Freydizmning psixologiyaga qo’shgan hissasi


Download 0.71 Mb.
bet3/6
Sana13.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1355831
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 - MAVZU

Maʼlumki, Freyd uzoq yillar davomida ruhiy kasallarni kuzatish, davolash bilan shugʻullangan. Bu kuzatishlar esa olimni juda qiziq, aksariyat holda asosli xulosalarga olib kelgan. Masalan, u tugʻma boʻlmagan, yaʼni keyinchalik turli jarohatlar natijasida orttirilgan emas, balki ruhiy qiynoqlar sabab paydo boʻlgan asab kasalliklarining tub zamirida oʻz vaqtida izhor qilinmagan kayfiyat, nafrat, muhabbat, his-hayajon faktorlari, turfa tuygʻular, olinmagan oʻch, qolib ketgan alam asoratlari yotishini aytadi. Darhaqiqat, “kechagina tuppa-tuzuk yurgan odam”ning bir kunda telba boʻlib qolishiga dabdurustdan izoh topish oson emas. Freydizm esa buning oʻsha “tuppa-tuzuk yurgan odam” hayotida qachonlardir yuz bergan oʻta muhim voqea-hodisa bilan bogʻliqligini, garchi oʻsha hodisani odamning oʻzi unutganman, deb hisoblasa-da, uning ongosti yoxud gʻayrishuuri unutmaganini, unuta olmasligini isbotlaydi.

  • Maʼlumki, Freyd uzoq yillar davomida ruhiy kasallarni kuzatish, davolash bilan shugʻullangan. Bu kuzatishlar esa olimni juda qiziq, aksariyat holda asosli xulosalarga olib kelgan. Masalan, u tugʻma boʻlmagan, yaʼni keyinchalik turli jarohatlar natijasida orttirilgan emas, balki ruhiy qiynoqlar sabab paydo boʻlgan asab kasalliklarining tub zamirida oʻz vaqtida izhor qilinmagan kayfiyat, nafrat, muhabbat, his-hayajon faktorlari, turfa tuygʻular, olinmagan oʻch, qolib ketgan alam asoratlari yotishini aytadi. Darhaqiqat, “kechagina tuppa-tuzuk yurgan odam”ning bir kunda telba boʻlib qolishiga dabdurustdan izoh topish oson emas. Freydizm esa buning oʻsha “tuppa-tuzuk yurgan odam” hayotida qachonlardir yuz bergan oʻta muhim voqea-hodisa bilan bogʻliqligini, garchi oʻsha hodisani odamning oʻzi unutganman, deb hisoblasa-da, uning ongosti yoxud gʻayrishuuri unutmaganini, unuta olmasligini isbotlaydi.

Shu joyda olim biografiyasiga qaytib, u 1885 yildan boshlab Parijning mashhur psixiatri Jan Sharko klinikasida ishlaganini eslashimizga toʻgʻri keladi. J. Sharko oʻzining ruhiy xasta bemorlarini, jumladan, gipnoz yordamida ham davolar edi. Avvaliga bu usulni qoʻllab-quvvatlagan Freyd, keyinchalik davolashni gipnozsiz ham undan-da samaraliroq amalga oshirish mumkinligini aniqladi. Freyd bemorlar bilan erinmay, muntazam soʻzlashish, bunda ularni oʻz holiga toʻla qoʻyib berish, erkin muloqotga kirishish yoʻlini tanlaydi. Bu borada olimning shogirdlaridan biri, keyinchalik fanda oʻz yoʻlini yaratishga muvaffaq boʻlgan Frits Vittels oʻzining “Freyd. Uning shaxsi, taʼlimoti va maktabi” kitobida qiziqarli epizodlarni keltiradi. Masalan, Freyd oʻz bemorlari bilan kerak boʻlsa oylab va yillab suhbatlashishdan erinmas ekan. Avvaliga oʻzini boʻlganidan ham battarroq jinni qilib koʻrsatishga harakat qiladigan bemorlar kun oʻtgan sayin bundan maʼno yoʻqligini istar-istamas tan olar, bitta gapni uch kun, besh kun qaytaraverishdan charchab, boshqa tafsilotlarga oʻtar, nihoyat, ajoyib kunlarning birida hayotida qachondir yuz bergan nedir bir muhim hodisa esloviga yetib borar, mana shu kundan eʼtiboran u ongi ostida yoki gʻayrishuurida oʻrnashib olgʻib uni qiynayotgan darddan forigʻ boʻla boshlardi. Vittels tili bilan aytganda: “bemorlar oʻzining qarshisida oq xalatli iblislar oʻtirganidan bexabar holda, butun dardu dunyosini ularga toʻkib solish orqali tuzalish yoʻliga yetib kelishardi”.

  • Shu joyda olim biografiyasiga qaytib, u 1885 yildan boshlab Parijning mashhur psixiatri Jan Sharko klinikasida ishlaganini eslashimizga toʻgʻri keladi. J. Sharko oʻzining ruhiy xasta bemorlarini, jumladan, gipnoz yordamida ham davolar edi. Avvaliga bu usulni qoʻllab-quvvatlagan Freyd, keyinchalik davolashni gipnozsiz ham undan-da samaraliroq amalga oshirish mumkinligini aniqladi. Freyd bemorlar bilan erinmay, muntazam soʻzlashish, bunda ularni oʻz holiga toʻla qoʻyib berish, erkin muloqotga kirishish yoʻlini tanlaydi. Bu borada olimning shogirdlaridan biri, keyinchalik fanda oʻz yoʻlini yaratishga muvaffaq boʻlgan Frits Vittels oʻzining “Freyd. Uning shaxsi, taʼlimoti va maktabi” kitobida qiziqarli epizodlarni keltiradi. Masalan, Freyd oʻz bemorlari bilan kerak boʻlsa oylab va yillab suhbatlashishdan erinmas ekan. Avvaliga oʻzini boʻlganidan ham battarroq jinni qilib koʻrsatishga harakat qiladigan bemorlar kun oʻtgan sayin bundan maʼno yoʻqligini istar-istamas tan olar, bitta gapni uch kun, besh kun qaytaraverishdan charchab, boshqa tafsilotlarga oʻtar, nihoyat, ajoyib kunlarning birida hayotida qachondir yuz bergan nedir bir muhim hodisa esloviga yetib borar, mana shu kundan eʼtiboran u ongi ostida yoki gʻayrishuurida oʻrnashib olgʻib uni qiynayotgan darddan forigʻ boʻla boshlardi. Vittels tili bilan aytganda: “bemorlar oʻzining qarshisida oq xalatli iblislar oʻtirganidan bexabar holda, butun dardu dunyosini ularga toʻkib solish orqali tuzalish yoʻliga yetib kelishardi”.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling