Abdullayeva shahzodaxon fazliddin qizi


Download 353.11 Kb.
bet1/19
Sana20.06.2023
Hajmi353.11 Kb.
#1629320
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
,,,,,,


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITET

Qo’lyozma huquqida


UDK_____________

ABDULLAYEVA SHAHZODAXON FAZLIDDIN QIZI


URGANCH JAMOAT TRANSPORT YO‘NALISHLARINI MURAKKABLIK DARAJASINI BAHOLASH USLUBI

Magistr akademik darajasini olish uchun


DISSERTATSIYA

70712501 – “ Yer usti transport vositalari va tizimlari
(Ixtisoslashtirilgan transport vositalari)”

Ilmiy raxbar:
Phd Abdurazzoqov U.A.
Toshkent -2023
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda shahar jamoat transportlari harakat jadvallarini ishlab chiqishda dispetcherlar oldida avtobuslarning harakat muntazamligini doimiy ta’minlash vazifasi alohida ahamiyat kasb etadi. Yo‘lovchilarga ishonchli xizmat ko‘rsatishda jamoat transportlari infratuzilmasini tubdan rivolantirish, xizmat sifatini oshirish hozirgi kundagi eng dolzalb muammolardan biri sanaladi. Mazkur masalaning ilmiy yondashuvi, avtobuslarning harakat jadvalini ishlab chiqish va muntazamlik ko‘rsatkichlari tahlillarini olib borishni taqozo etadi. “Urganch jamoat transport yonaliwlarini murakkablik darajasini baholash uslubi” mavzusida yozilgan tadqiqot ishida transport harakatning muntazamligi yo'lovchi tashish bilan shug'ullanuvchi transport faoliyatining yeng muhim sifat ko'rsatkichi ekanligini muhim omil sifatida tahlil etib o‘tiladi. Shuningdek, so‘nggi yillarda aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, jamoat transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish va harakat tarkibini zamonaviy, ekologik toza avtobuslar bilan yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligiga oid islohotlar xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirib o‘tilgan. Shu bilan birga, tadqiqot ishini yozish mobaynida qatnov muntazamligiga, harakat xavfsizligi va sifat talablariga rioya etilmasligi, yo‘lkira haqining tabaqalashgan tariflari mavjud emasligi, amoat transportini moliyalashtirishning amaldagi tizimi harakat tarkibini tizimli ravishda yangilab borish va sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish imkonini bermayotganligiga oid qator dolzarb muammolar tahlil etilgan. Xususan, aholining yuqori sifatli va qulay yo‘lovchi tashish xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish, sohada bozor tamoyillarini joriy etish, xususan moliyalashtirish tizimi va tarif siyosatini takomillashtirish orqali xususiy sektor uchun jozibali biznes muhitini yaratish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga transport xizmatining yangi bosqichga ko‘tarish borasida maqsad vazifalar belgilab o‘tilgan.



Download 353.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling