Abdullayeva shahzodaxon fazliddin qizi


I.BOB. JAMOAT TRANSPORTI XIZMATIDAN FOYDALANISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI


Download 353.11 Kb.
bet3/19
Sana20.06.2023
Hajmi353.11 Kb.
#1629320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
,,,,,,

I.BOB. JAMOAT TRANSPORTI XIZMATIDAN FOYDALANISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI


1.1. Shaharlarda yo‘lovchilarni jamoat transporti xizmatidan foydalanish afzalliklari

1.2. Shahar jamoat transporti harakat muntazamligini baholash


I bob bo‘yicha xulosa
II.BOB. JAMOAT TRANSPORT YONALISHLARINI MURAKKABLIK DARAJASINI BAHOLASH USLUBI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
2 .1. Innovatsion infratuzilmalarni multimodal shahar jamoat transportiga jalb qilish orqali ko’cha-yo’l tarmoqlari yuklanishini bartaraf etish

2.2. Shahar jamoat transporti harakat rejimiga ob-havo ko‘rsatkichlarining ta’siri


II bob bo‘yicha xulosa
III.BOB. URGANCH JAMOAT TRANSPORT YO‘NALISHLARINI MURAKKABLIK DARAJASINI BAHOLASH USLUBI
3.1. Urganch Jamoat transport yo‘nalishlarini murakkablik darajasini baholashning nazariy va amaliy tahlili
3.2. Jamoat transport yo‘nalishlari borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqbollar
III bob bo‘yicha xulosa
XULOSA...............................................................................................................
ILOVALAR……………………………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI........................................
KIRISH
Ishning qisqacha ma’nosi. Jahonda shahar jamoat yo‘lovchi transporti faoliyatini optimallashtirishga qaratilgan ko’plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, xorijiy mamlakatlardan AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya Belorussiya,Ukraina, Janubiy Koreya, Xitoy boshqa ko‘pgina davlatlarda jamoat
yo‘lovchi transporti ishini tashkil etishga logistik usullarni qo‘llashga katta e’tibor qaratilmoqda.Jahonda shahar aholisining transport harakatchanligi yil sayin ortib bormoqda. O‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab rivojlangan mamlakatlarda, xususan Yevropada shaharlarni rejalashtirishda ustunlikka ega bo‘lgan “avtomobilga moslashuvchanlik” siyosati shakllanib bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida aholiga transport xizmati ko‘rsatish jarayonlaridagi mavjud bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ko‘cha-yo‘l tarmoqlarining harakat bilan yuklanganlik darajasining keskin ortishi jamoat yo‘lovchi transporti ishini tashkil etishda bir qator qiyinchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Buning natijasida yo‘lovchilarni o‘z vaqtida belgilangan manzillarga yetkazib borishini ta’minlash murakkablashib bormoqda. Bu borada, yo‘lovchilar oqimi notekislik koeffisentining o‘zgarishi jamoat transportidan foydalanishni samarali tashkil etish imkoniyatlariga
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shaharlarda jamoat transporti ishini tashkil etishdagi asosiy mezon bo‘lib hisoblangan yo‘lovchilar oqimlari parametrlarining o‘zgarishining tasodifiy xarakteri ham bu jarayonni oqilona tashkil etishda ayrim muammolarni keltirib chiqarmoqda.Respublikamizda shahar jamoat yo‘lovchi transportining harakat yo‘nalishlarida harakatini optimal tashkil etish uchun bir qator ilmiytadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalarini muntazam ravishda amaliyotga joriy etishni taqozo etadi. ahon amaliyotida transport xizmatlari sifatini tashkil etuvchi elementlaridan biri bo‘lgan ekspluatasion sifatlarni shakllantirish, uning texnik, texnologik, ekspluatasion va tashkiliy xususiyatlarini baholashga ekonometrik usullar va raqamli texnologiyalarga asoslangan metodologik bazani takomillashtirish borasida ko‘plab ishlar amalga
oshirilib kelinmoqda. Yirik shaharlarning muayyan ekspluatasion sharoitlaridan kelib chiqqan holda aholiga sifatli va kafolatlangan jamoat transporti xizmatini ko‘rsatishda uning ekspluatasion sifatlarini shakllantirish, baholash hamda maqbul darajasini ta’minlashbo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.Respublikamizda urbanizasiya jaraѐnining jadallashuvi, aholi sonining muttasil o‘sib boraѐtganligi natijasida jamoat transportiga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham kun sayin oshib bormoqda. Tuman va shaharlarda jamoat transportini rivojlantirish davlat siѐsati darajasiga ko‘tarilib,
aholiga transport xizmatlari ko‘rsatuvchi harakatdagi tarkib parkini yangilash va ulardan samarali foydalanish, tashish xarajatlari va transport xizmatlari sifati o‘rtasidagi oqilona mutanosiblikni o‘rnatish orqali tariflarining asossiz o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «...aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislikkommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ..aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish
xavfsizligini oshirish.»1, shuningdek, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida «...36-maqsad: Toshkent shahri
va hududlarda jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish»2 masalalari alohida belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni bajarishda aholining transport xizmatlari sifatidan qoniqish darajasini oshirishning muhim omili hisoblanuvchi talab etiladigan tashish hajmi va sifatiga erishishni ta’minlovchi ekspluatasion sifat darajasini baholash va uni yaxshilash zaxiralarini
aniqlash bilan bog‘liq tadqiqotlarni olib borish dolzarb hisoblanadi.

Tadqiqotning maqsadi - Urganch Jamoat transport yo‘nalishlarini murakkablik darajasini baholash uslubini o‘rganish va ishlab chiqish hamda jamoat transport yo‘nalishlarini murakkablik darajasini baholash uslubini yaratishdan iborat.


Tadqiqotning vazifasi - So‘nggi yillarda aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, jamoat transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish va harakat tarkibini zamonaviy, ekologik toza avtobuslar bilan yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan xorijiy ekspertlar ishtirokida yangicha yondashuvlar asosida turizim shahar sifatida qadimiy Urganch shahar jamoat transportining yangi yo‘nalishlari tarmog‘i ishlab chiqildi. Tadqiqot jarayonida mavzuni to‘laqonli darajada ochib berishda, mavzuni chuqur o‘rganish asosida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
-Urganch jamoat transport yo‘nalishlarini murakkablik darajasini baholash uslublarini o‘rganish va amaliy holatini tahlil qilish;
-transport boshqarmalari qoshida tashuvchilar tomonidan yo‘nalish ko‘rsatkichlari bajarilishini monitoring qilishni o‘rganish; -bajarilgan ish hajmi va sifatini aniqlash hamda baholash; -yo‘lkira haqi to‘lanishini va ko‘rsatilgan xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi tashkil etish jarayonlarini tahlil qilish; -jamoat transportidan foydalanishda yo‘lovchilar uchun qulay tariflarni joriy etish hamda elektron to‘lovlarni ommalashtirish holatlarini maksimal darajada soddalashtirish;
-yo‘nalishlardagi avtobuslarda o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari faoliyatini takomillashtirish;
-shahar ko‘chalarida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylaridan foydalanganlik uchun tushumning davlat sherigiga o‘tkazilishiga erishish kabi holatlarni ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotning obʼekti - Urganch shahri jamoat transport yoʼnalishlarini tahlil qilish va murakkablik darajasini baholash hisoblanadi. Shuningdek, jamoat transporti sohasida mavjud kamchiliklar va yutuqlarni o‘rganish asosida xalqaro tajribalardan foydalangan holda takliflar ishlab chiqish tadqiqot ob’ekti sifatida olingan.Tadqiqotning predmeti - Jamoat transporti yoʼnalishlarini murakkablik darajasini baholash mezonini ishlab chiqish, jamoat transporti yoʼnalishlarini murakkablik darajasini aniqlash matematik modelini yaratishni nazarda tutadi. Tadqiqot ishining nazariy va uslubiy asoslari bo’lib O’zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, Raximberdiyev I. U1, Abdullaev B.I2., Akhmedov D.T.3, Yuldashev D.F4 larning transport sohasiga oid asarlari hamda Yuldoshev, Davron Furkat O‘g‘li5, Muminov, Tulkin Shoykulovich (2021) ning “City public transport and passenger traffic studying the effect of weather indicators”,. “Planning the number of buses on routes”, "Logistics and economy" scientific-electronic journal elektron manbalardan foydalanish orqali mavzuni to‘laqonli darajada tadqiq qilishga harakat qilindi.

Download 353.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling