Abdullayev Umidjon Baxodirovichning “O‘rta Osiyo astronomlarining fan tarixida tutgan o‘rni va uni astronomiyada o‘qitish”


Download 13.06 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi13.06 Kb.
#1211732
Bog'liq
Хулоса Умид.. авл (1)


A.Аvloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti Fizika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlov kursining 256-guruh tinglovchisi Abdullayev Umidjon Baxodirovichning “O‘rta Osiyo astronomlarining fan tarixida tutgan o‘rni va uni astronomiyada o‘qitish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy raxbar
X U L O S A S I
Fan va texnika hozirgi davrga kelib ulkan cho‘qqilarni zabt etgan. Rivojlangan davrda yashayotganimiz esa hech kimga sir emas. Shunday ekan, olimlar, o‘qituvchilar oldida katta muammolar paydo bo‘lmoqdaki, maktablarda, akademik litsey va oliy ta’lim muassasalarida ajdodlarimiz ilmiy meroslaridan foydalanib, zamonaviy metodlar yordamida dars o‘tish hamda mashg‘ulotlar metodikalarini yaratish shu muammolarining biridir.
Mazkur bitiruv malakaviy ishi “O‘rta Osiyo astronomlarining fan tarixida tutgan o‘rni va uni astronomiyada o‘qitish”ga bag‘ishlangan. Bu bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari berilgan. 1-bobda Astronomiya tarixi va o‘rta asr astronomiyasi deb nomlanib unda qadim dunyo kosmologiyasi, Bog'dod astronomiya maktabi va uning faoliyati Muxammad Al-Xorazmiy va Ahmad Al-farg'oniyning astronomiya sohasidagi ilmiy meroslari, Axghmad al-Farg'oniy - Ma'mun akademiyasining bosh astronomi, Abu Rayxon Beruniy Va Umar Xayyom - O‘rta asrning buyuk astronomlari yoritib berilgan. 2-bobda Astronomiya tarixini o‘rganishning ahamiyati haqida so‘z boradi unda Umar Xayyom – astronom, Marog'a va Samarqand rasadxonalarining ilmiy faoliyati Ulug'bek va uning astronomiya maktabi Bugungi kunda astronomiya tarixini o‘rganilish holati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari mazkur bo‘limda hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biri ya’ni, ta’lim muassasalarida "O‘rta Osiyo astronomlarining fan tarixida tutgan o‘rni" mavzusini o‘qitish metodikasi haqida keng ma’lumotlar yoritilgan. Tadqiqotning xulosa qismida qilingan ishlar natijalari hamda tavsiyalar keltirilgan.
Abdullayev Umidjon bitiruv ishini tayyorlash jarayonida bir qancha adabiyotlar va ilmiy maqolalar bilan tanishib chiqqan albatta, bu uning yutuqlaridan biridir.
Manzurova Shaxloning “O‘rta Osiyo astronomlarining fan tarixida tutgan o‘rni" va uni astronomiyada o‘qitish” mavzusidagi bitiruv ishi qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradi va uni ijobiy baxolab himoyaga tavsiya qilaman.
Nizomiy nomidagi TDPU
Ilmiy raxbar “Fizika va astronomiya”
kafedrasi dotsenti f-m.f.n. E.Q.Qalandarov
Download 13.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling