Pochta aloqa texnologiyalari
Download 251.93 Kb. Pdf ko'rish
|
AKADEMIK YOZUV 2 2-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chingiz Aymatovning "Oq kema " asariga TAQRIZ Farg‘ona-2022
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG‘ONA FILIALI TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA’LIMI FAKULTETI “POCHTA ALOQA TEXNOLOGIYALARI” YO‘NALISHI 771-22 GURUH TALABASI TOLIPOV XILOLAXON JO‘RAQO‘ZI QIZINING AKADEMIK YOZUV 2 FANIDAN Chingiz Aymatovning "Oq kema " asariga TAQRIZ Farg‘ona-2022 CHINGIZ AYMATOVNING “OQ KEMA” ASARIGA TAQRIZ. "Oq kema qissasi Uning ikki ertagi boʻlardi. Birini oʻziniki boʻlib, uni hech kim bilmasdi. Ikkinchisini esa bobosi soʻzlab bergandi. Keyin birortasi ham qolmadi. Gap shu xususda"deb boshlandi. "Oq kema "da hayot murakkabliklari, inson va tabiat, inson va jamiyat munosabatlari, ezgulik va yovuzlik kurashi yuksak mahorat bilan tasvirlanadi va bu muammolarni xususida teran falsafiy mushohado yuritiladi. Qissaning asosiy qahramonlari: bola, uning bobosi, Moʻmin, oʻrmon xoʻjaligi boshligʻi Oʻrazqul va uning xotini. Adib har bir qahramonlarni turlicha xarekterini ochish orqali mehr -muhabbat Kurashini yoritadi. Bola faqat bobosiga suyanardi. Bolaga, bobosining Shoxdor ona bugʻu haqidagi ertagi yoqadi.Bobosi oʻzini Shoxdor ona bugʻu avlodi deb bilardi. Bola Shoxdor ona bugʻu toʻgʻrisida eshitganlarini portfeliga aytib berardi. Ushbu afsona xuddi ertaklarga oʻxshagan qadimda boʻlib oʻtgan deb boshlanadi.Unda ezgulik va yovuzlik kurashi naql qilinadi. Zoʻravonlik va shuxratparastlik azal-azaldan kishilarning azoblanib kelingani qirgʻizlarni qirgʻin qilingan dushmanlarining shafqatsizligi misolida gavdalantiradi. Oʻzga qabila ning Soʻngi odamigach qirgan, molu mulkini tortib olgan kishi eng aqlli, uddaburon, Botir sanalgan zamonda "kechgan yomon illatlar haqida bu Afsona oʻzining butun dahshati bilan xayolni egallab oladi. Dushmanlar qirgʻizlarni yer suvi qolmasligi uchun talab ketishadi. Aytmatov romanda manqurtlik turli shakllarda namoyish boʻlishi va u hamisha insoniyat uchun fojia ekanini oʻz onasini otib oʻldirgan Joʻlamon va otasining vafot etganiga qaygʻurmagan Sobitjon, kishilarni qiynash, azoblashdan huzur qiladigan Tansiqboyev hatti xarakatlarini koʻrsatish borasida gavdalantiradi. Afsona rivoyatlarida, insonning paydo bo‘lishi, hayoti bevosita tabiat bilan bog‘lanadi. Shoxdor ona bug‘u togʻrisida afsonada ham bir qabilaning omon qolishiga tabiat, undagi o‘simliklar jonzotlar sababchi qilib koʻrsatiladi. Shuning uchun tabiat onaga qiyoslanib "Ona tabiat "deyiladi. "Oq kema"dagi afsonada Shoxdor ona bugʻu tabiat timsolidir. Odamlar qanchalik zarar yetkazsada, tabiat odamlardan ne‘matlarini ayamaydi. Xuddi biz daraxtga tosh otsak biror bir meva olamiz yoki boʻlmasa guldir. Hayot ham shunday biror kishi bizga tosh otsa biz unga goʻzal narsalarni rovo koʻra bila olishimiz kerak. Shoxdor ona bugʻu ham kishilar uning ikkita bolasini otib oʻldirishsa-da, odam bolalariga yaxshilik qiladi. U Choʻtir Baymoq kampirning ogohlantirishga qaramasdan, qirgʻin qilingan qabilaning omon qolgan bolalarni uzoq joyga eltib, suti bilan boqib, oʻz bagʻriga bosadi.Bola esa doimo tepalikdan oʻsha oppoq kemani kelishini kutib turar, baliq kabi suzib kemaning oldiga borishni istardi. Shiroljinlar tagida toshlar bilan suhbat qilardi. Maktab borishni juda ham istardi bunga ham erishdi ham.Buvisining gaplari uning qizining farzandsizligi uni bezdaytirib qoʻygan edi. Bobosining kuyovi ham gʻirt bekorchi edi. Ha deb qaynonasi bilan qaynotasini koyigan edi, farzandsizligidan xotinini urardi. Bechora xotini ham bunga koʻnikib ketgandi. Jaholat ga yuz tutgandi goʻyo. Xulosa qilib aytganda romandan yozuvchi nima demoqchi?U faqatgina dunyoni pok va toʻkis boʻlishini istab bir bola asosida dunyoga boqadi. Asardan har bir kishi yaxshi yomonlikni ajrata oladi, jaholat ga yuz tutmaydi. Bola orqali sabrli boʻlishni, yaxshiliklar qilishni tabiatni sevish va uni asrab avaylashni, chidamlillikni bilib oldim. Haqiqatan hamyozuvchi bir bola orqali koʻrib bu dunyoning nopok ishlarini kirdikorlarini ochib bergandek boʻldi. Bola bu nopok dunyoda sigʻmadi. Download 251.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling