Abdullayeva muhabbat umid qizi


Ekologiyaning o’tmishi va buguni


Download 0.97 Mb.
bet13/60
Sana17.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1524710
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
Bog'liq
YIRIK SHAHARLARNING IJTIMOIY-EKOLOGIK MUAMMOLARI

Ekologiyaning o’tmishi va buguni
A. Navoiy va Boburlar davrida ham ko`pkina bog`lar barpo qilingan va qayta tamirlangan. Hozirgi kunga kelib ko`pgina tashkilotlarning rahbarlari “mendan ketguncha” qabilida ish tutib, nomiga daraxt, gul ekadilar-u natijasiga qiziqmaydilar. Oqibatda har yili o`sha ma`lumot, o`sha raqam berilib, xuda ko`rsinga ish yuritilishiga o`rganib qolingan. Daraxt, gul ekildimi, uni parvarish et, o`stir, voyaga yetkaz yashil daraxtlar safiga kirish, qog`ozbozlikka berilib, bu aqidalarni unitib quyish gunohdir.
Bizda, ayniqsa, saraton oyi yashilzorlar oyi uchun sinov oyi, uni albatta bir necha bor sug`orilmasa qurib qolishi xar kishiga “oynadek” ayondir.
Ko`pgina tog`larda tabiiy o`sadigan o`simliklar: rivoch, tog` piyozi, sunbul lola maydonlari yil sayin kamayib bormoqda.Masalan,Urgut tog`laridagi rivoch va tog` piyozlari tipiga selitra solinib, suniy tarzda va ko`paytirilib,bozorda sotilmoqda.Natijada bu o`imliklar g`oyat kamayib ketmoqda.
Cho`l va adirlarda o`suvchi ko`pgina o`simliklar daraxtlar ham palapartish foydalanish yoqilg`I uchun ko`plab tashilish oqibatida siyraklanib qoladi. Bunday o`simliklar jumlasiga saksovul, qandim, quyonsuyak, cherkiyos shuvoq tog`larda esa bodomchi va sharshiroq archalarni kiritish eroziyasidan saqlash vazifasini bajaradi. Shuning uchun bunday nabotob olami asrab ko`paytirish davr talabidir. Tabiatshunos olimlarimiz aytganlaridek “Baliqqa suv, qushlarga tubsiz osmon, jonivorlarga o`rmon, tog`-tosh, cho`li-biyobon zarur. Insonga esa vatan kerak”. Tabiatni muxofaza etish vatanni muxofaza etish demakdir. Respublikamizda daraxt ekib xushhavo joylar barpo etish uchun imkoniyatlar katta. Bunday joylar respublikamiz tog` yonbag`irlari, daryo qirg`oqlari bo`lib, unda issiqlikga chidamli ham tabiatga, ham insonga foyda keltiruvchi tut, yong`oq, do`lana, jiyda, pista, bodom kabi mevali daraxtlar ekib, yuqori hosil olish mumkin. Odamlar tabiatdan baxramand bo`lib, uning bag`riga dam olishga chiqadilar, ma’naviy ozuqa oladilar. Lekin shunday kishilar ham borki shu joylarda o`zlarining “Esdaliklarni qoldirishadi”. Bu yetmaganidek daraxt shoxlarini sindirishadi, tanasiga pichoq bilan uyub nomlarni yozadilar va hokozo. Tabiatni ona deymiz. Ona esa hayotdaki eng ulug` zotdir. Onani xo`rlagan, unga azob bergan inson bir umr yuzi qora va zabundir.
Ona tabiat ham shunday, uni asrab-ardoqlab, ko`z qorachig`idek asrab saqlash har bir insonning muqaddas va sharafli burchi sanaladi. Qur’oni Karimda nabotob olami ollohning insonga ato etgan eng ulug` nematlaridan biri ekanligi, bu olam bo`lmasa yer yuzida hayot ham bo`lmasligi qayd etilgan.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling