Abdullaxon bandi
Download 0.56 Mb.
|
ABDULLAXON
Ko‘prikning ustki o‘tiladigan yo‘l qismining eni 7 m dan ortiqroq bo‘lib, uning ikki cheti pishiq g‘ishtdan, balandligi ham, qalinligi ham 1 metrlik g‘ov qilib ishlangan. G‘ovlar, shubhasiz ko‘prik usti qatnovchilarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan. Shunday qilib, Shayboniyxon suv ayirg‘ich ko‘prigining saqlangan qismlari o‘lchamlariga qaraganda, bu inshootni bunyod qilgan XVI asr me’mor quruvchilari inshootning daryo ichida o‘rnatilgan ustunlaridan tortib har bir ravog‘i va ustki yo‘l qismlarining tuzilishigacha matematik jiqatdan aniq va puxta loyihalashtirganlar. Afsuski, u bu ajoyib suv inshootini barpo etgan O‘rta asr gidrotexnik-me’morlarining nomlari tarixda saqlanib qolmagan.
Bunday gidrotexnika inshootlari O‘rta Osiyoda yagona bo‘lmagan. Masalan XVI asr tarixchisi Xondamirning yozishicha birgina Xuroson viloyatida Mir Alishyer tomonidan 19 ta hovuz va 16 ta g‘ishtin ko‘priklar barpo qilingan. Ularning ayrimlari hatto marmardan ishlangan. XIII asrga oid qo‘lyozma asarlardan Mirzo Muhammad Bade devonning "Majma’ al-arqom" da keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda birginga Zarafshon daryosining quyi oqimida "Puli Karmana", "Puli Mextar Qosim", "Puli Choxorminor" va "Puli Jondor" kabi daryodagi suv hajmini belgilovchi suv o‘lchagich va suv taqsimlagich ko‘priklar bo‘lgan. Ammo bu ko‘priklar allaqachon vayron bo‘lib, ularning qoldiqlari daryoning ko‘hna o‘zani ostida qolib ko‘milib ketgan.
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling