Freyd oʻzining 83 yillik umri davomida 24 jildga jo boʻlgan ilmiy asarlar yaratdi, u tibbiyot fanlari doktori, professor boʻlish bilan birga, dunyoning bir qancha nufuzli ilmiy jamiyatlari, akademiyalari, assotsiatsiyalarining faxriy aʼzosi etib saylangandi. - Freyd oʻzining 83 yillik umri davomida 24 jildga jo boʻlgan ilmiy asarlar yaratdi, u tibbiyot fanlari doktori, professor boʻlish bilan birga, dunyoning bir qancha nufuzli ilmiy jamiyatlari, akademiyalari, assotsiatsiyalarining faxriy aʼzosi etib saylangandi.
- Zigmund Freyd jahon fanida psixoanaliz yoʻnalishiga asos solgan alloma sifatida tanilgan boʻlib, uning bu kashfiyoti XX asr psixologiyasi, tibbiyoti, sotsiologiyasi, antropologiyasi, adabiyoti va sanʼati rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. U tadqiq etib erishgan muhim ilmiy yangiliklar, yaʼni:
- inson psixikasining “U”, “Men” va “Yuksak Men” boʻlimlardan iborat uch tarkibli tuzilmani ishlab chiqqani;
- shaxs psixoseksual takomilining alohida bosqichlarini tahlil etib bergani;
- inson gʻayrishuurida makon topgan “Edip kompleksi” nazariyasini batafsil tahlil qilgani;
- inson psixikasidagi himoyaviy mexanizmlar muntazam ishlab turishini kashf etgani;
- “gʻayrishuur” (“bessoznatelnoye”) tushunchasini psixologik jihatdan talqin etgani;
- inson ruhiy kechinmalari transferi (bir odamdan boshqa odamga “koʻchib oʻtishi”)ning muhim tibbiy ahamiyatini koʻrsatib bergani, shuningdek, terapevtik davolashning erkin muloqot va tushlarga asoslangan usullarini joriy etgani, ayniqsa, mashhurdir.
Aytilganidek, olimning ilmiy-falsafiy merosi ham hajman, ham mazmunan juda boy boʻlishi barobarida, uning shaxsi, xarakteri, ilmiy gʻoya va qarashlari haqidagi kitoblar, tadqiqotlar, bahslar salmogʻi ham chakana emas. Uning hayotligidayoq boshlangan bu munozara-mubohasalar hozirga qadar ham qizgʻin davom etmoqda. Zero, bahslashuvchilarning bir qismi, Freyd – soʻnggi asrlar ilmining buyuk dahosi sifatida eʼzozlanishi lozimligini taʼkidlashsa, boshqa bir qismi (ular orasida olim bilan birga ishlagan va, hatto, uning qoʻlida taʼlim olgan Vilgelm Fliss, Alfred Adler, Karl Gustav Yunglar ham bor) uni – XX asr fanining mohir fokuschisi sifatida istehzo bilan baholashga moyillik bildirishadi. Nima boʻlganda ham bir narsa aniqki, Freyd davri va undan keyingi palla faylasuflarining aksariyati olim qarashlarini chetlab oʻtolmaydi, uning kashfiyotlariga u yoxud bu sabab tayanishadi. Hatto Freydning ashaddiy tanqidchilaridan hisoblangan amerikalik faylasuf Erix Fromm ham uning koʻplab fundamental gʻoyalaridan kelib chiqib, ayrim biryoqlamaliklar (jumladan, inson xatti-harakatlari markaziga seksual moyillikni qoʻyish)ni inkor etgani holda, ularni yangi nuqtai nazar bilan boyitish yoʻlidan boradiki, bu holni freydizmning inkori emas, balki ilmiy-tanqidiy, ijodiy takomili, deb atash toʻgʻriroq boʻlur edi. - Aytilganidek, olimning ilmiy-falsafiy merosi ham hajman, ham mazmunan juda boy boʻlishi barobarida, uning shaxsi, xarakteri, ilmiy gʻoya va qarashlari haqidagi kitoblar, tadqiqotlar, bahslar salmogʻi ham chakana emas. Uning hayotligidayoq boshlangan bu munozara-mubohasalar hozirga qadar ham qizgʻin davom etmoqda. Zero, bahslashuvchilarning bir qismi, Freyd – soʻnggi asrlar ilmining buyuk dahosi sifatida eʼzozlanishi lozimligini taʼkidlashsa, boshqa bir qismi (ular orasida olim bilan birga ishlagan va, hatto, uning qoʻlida taʼlim olgan Vilgelm Fliss, Alfred Adler, Karl Gustav Yunglar ham bor) uni – XX asr fanining mohir fokuschisi sifatida istehzo bilan baholashga moyillik bildirishadi. Nima boʻlganda ham bir narsa aniqki, Freyd davri va undan keyingi palla faylasuflarining aksariyati olim qarashlarini chetlab oʻtolmaydi, uning kashfiyotlariga u yoxud bu sabab tayanishadi. Hatto Freydning ashaddiy tanqidchilaridan hisoblangan amerikalik faylasuf Erix Fromm ham uning koʻplab fundamental gʻoyalaridan kelib chiqib, ayrim biryoqlamaliklar (jumladan, inson xatti-harakatlari markaziga seksual moyillikni qoʻyish)ni inkor etgani holda, ularni yangi nuqtai nazar bilan boyitish yoʻlidan boradiki, bu holni freydizmning inkori emas, balki ilmiy-tanqidiy, ijodiy takomili, deb atash toʻgʻriroq boʻlur edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |