Ong haqida tushuncha va uning hossalari reja


Download 32.09 Kb.
Sana16.02.2023
Hajmi32.09 Kb.
#1203986
Bog'liq
Ong haqida tushuncha va uning hossalari





Ong haqida tushuncha va uning hossalari
REJA:
1) Ongning strukturasi va tuzilishi
2) Ongning muhim psixologik ta’rifi
3) Ong va ongsizlik

Ong – psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir.Ong va uning mohiyati masalasi eng qadimiy muammolardan biri . Ongni dastlab diniy va mifologik qarashlar bilan tushuntirishga urinishganlar .Ongni diniy tushuntirish uni iloxiy xodisa , xudo yaratgan mo’jiza tarzidatalqin qilishga asoslanadi . Ongni buyuk ilohiy aqilning namoyon bo’lishi bilan tavsiflangan . Bumday qarashlarning ildizi juda qadimiy bo’lsada hamon bu qarashni to’g’ri deb bilguchilar ko’pchlikni tashkil etadi . Bu qarash tarafdorlari “ Kimki olamni va odamning yaratilganligini tan olar ekan , ong ham yaratganning qudrati “ deb hisoblaydi.


Ongning mohiyatini izohlashning ikkinchi yo’nalishi bu – Ong moddiy olamni inson miyyasida aks etishi deb tushunish , uni inson tanasi faoliyati bilan bog’lab talqin etishdir . Ayni damda materialistik qarash deb nom olgan bunday yondashuv doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish ham paydo bo’ldi . Vulgar materialism deb nom olgan oqim namoyondalarining fikricha , xuddi jigar safroni ishlab chiqargani kabi miyya ham ongni ishlab chiqarar emish .Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas , moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholangki , safroni ko’rish mumkin , ammo onhni ko’rib ham ushlab ham bo’lmaydi.
Inson ham biologik ham ijtimoiy mavjudod . Demak ong ham biologik ham ijtimoiy taraqqiyot mahsuli .Hozirgi zamon fani ongni materiyaning uzoq davom etgan evolyutsiyasi mahsuli ekanligini tan oladi . Materiyaning, tabiat hamma vaqt mavjud bo’lib kelgan,inson esa moddiy dunyoga nisbatan so’ngi taraqqiyotning mahsuli.
Ong insonning fikr va hislari , sezgilari tasavvurlari , irodasi va qarashlaridan tashkil topgan . O’z o’zini anglash , xotira ,iroda, nutq ongning asosiy jihatlari . Materiya taraqqiyoti , fikrlay oladigan insonning paydo bo’lishiga bir necha million yillar kerak bo’lgan deb hisoblaydi . Ong o’ta murakkab obyektiv mavjutlikdir . Shuning uchun bu haqida aniq tarif kirita olmayman.
Ongning strukturasi tuzilishi va uning muhim psihologik ta’rifi qanday? Uning birinchi tarifi – nomining ozidan ko’rinib turadi .Kishining onggi bizni o’rab olam haqidagi bilimlarimizdan tarkib topgan . K.Marks “Ongning yashash usuli va ong uchun nimanidir borligi bilimdir “ deb yozgan edi .Ongni strukturasiga muhim bilish jara – yonlari kiradi . Ular yordamida inson doimo o’z bilimlarini boyitib boradi . Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol, va tafakkurni qo’shish mumkin.
Ongning ikkinchi tarifi – Unda sub’ekt bilan ob’ektning o’rtasida aniq farqlanishni o’zida ifoda topishi , yani odam <> degan tushunchga nima tegishli ekani bilan aniqlanadi. <> ning <> degan ajratish har bir kishi bolaligidan boshdan kechiradigan yo’l bo’lib , uni o’zini anglashi jarayonida yuz beradi.
Ongning uchinchi tarifi – Odamning maqsadini ko’zlovchi faoliyatini ta’minlashdir. Faoliyatining maqsadlarini yaratish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi . Irodaviy qarorlar qabul qilinadi. Harakatlarni qanday borishi , qanday bajarilishi hisobga olinadi . Unga tegishli tuzatishlar va yangilanishlar kiritiladi va yana boshqalar .
Ongning to’rtinchi tarifi – uning tarkibiga muayyan munosabatlarning kirganligidir . “Mening o’z muhitimga bo’lgan munosabatim mening onggimdir” deb yozgan edi K.Marks.
Ongsizlik
Ongsizlik – ong ishtirokisiz sodir bo’ladigan ruhiy jarayonlar va holatlardir . Ongsizlik ko’pincha , badan harakatida , xotira , hayol namoyon bo’ladi . Real mavjud lekin sezilmaydigan qo’zg’atgichlar vujudga keltiradigan javob ta’sirlardir , asli ongli paydo bo’lgan va takrorlanish natijasida avtomatiklashib ketgan harahatlarda va boshqa holatlarda ro’y beradi . Masalan odam o’z hayollariga cho’mgan holda uyiga qaytadi va har holda kata extimol bilan yo’ldan adashmay keladi . Mobodo biror havfni sezsa bu hatarni sababini va qandayligini anglamasdan turib ham himoya harakatini qiladi .Bemor psixikasi vuludga keladigan alahlash , galyutsinatsiya, kabi patologik hodisalar , uxlash , gipnoz vaqtida , lunatizm va sho’k vaqtida ro’y beradigan hodisalar ham ongsizlikka kiradi . Freyd ongsizlikni sof irotsionalistik tarzda talqin etadi . Uning fikricha , ong bilan ongsizlik o’rtasida murosasiz qarama qarshilik mavjud. Ongsizlikni odam anglashga va payqashga jurat etolmaydi, u insonning azaliy mayillari maskanidir .Ong ijtimoiy mahsul bo’lib , faqat odamlarga hosdir . Hayvonlarda esa ong bo’lmaydi . Psixika-ning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir. Ongsizlik- kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan taassurotlar bilan bog’liq psixik jarayonlar , harakatlar va holatlar yig’indisidir . Psixik holat sifatida ongsizlik voqelikni aks ettirishni shunday bir shakli hisoblanadiki , bundan harakat o’rnini va vaqtini mo’ljal qilish , yaxlitligi yo’qoladi, hatti-harakatlarni nutq yordamida boshqarilishi buziladi .
Ongsizlik – bu kishining huddi ong kabi o’ziga hos psixik qiyofasidir, u kishini miyyasidaborliqni yetarlicha bir hil bo’lmagan qismiga aksi tarzida inson hayotini ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog’liq holda bo’lgandir.


Foydalanilgan adabiyotlar
S.G.Yaroshevskiy. A.N.J dan. B.Gippereyter <> po istori psixoligi . <> - 1990
1. A.N.J dan .”Istoriyi psixologi” M.Nauka.-1990
2. A.V.Petrovskiy . “Umumiy psixologiya”

Tuzuvchi :Niyozaliyev Islomjon


Download 32.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling