Abdulla qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari


Download 125.5 Kb.
bet3/4
Sana19.12.2022
Hajmi125.5 Kb.
#1032519
1   2   3   4
Bog'liq
Abdulla qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari

Vafoti


Abdulla Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, taʼqibu tahdidlar ichida oʻtdi. Rostgoʻy adib shoʻro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida shoʻro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib koʻrsatishga jazm etdi. Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926-yil „Mushtum“da bosilgan „Yigʻindi gaplar“ hajviyasidagi tanqidiy mulohazalari uchun „aksilinqilobiy harakat qilganlik“da ayblanib qamoqqa olinadi, turli boʻxtonlar bilan sudlanadi. Sudda u mardona turib oʻz shaʼnini himoya qiladi. „Obid ketmon“ qissasi ham shoʻro mafkurachilariga maʼqul kelmaydi, keskin tanqidga uchraydi; „ideologik buzuqliklar va xatolar“ga toʻla, „siyosiy tutruqsiz“ asar sifatida baholanadi. Yozuvchining tarixiy romanlarining esa asosiy mavzusi – millat taqdiri, birligi, el-yurt qaygʻusi, mustaqilligi, shaxs erki, ijtimoiy adolat uchun kurash gʻoyalari bilan yoʻgʻrilganligi tufayli ham hukmron mafkuraga zid asarlar boʻlib chiqdi. Millat ruhini yorqin aks ettirgan, xalqning, oʻzga millat kitobxonlarining sevimli asarlariga aylangan bu romanlar shoʻro davri siyosati uchun zararli kitoblar sifatida bot-bot qoralandi. 30-yillar oʻrtalariga kelib, bu mashʼum kampaniya avjiga chiqdi. Gʻofir Gʻulom, Abdulla Qahhor, Uygʻun kabi shogirdlarining "donos"lari ortidan Abdulla Qodiriy 1937-yil 31-dekabr kuni xibsga olindi. 9 oylik qamoqdagi soʻroq-tergov, qiynoq, xoʻrlikdan soʻng ChoʻlponFitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi. Qodiriy xibsga olingach, asarlari „zararli“ sanalib oʻtda yoqildi, kutubxonalardan yoʻqotildi, ularni oʻqish taʼqiqlandi.
Mehrobdan chayon asarining mazmuni
Mehrobdan chayon— oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik asari 1928-yil fevralda yozib tugatilgan. Roman birinchi marta 1929-yil Samarqandda bosilib chiqdi. Roman mavzui 19-asr hodisalari — „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli singdirilgan.
Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh — sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslar tomonidan yozuvchining jiddiy yutugʻi deya hisoblanadi.



Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon romani. 1994-yilgi nashrning ichki koʻrinishi
Asar uzoq yillar davomida juda koʻp marotaba qaytadan nashr etilgan. Jumladan 1994-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Oʻtkan kunlar bilan bir kitobda 602 betli 60 000 nusxada, 2016-yilda Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan 512 betli yumshoq muqovada, 2008 va 2018-yillarda Sharq nashriyoti tomonidan 288 betli qattiq muqovada nashr etilgan.

Download 125.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling