Freydizmning psixologiyaga qo’shgan hissasi


Download 0.71 Mb.
bet1/6
Sana13.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1355831
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 - MAVZU

FREYDIZMNING PSIXOLOGIYAGA QO’SHGAN HISSASI

REJA:

Avstriyalik mashhur faylasuf, psixolog va psixiatr Zigmund Freyd (toʻliq ismi sharifi Sigizmund Shlomo Freyd) 1856 yilning 6 may kuni oʻsha paytda Avstriya imperiyasi tarkibiga kiruvchi Moraviyaning Frayberg shaharchasida tavallud topgan. Hozir Prishibor deb nomlangan bu shaharcha Chexiya hududida joylashgan. Olim tugʻilgan Shlossergasse koʻchasiga endi uning nomi berilgan.

  • Avstriyalik mashhur faylasuf, psixolog va psixiatr Zigmund Freyd (toʻliq ismi sharifi Sigizmund Shlomo Freyd) 1856 yilning 6 may kuni oʻsha paytda Avstriya imperiyasi tarkibiga kiruvchi Moraviyaning Frayberg shaharchasida tavallud topgan. Hozir Prishibor deb nomlangan bu shaharcha Chexiya hududida joylashgan. Olim tugʻilgan Shlossergasse koʻchasiga endi uning nomi berilgan.
  • Olimning otasi Yakob Freyd ikkinchi bor uylanganida qirq yoshda, boʻlgʻusi ona – Amaliya Natanson yigirmada edi. Ularning har ikkisi ham Germaniyadan chiqqan yahudiylar oilasidan boʻlib, Yakob Freyd vofurushlik bilan shugʻullanar, oilaning iqtisodiy ahvoli bozordagi narx-navoning koʻtarilishi va pasayishiga qarab oʻzgarib turardi. Shunga koʻra, Zigmund uch yoshga toʻlganida oila tirikchilik vajidan avval Leypsigga, bir yildan soʻng Venaga koʻchib oʻtishga majbur boʻladi.

Ota-onaning oʻqish-yozishga layoqatli bu oʻgʻildan umidlari katta edi. Shuning uchun ham uning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor berishdi. Natijada, Zigmund 9 yoshidayoq gimnaziyaga oʻqishga kiradi. Bu paytda oiladagi farzandlar 8 nafar boʻlib (ularning ikki nafari avvalgi nikohdan edi), Zigmundning oʻqishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilgandi. U, ayniqsa, adabiyot va falsafaga boshqacha qiziqish bilan qarar, Shekspir, Kant, Gegel, Shopengauer, Nitsshe asarlari mutolaasi bilan “ilm tishi” chiqqandi. Oʻspirin Freyd nemis tilini mukammal bilishi barobarida grek va lotinchani ham oʻrgangan, fransuz, ingliz, ispan, italyan tillarida esa bemalol gaplasha olgan. Shu bois u 17 yoshida gimnaziyani muvaffaqiyatli bitiradi va 1873 yilda Vena universitetining tibbiyot fakultetiga oʻqishga kiradi…

  • Ota-onaning oʻqish-yozishga layoqatli bu oʻgʻildan umidlari katta edi. Shuning uchun ham uning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor berishdi. Natijada, Zigmund 9 yoshidayoq gimnaziyaga oʻqishga kiradi. Bu paytda oiladagi farzandlar 8 nafar boʻlib (ularning ikki nafari avvalgi nikohdan edi), Zigmundning oʻqishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilgandi. U, ayniqsa, adabiyot va falsafaga boshqacha qiziqish bilan qarar, Shekspir, Kant, Gegel, Shopengauer, Nitsshe asarlari mutolaasi bilan “ilm tishi” chiqqandi. Oʻspirin Freyd nemis tilini mukammal bilishi barobarida grek va lotinchani ham oʻrgangan, fransuz, ingliz, ispan, italyan tillarida esa bemalol gaplasha olgan. Shu bois u 17 yoshida gimnaziyani muvaffaqiyatli bitiradi va 1873 yilda Vena universitetining tibbiyot fakultetiga oʻqishga kiradi…
  • Freydning tarjimai holi, ilmiy izlanishlari, hamkasblari bilan munosabatlariga oid qiziqarli maʼlumot va tafsilotlar shu qadar koʻpki, ularning hammasiga batafsil toʻxtalib oʻtishning imkoni yoʻq. Shuning uchun ham biz eʼtiborni olim ilmiy-falsafiy merosining ayrim muhim jihatlariga qaratishni maʼqul topdik.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling