Abdullayeva shahzodaxon fazliddin qizi


Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat


Download 353.11 Kb.
bet4/19
Sana20.06.2023
Hajmi353.11 Kb.
#1629320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
,,,,,,

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Kundalik turmushimizda jamoat transportining alohida ahamiyati va oʻrni mavjudligi barchamizga oydek ravshan. Shu bilan birgalikda, yurtimizda aholiga transport xizmatlari koʻrsatish borasida yetarlicha muammo va kamchiliklar toʻplanib qolgani ham sir emas. Muammo bor ekan, uning qandaydir ijobiy yechimi ham boʻladi. Shu bois, mamlakatimizda barcha sohalarda boʻlgani kabi mazkur sohada ham islohotlar olib borilmoqda.
Asosiy faoliyat yoʻnalishi isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning isteʼmolchilik huquqiy bilimlarini oshirish yoʻnalishida ish olib borish boʻlgan tashkilot vakili sifatida, avvalambor, Konstitutsiyamizda isteʼmolchining huquqlari ustuvorligi belgilab qoʻyilganligi, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik boʻyicha isteʼmolchining bu boradagi huquqlari, aholiga mazkur xizmatlarni koʻrsatayotgan korxonalar qanday talablarga amal qilishlari lozimligi yuzasidan fikr bildirishimiz kerak boʻladi. “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun 3­moddasida6 agar Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnoma yoki bitimda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllanilishi belgilab qoʻyilgan. Demak, aholiga shu turdagi xizmatlarni koʻrsatib kelayotgan korxonalar yurtimizda ichki va tashqi turizmga katta eʼtibor qaratilayotganini ham nazarda tutishlari shart. Bu degani xorijdan kelgan turist va transport korxonasi oʻrtasida nizo chiqadigan boʻlsa va Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan xalqaro shartnomada amaldagi qonunimizda belgilangan normadan qatʼiyroq norma belgilangan boʻlsa, korxona ana shu holatdan kelib chiqib javob berishga tayyor turishi lozim. Ushbu tadqiqot ishida ham aynan jamoat transporti samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqilganligi, sohada mavjud muammolarga yechim sifatida xalqaro tajribalardan foydalanishga oid berilgan takliflar ilmiy tadqiqot ishini o‘rganish chuqur va izchil yondashilganligini ifodalaydi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi: - Xorij mamlakatlarida aholiga jamoatchilik transporti xizmatini koʻrsatayotgan korxonalar va jamoatchilikning oʻzi ham haydovchi qoʻliga pul ushlatmaslikka intilishadi. Toʻlov tizimi joriy qilinayotganda masalaning shu tomonlarigacha eʼtiborga olinadi. Natijada haydovchi faqatgina yoʻlovchilarni yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda xavfsiz tashishnigina oʻylaydi. Uning zimmasida “plan” yoʻq. Albatta, sohani yana biz bilgan va bilmagan nozik tomonlariyam borki, ularga toʻxtalib oʻtirmaymiz. Shuning bilan birgalikda, xalqimizda “proyezdnoy” deb ataladigan, transportda muayyan vaqt yurish huquqini beradigan chipta turi ham borki, mazkur masalaga ham biroz toʻxtalib oʻtish joiz. Poytaxtda avtobus yoʻnalishlariga bitta korxona “Toshshaharyoʻlovchitrans” MCHJ tomonidan xizmat koʻrsatiladi va yoʻlovchining qoʻliga berilgan oylik yoʻl chiptasi barcha avtobus yoʻnalishlarida qabul qilinadi. Lekin tuman va shaharlarda hududni toʻliq qamrab olgan bunday korxonalar yoʻq. Natijada siz sotib olgan "proyezdnoy" bir yoʻnalishga oʻtsa, ikkinchi yoʻnalish tomonidan tan olinmaslik holatlari bor. Sababi yoʻnalishlarga boshqa­boshqa korxonalar xizmat koʻrsatadi. Barcha korxonalar uchun umumiy oylik yoʻl chiptasini joriy qilish masalasi esa toʻliq hal qilinmagan. Shuning uchun ham xorij mamlakatlarida toʻlov tizimi markazlashtirilgan boʻlib, siz sotib olgan transport kartasi transportning barcha turlari (avtobus, trolleybus, tramvay, metro) uchun oʻtadi.

Download 353.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling