Abdullayev Sardorbek bbi-70


Download 22.61 Kb.
Sana14.01.2023
Hajmi22.61 Kb.
#1093540
Bog'liq
metodologiya amaliy


Abdullayev Sardorbek BBI-70
Tadqiqot metodologiyasining asosiy kategoriya va tushunchalari

  1. Tadqiqot obyekti va predmetini aniqlash

Umumiy ma’noda tadqiqot obyekti - bu qarama- qarshilikni o‘z ichiga olgan va muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan obyektiv voqelikning, hodisaning (jarayonning) bir qismi. Tadqiqot obyekti ijtimoiy- iqtisodiy tizimlar sinfiga tegishli boshqaruv tizimi, shuningdek unda sodir bo‘layotgan jarayonlardir.
Tadqiqot predmeti - bu o‘rganilishi kerak bo‘lgan obyektning amaliyot va nazariya nuqtai nazaridan eng muhim xossalari, tomonlari, xususiyatlari.
Tadqiqot predmeti tizimda yuzaga keladigan muammoli vaziyat, ya’ni ba’zi qarama-qarshiliklarni minimallashtirish yoki yengib o‘tish zarurati bilan bog‘liq.

  1. Tadqiqot vositalari va metodlari

  2. Mo‘ljallar va cheklovlar

Mo‘ljallar va cheklovlar tadqiqotni maqsadli ravishda o‘tkazishga imkon beradi.
Ular qat’iy va yengil, yaqqol yoki oldindan aytib bo‘ladigan, mavhum va oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘ladi.

  1. Tadqiqot- ga yonda- shuvlar

Bu tadqiqotning maqsadga nisbatan yo‘nalishini belgilaydigan boshlang‘ich pozitsiyasi, rakursi.

  1. Tadqiqot maqsadi va vazifalarini aniqlash

Tadqiqotning maqsadi - bu uning yakuniy natijaga umumiy yo‘naltirilganligi.
Maqsad tadqiqot muammolarini aniqlash va
tanlash uchun asosdir.
Tadqiqotning maqsadlari joriy va istiqbolli, umumiy
va mahalliy, doimiy va epizodik bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotning vazifalari - bu tadqiqot jarayonida hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar; javob olinishi zarur bo‘lgan savollar.
Vazifalar maqsadni aniqlashtiruvchilari
hisoblanadi.
Metodologiyaning estetik va etik asoslari
Estetik asos
Inson faoliyatining har qanday turida ma’lum darajada estetik komponentlar mavjud. Ularning o‘ziga xosligi va vazifalari shundaki, ular subyektning dunyoga nisbatan o‘z-o‘zini erkin ifodalash sohasidir.
Etik asos
Har qanday inson faoliyati jamiyatda amalga oshirilganligi sababli, u axloqqa asoslanadi (aniqrog‘i, doimo asoslanishi kerak) va axloqiy me’yorlarga muvofiq tashkil etiladi.
Korporativ etika
Aniq bir korxona, firma, tashkilot, muassasa dorasida xodimlar o‘rtasidagi an’ana tusiga kirgan yoki me’yoriy hujjatlarda - nizomlarda, lavozim yo‘riqnomasida mustahkamlangan yozma va yozilmagan munosabatlar normalari to‘plami bo‘lib, albatta, har bir rahbar, har bir xodimning ushbu ichki normalarga rioya qilishlari shart.
Kasbiy etika
Ba’zi kasblar uchun umuminsoniy, umummilliy axloqiy me’yorlardan tashqari, qo‘shimcha kasbiy axloqiy standartlar mavjud: tibbiy etika (mashhur Gippokrat qasamyodi), pedagogik etika va boshqalar.
Bunday kasblardagi faoliyat ushbu aniq
axloqiy me’yorlarga muvofiq tashkil etiladi
Ilmiy etika normalari
Ilmiy etika normalari biron bir tasdiqlangan kodekslar, rasmiy talablar ko‘rinishida shakllantirilmagan. Ammo ular mavjud va ikki jihat bo‘yicha ko‘rib chiqilishi mumkin: ichki (olimlar hamjamiyatida) axloqiy normalar va tashqi - olimlarning xatti-harakatlari va ularning oqibatlari uchun ijtimoiy javobgarligi sifatida.
Ilmiy tadqiqotlarning asosiy natijalariga quyidagilar kiradi:

  • Ilmiy referatlar;

  • Konferentsiyalar,

  • yig'ilishlar,

  • seminarlar,

  • simpoziumlardagi ilmiy ma'ruzalar;

  • Kurs ishi (diplom, magistrlik) ishi;

  • Ilmiy -tadqiqot (tajriba -konstruktiv va texnologik) ishlari bo'yicha hisobotlar;

  • Ilmiy tarjimalar;

  • Dissertatsiya (nomzodlik yoki doktorlik);

  • Depozit qilingan qo'lyozmalar;

  • Monografiyalar;

  • Ilmiy maqolalar;

  • Algoritmlar va dasturlar;

  • Ilmiy konferentsiyalar bo'yicha ma'ruzalar;

  • Old nashrlar;

  • Darsliklar, o'quv qo'llanmalari;

  • Bibliografik ko'rsatkichlar va boshqalar



Download 22.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling