Abdullaxon bandi
Download 0.56 Mb.
|
ABDULLAXON
ABDULLAXON BANDIXVI asr Buxoro tarixchisi Hofiz Tinish Mirmuhammad al-Buxoriyning "Abdullanoma" nomli qo‘lyozma asarida hikoya qilinishicha, Buxoro xoni Abdullaxon (1557-1598 yillarda hukumronlik qilgan) 1582 yilda SHimoliy Qozog‘istonga qilgan harbiy yurishidan qaytib kelayotganida Nurotaga Jo‘sh qishlog‘i yaqinidagi Oqchob manzili orqali o‘tgan. Bu yerda bahor oylarida juda ko‘p sel suvlari to‘planar, ammo bu suvlardan dehqonchilikda deyarli foydalanilmas ekan. Sel suvlarini bir joyga to‘plab, undan dehqonchilikda foydalana olish uchun xon Oqchob darasi oralig‘iga katta to‘g‘on qurishni buyurgan.
Abdullaxon xonlikdagi eng oliy mansablardan biri - "otaliq" lavozimini egallab turgan Ahmadali Naymanga band qurilishida boshchilik qilishni buyurgan.
Mahmud G‘aznaviy (998-1030 y.) tomonidan qurdirilgan G‘aznibod suv ombori to‘g‘onning uzunligi 300 qari (gaz), balandligi 40-50 qariga teng bo‘lgan. Keyinchalik Alouddin Jahonso‘z G‘uriy (1172-1205 y.) tomonidan buzib tashlagan bu sug‘orish inshooti 1526 yilda Bobur farmoni bilan qayta tiklangan.
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling