Reja: Tabiatda uchrashi Fizik hossalari Kimyoviy hossalari


Download 378 Kb.
Sana24.11.2023
Hajmi378 Kb.
#1796630
Bog'liq
Kislorod



Reja:

1.Tabiatda uchrashi
2.Fizik hossalari
3.Kimyoviy hossalari
4.Ozon va ozonlashtirish

Tabiatda uchrashi. 


Kislorod — Yerda eng ko'p tarqalgan element. U yer po'stlog'i massasining 47,2% ini tashkil etadi. Uning havodagi miqdori hajm jihatdan 20,95% va massa jihatdan 23,15% ga teng. Kislorod suv, tog' jinslari, ko'pchilik minerallar va tuzlar tarkibiga kiradi, tirik organizmlarni tashkil etuvchi oqsillar, yogiar va uglevodlar boiadi.
Olinishi. Laboratoriya sharoitida kislorod natriy gidroksidning suvdagi eritmasini elektroliz qilish (nikel elektrodlar), bertole tuzi (kaliy xlorat)ni yoki kaliy perm anganatni qizdirib turib parchalash y o ii bilan olinadi. Kaliy xloratning parchalanishi marganes (IV) oksid M n 0 2 ishtirokida ancha tezlashadi:
2KC103=2KC1+302T
Juda toza kislorod kaliy permanganat parchalanganda olinadi:
2KMn04=K2M n04+ M n02+ 0 2t
S a n o a t d a kislorod suyuq havodan, shuningdek, suvni elektroliz qilishda vodorod bilan birga olinadi. Kislorod p o ia t ballonlarda 15 M Pa (megapaskal) bosim ostida saqlanadi va tashiladi.
Fizik xossalari. Kislorod — rangsiz, ta ’msiz va hidsiz gaz, havodan bir oz og'ir. Suvda kam eriydi (1 1 suvda 20 °C da 31 ml kislorod eriydi). — 183 °C temperatura va 101,325 kPa bosimda kislorod suyuq holatga o'tadi. Suyuq kislorod havorang tusli boiadi, magnit maydoniga tortiladi. Tabiiy kislorod tarkibida uchta izotop: ;60(99,76%), g70(0,04%) ва '80(0,20%) boiadi.
Kimyoviy xossalari. Tashqi elektron pog'onasini to id irish uchun kislorodga ikki elektron yetishmaydi. Kislorod ularni shiddat bilan biriktirib olib, — 2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Lekin ftor bilan hosil qilgan birikmalarida (O F2 va 0 2F 2) umumiy elektronlar jufti elektrmanfiyroq elem ent b o ig an ftorga tom on siljigan. Bu holda kislorodning oksidlanish darajasi mos ravishda + 2 va +1 ga, ftorniki esa - 1 ga teng.
Kislorod molekulasi ikki atom dan tarkib topgan 0 2. Unda kimyoviy bog'lanish — kovalent qutbsiz.
Ozon molekulasi kislorodning uchta atom idan tarkib topgan 0 ?. Ozon — bu kislorod elementining allotropik shakl o'zgarishidir. Kislorod bilan ozon bitta elementning o'zidan hosil boiganligiga qaramay, ularning xossalari turlicha bo'ladi. Ozon — o'ziga xos hidli gaz. Organik moddalarni yemiradi, ko'pchilik metallarni, shu jum ladan, oltin va platinani ham oksidlaydi. U kislorodga nisbatan kuchli oksidlovchidir. Masalan, u kaliy yodid eritmasidan yodni ajratib chiqaradi, kislorod bilan esa bunday reaksiya sodir bo'lmaydi:
2K J + 0 3°+H20 = J2° + 2K OH + 0 2
2J‘ - 2e = J2 1
0 3 + 2ё = 0 2 + О2’ 1
Ozon oqartiruvchi va dezinfeksiyalovchi ta ’sirga ega.
Kislorodning eng muhim kimyoviy xossasi — deyarli barcha elementlar bilan oksidlar hosil qilish xususiyatidir (dastlabki uchta nodir gazning oksidlari olinmagan). Bunda ko'pchilik moddalar bilan kislorod bevosita, ayniqsa, qizdirilganda reaksiyaga kirishadi. Masalan:
2Ca+02=2Ca0
Kislorod galogenlar, oltin va platina bilan bevosita reaksiyaga kirishmaydi, ularning oksidlari bilvosita yo'llar bilan olinadi. M urakkab m oddalar muayyan sharoitlarda kislorod bilan o'zaro ta’sirlashadi. Bunda oksidlar, ayrim hollarda esa — oksidlar va oddiy moddalar hosil boiadi. Masalan:
2C2H2+ 502=4C 02+2H20
4NH3+ 302=6H20+2N 2 
Kislorod oksidlovchi sifatida. Nisbiy elektrmanfiyligining qiymatiga ko'ra kislorod ikkinchi element hisoblanadi (x=3,50, 2.2- jadvalga q.). Shuning uchun oddiy moddalar bilan ham, murakkab moddalar bilan ham kimyoviy reaksiyalarda u oksidlovchi boiadi, chunki elektronlami biriktirib oladi. Ikkinchi tomondan (a, b, d reaksiyalarga muvofiq), kalsiy, oksidlanish darajasi — 1 b o ig an uglerod va oksidlanish darajasi — 3 boigan azot elektronlarini beradi, shu sababli Ca, C2H 2 va N H 3 qaytaruvchilar hisoblanadi.
Yonish, zanglash, chirish va nafas olish jarayonlari kislorod ishtirokida boradi. Bular oksidlanish-qaytarilish jarayonlaridir.
Kimjoviy va metalhirgiya jarayonlarini jadallashtirish. Oksidlanish jarayonlari havodagiga qaraganda kislorodda ancha jadallashadi. Buni ko'm ir, oltingugurt, p o ia t simning kislorodda yonishi kabi oddiy tajribalarda isbotlash mumkin.
Oksidlanish jarayonlarini jadallashtirish uchun odatdagi havo o 'm ig a kislorod yoki kislorodga boyitilgan havo ishlatiladi. Kisloroddan kimyo sanoatida (nitrat va sulfat kislotalar sun’iy suyuq yoqilg'i, surkov moylari va boshqa moddalar ishlab chiqarishda) oksidlanish jarayonlarini jadallashtirish uchun foydalaniladi.
Kislorod metallurgiya jarayonlarini jadallashtirishning samarali vositasidir. D om na pechiga kislorodga boyitilgan havo puflanganda alanganing tem peraturasi ancha ortadi, natijada, suyuqlanish jarayoni tezlashadi va pechning unum dorligi ortadi. P o ia t suyuqlantirishda — marten va bessemer jarayonlarida havo o'rniga to iiq yoki qisman kislorod ishlatish yanada katta samara beradi: bunda jarayonlar jadallashibgina qolmay, olinadigan poiatning sifati ham yaxshilanadi. Kislorodga boyitilgan havodan (60% gacha 0 2) rangli metallurgiyada (rux, mis va boshqa metallarning sulfidli rudalarini oksidlashda) samarali foydalanilmoqda.
Ishlatilishi. Metallurgiya sanoatida kislorodning ancha ko'p miqdori sarflanadi. Kislorod yuqori temperatura hosil qilish uchun ishlatiladi. Kislorod-asetilen alangasining temperaturasi 3500 °C ga, kislorod-vodorod alangasiniki 3000 °C ga yetadi.
Tibbiyotda kislorod bemorlaming nafas olishini yengillashtirishda (kislorodli yostiqcha va palatkalar) ishlatiladi. Nafas olish qiyin boigan atmosferada ishlarni bajarishda (yerosti va suvosti ishlarida, kosm ik parvozlar va b.) kislorodli asboblardagi kisloroddan foydalaniladi.
Kislorod
Kislorod - Yer sayyorasi atmosferasida tarqalganligi bo‘yicha ikkinchi kimyoviy element (azotdan so‘ng) . U barcha tirik organizmlar uchun goyat muhim va zaruriy element hisoblanadi. Kislorod boshqa elementlar bilan murakkab birikmalar hosil qiladi va turli moddalar tarkibida asosiy o‘rin tutuvchi hisoblanadi.
Kislorod - Mendeleev davri jadvalining 16 guruhiga tegishli bo‘lib, lotincha Oxygen so‘zidan O ramziy ifodasi bilan belgilangan. Atom raqami - 8. Har bir atomida sakiztadan protonlar mavjud bo‘ladi. Shuningdek kislorod yadrosida sakkiztadan neytronlar bo‘ladi.

Kislorod yer po‘stlogining ham 47.4 % ga yaqin qismini tashkil qiladi. Butun olamda esa, kislorod vodorod va geliydan keyingi uchunchi eng keng tarqalgan kimyoviy element hisoblanadi. Ikki atomli holatdagi kislorod (O2), yer atmosferasining deyarli 21% qismini tashkil qiladi. Atmosferaga kislorod asosan, o‘simlik va mikroorganizlarda kechuvchi fotosintez jarayoni natijasida kelib tushadi. Fotosintez jarayonida suv (H2O) va karbonat angidrid (CO2) gazlarining glyukoza (C6H12O6) ga aylantirilishidagi ikkilamchi mahsulot sifatida qaraladi.
Kislorodning ikki xil allatropik shakli mavjud: ikki atomli kislorod - O2 va Ozon - O3. Bu har ikkala allatropik ko‘rinishdagi kislorod atmosferada mavjud bo‘lib, asosan ikki atomli kislorod miqdoriy jihatdan ko‘proqdir. Shuningdek O2 Ozonga (O3) nisbatan barqarorroq bo‘ladi. Kislorod Yer atmosferasining barcha qatlamlarida mavjud, va u asosan yuqori balandliklarda to‘planadi. Ozon esa, ikki atomli kisloroddan ham qolishmaydigan yana bir muhim vazifani bajaradi. U Yer shardagi tirik organizmlar, shu jumladan inson hayoti uchun o‘ta xatarli bo‘lgan kosmik ultrabinafsha nurlanishlarini qaytaruvchi o‘ziga xos qalqondir. Bundan tashqari Ozon yer sirtiga yaqin atmosfera qatlamlrida ham kam miqdorda mavjud bo‘lib, u asosan chaqmoq chaqnashi va yerdagi elektr qurilmalarining ishlashi natijasida paydo bo‘ladi. Yer sirtidagi ozon zararlantiruvchi hisoblanadi.
Ozon tuynugi
Atmosferaning yuqori qatlamlaridagi ozon qatlamining himoya xususiyatining ahamiyati nihoyatda ulkan. Biroq, ozon qatlamini yemiruvchi kimyoviy moddalar mavjud bo‘lib, atmosferaga tushgach, bu moddalar kuchli ta'sir ostida ozon molekulasini ikki atomli kislorod holatiga qaytarib qo‘yishadi. Natijada, ozon tuynugi paydo bo‘lib, yer atmosferasiga zararli nurlanishlar bevosita va hech bir to‘siqsiz tusha boshlaydi. Ozonni yemiruvchi moddalarning asosiysi - xloroftorouglerodlar (XFU) bo‘lib, ular XX asr fan-texnika inqilobi natijasida, keng ko‘lamda va ko‘p miqdorda ishlab chiqarilgan muzlatgich va aerozollarni to‘ldirish uchun ishlatilgan. Birinchi ozon tuynugi 1985-yilda Antarktida osmonida aniqlangan edi, keyinroq esa, bir oz kichik o‘lchamli ozon tuynugi Arktika ustida ham aniqlandi. Hozirda olimlar nima sababdan bunday tuynuklar aynan qutblar osmonida paydo bo‘lganligini aniqlash ustida bosh qotirmoqdalar.
Endilikda XFU ni qo‘llash bir necha marotaba qisqartirilgan. Lekin, hosil bo‘lgan ozon tuynuklarini «yamash» bir necha o‘n yilliklarni oladi...
Ozonlashtirish
Ozonlashtirishda suvda ozon gazi o‘tkaziladi. Ozon orqali qayta ishlangan suvdagi bakteriyalar va mikroorganizmlar yo‘q bo‘lib ketadi. Bu jarayonda ozon kuchli oksidlovchi sifatida mikroorganizmlar va bakteriyalarni o‘ldiradi. Ozonlashtirish suvni tozalashning juda samarali usulidir. Uning xlorli tozalashga nisbatan afzal xususiyatlari bisyor. Masalan ozonlashtirilgan usulda tozalashda, xlorli tozalashdan farqli ravishda, suvning ta'm xususiyatlari o‘zgarmaydi. Bundan tashqari ozon trigalometanlar xlor va boshqa organik moddalarning molekulalari o‘rtasida hosil bo‘luvchi birikmalarning paydo bo‘lishini oldini oladi. Ba'zi olimlarning fikricha trigalometanlar onkologik hastaliklar keltirib chiqarishi mumkin ekan...
Kislorodning kimyoiy xossalari.
Kislorodning tashqi qobigida 6 elektron mavjud. U yuqori elektronegativlik xususiyatiga ega bo‘lib, shu tufayli unga ko‘plab erkin elektronlar tortiladi. Kislorodning tashqi qavatini to‘ldirish uchun ikkita elektron zarur. o‘zining kichik o‘lchamlari tufayli kislorod atomi ikkilanma aloqalarni oson o‘rnatadi. Me'yoriy sharoitda kislorod atomi boshqa bir kislorod atomi bilan oson birikadi va ikki atomli gaz hosil qiladi. Kislorod deyarla barcha boshqa elementlar bilan oson reaksiyaga kirishadi. Boshqa elementlar, kislorod bilan reaksiyaga kirishish natijasida, oksidlanadi. Eng keng tarqalgan oksidlanish reaksiyalaridan biri temir va kislorod o‘rtasidagi oksidlanish reaksiyasidir. Bunda temir oksidi - kindalik turmushda bizlar zang deb ataydigan modda hosil bo‘ladi. Huddi temirdek, deyarli boshqa barcha metallar ham kislorod bilan reaksiyaga kirishib, metall oksidlarini hosil qiladi.

Kislorodli birikmalar hosil bo‘lishida, kislorod manfiy oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Uning ikki tashqi elektron qavati to‘ldirilganda, ion kislorodi O2- hosil bo‘ladi. Kislorod shuningdek, peroksidlar ham hosil qiladi. Peroksid (yoki periks) O22- ioni tutadi.
Kislorodning reaksion xususiyatlari.
Quyoshdan keluvchi yuqori energetik ultrabinafsha nurlanishlari atmosferaning yuqori qatlamlarida kislorod (O2) dan ozon (O3) hosil qilish uchun yetarli energiyani ta'minlay oladi. Shundan so‘ng, ozon, yanada kuchliroq nurlanishlarni akslantirib, ularning yer sirtiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydigan himoya xususiyatiga ega bo‘lib oladi. Kislorod ko‘plab elementlar bilan reaksiyaga kirishishi mumkin, lekin, suv bilan ta'sirlashmaydi. Suvda kislorod juda cheklangan miqdordagina erishi mumkin. Baliqlar va boshqa suv jonvorlari kislorodni diffuziya yo‘li bilan qaqbul qiladi. Odatda, kislorod, galogenlar bilan reaksiyaga kirishmaydi va me'yoriy sharoitlarda kislotalar va asoslar bilan ta'sirlashmaydi.
Muhim kislorodli birikmalar.
Kislorod juda ko‘plab muhim birikmalar hosil qiladi. Ulardan eng asosiysi vodorod oksidi, ya'ni, suvdir. Suvning kimyoviy formulasini deyarli bilmaydigan odam yo‘q bo‘lsa kerak - H2O. Suv molekulalari juda mustahkam bo‘lib, uni kislorod va vodorodga parchalash juda murakkab. Bu borada eng yaxshi usullardan biri - elektroliz (suvdan elektr toki o‘tkazish) hisoblanadi. Elektroliz jarayonida suv molekulasi H2O→H2 + O vodorod va kislorodga parchalanadi.
Kislorod shuningdek uglerod bilan ham mustahkam birikmalar hosil qiladi. Bu birikma karbonat angidrid yoki uglerod ikki oksid deyiladi va u CO2 formulasi bilan ifodalanadi. CO2 gazi intensiv oksidlanish (yonish) jarayonida yoki parchalanish reaksiyalarida hosil bo‘ladi. Bu gaz ham yuqori barqarorlikka ega bo‘lib, uning asosiy parchalanish jarayonlari o‘simliklardagi fotosintez orqali amalga oshadi.
Kislorod har xil elementlar bilan reaksiyaga kirishib, ionlar hosil qiladi. Kislorod tutuvchi umumiy ionlarga xloratlar (ClO3-), perxloratlar (ClO4-), xromatlar (CrO42-), dixromatlar (Cr2O72-), permanganatlar (MnO4-), va nitratlar (NO3-) ni misol qilib keltirish mumkin. Bu ionlardan ko‘pchiligi shuningdek kuchli oksidlivchilar ham bo‘lib hisiblanadi. Ko‘plab metallar ham kislorod bilan birikib, oksidlar hosil qiladi. Masalan, yuqorida aytganimizdek, temir oksidi - zang bunga misol bo‘la oladi. Metallar sirtida paydo bo‘luvchi boshqa oksidlanishlar korroziya deb ataladi. Bu reaksiyalar havoda o‘z-o‘zidan yuz beradi. Lekin ular metallardagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tufali tezlashishi mumkin.
Kislorod shuningdek, uglerod birikmalari bilan ham ta'sirlashib,turli xil kimyoviy organik moddalar keltrib chiqaradi. Ularga aldegidlar (R-COY), spirtanlar (R-OH), va karbon kislotalar (R-COOH) kiradi. Bu formulalardagi R organik guruhni ifodalaydi. Ushbu organik birikmalarning aksariyati yuqori kimyoviy faollikka ega bo‘lib, buning sababi kislorodning vodorod ionlarini osongina berib yuborishidir.
Kislorodning olinishi.
Laboratoriyalarda kislorod har qanday kislorodli birikmalarni parchalash yo‘li bilan olinishi mumkin. Bu jarayon faqat oz miqdordagi kislorod olish uchun qulay. Birikmalarni har xil haroratlarda parchalanadi. Past heroratlarda parchalanadigan birikmaladan foydalanish yuoqri haroratlarda parchalanadigan birikmalarga nisbatan osonroq hisoblanadi. Shuningdek, suvni elektroliz qilish orqali ham kislorod olinadi. Elektrolizni laboratoriyada kichik miqiyosda yoki, zavodlarda, katta miqiyosda amalga oshirish mumkin. Lekin, katta miqiyosdagi elektroliz uchun ko‘p miqdorda elektr quvvati sarflanadi va shu tufayli bu usul, iqtisodiy jihatdan maqsadga muofiq hisoblanmaydi. Kislorod olishning nisbatan samarali usuli bi suyuq havoni kriogen (muzlatish orqali) haydashdir. Bu usul yordamida o‘ta toza havo olish mumkin. Bu havo sovutiladi va uning tarkibidagi barcha suv buglari va CO2 gazi yo‘qotiladi. Keyin havo bir necha bosqichda siqiladi va sovutiladi. Bu bosqichlardan keyin havo suyultirilgan holatga kelib qoladi. Suyuq havoda har xil gazlarni ajratib olish mumkin. Bunda suyuq kislorod, suyuq azot va argon hosil bo‘ladi.


k islorod
Download 378 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling