻmonning nomargʻub — manfiy qahramonlari. Ikkinchi tarafda mazkur qora kuchlarga qarshi „tuban“ sinf — kambagʻallar, ularning xonliq tuzilishiga, qora kuch — ulamo alayhigachiqishi. Mehnatkash kambagʻallarning axloqi, sajiyasi, oilasi, turmishi va bir-biriga aloqasi, samimiyati. Albatta, men bu soʻnggʻi margʻub qahramonlarni oʻzbek tarixining hazmi koʻtargan qadar oʻz holicha olishqa tirishdim. Ularning xon va ulamoga qarshi isyoni tabi’iy — shar’iydir. Chunki shundan ortigʻi soxta boʻlishi ustiga kitobning qadrini ham tushurar edi. Shu ikki sinfkurashini tasvir qilish vositasida xon harami, xotinlari, qirq qizlar, tarixiy vaetnoʻgʻrafiy lavhalar, oʻzbek hayoti, qiziqchiligʻi, tanqidchiligʻi, oʻzbek xotin-qizlari orasidagʻIisteʼdod, shoirlar, azkiyachilik va boshqa yana koʻbnuqtalarni qamrab olindi. Roʻmonda yana bundan boshqa bir koʻb jihatlar bor. Ularni bu yerda sanab oʻlturish hojat emas, ular muhtaram oʻqugʻuchining nazaridan qochib qutilm Anvar-bosh qahramon. Salim boʻyoqchining oʻgʻli, Solix maxdumning asrandisi. Raʼno-Solix maxdumining qizi. Anvarning sevgilisi. Solix maxdum-muallim va imom. Maktabdor domla. Raʼnoning otasi Sultonali-Anvarning doʻsti Anorbibi - Anvarning onasi Nodira- Anvarning opasi, uning dunyoga kelishidan xursand boʻlgan yagona inson , ona oʻrnida onasi Mulla Abdurahmon- mahalla imomi , mehrobdagi chayon Xudoyorxon- Qoʻqoʻn xoni Qobil - Anvarning akasi Nasim- Anvarning yosh doʻsti, Muhammad Rajabbekning oʻgʻli Muhammad Rajabbek poygachi- mirzaboshi, Nasimning otasi Download 125.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling