Materikning quyida berilgan iqlim xususiyatlariga ega bo‗lgan hududlari iqlim mintaqalari qanday nomlanadi?
ushbu hudud ekvatorning har ikkala tomonida joylashgan. Yil bo‗yi harorat yuqori va yog‗inlar miqdori ko‗p (1500-1800 mm) bo‗ladi. Ayrim joylarga 10.000 mm gacha, o‗rtacha yillik va oylik harorat 26°С ga teng;
hudud yuqori atmosfera bosimi oblastida joylashgan. Passatlar uzoq davom etadi. Yog‗inlar 100 mm dan kam. Bu yerda yanvar oyining o‗rtacha harorati 10°C, iyul oyiniki esa 38°C.
Javob:
bu ekvatorial iqlim mintaqasi.
Misrda yanvar oyining o‗rtacha harorati 100C, iyul oyiniki esa 38°C. Yillik havo haroratini o‗zgarish amplitudasini aniqlang.
Javob: Agar kuzatilgan haroratlarning ishorasi bir xil bo‗lsa, katta ko‗rsatkichdan kichigi ayriladi. Ya‘ni 38°C-10°C=28°C
II variant.
Afrika materigini 300 meridian yoyi bo‗ylab shimoldan-janubga qancha masofaga cho‗zilganligini gradus va km larda hisoblang.
Javob: 30° meridian yoyi bo‗ylab Afrikaning chekka shimoliy nuqtasi 31,4° shimoliy kenglikdan, janubi esa 31,6° janubiy kenglikka to‗g‗ri keladi. Bu ikki nuqta ikki xil yarimsharda joylashganligi sababli ular o‗zaro bir-biriga qo‗shiladi, ya‘ni 31,4°+31,6°=63°. Demak, 30° meridian yoyi bo‗ylab Afrika materigi shimoldan janubga 63° ga cho‗zilgan. Endi uni km larda ifodalaymiz. Buning uchun bizga 1° meridian yoyining o‗rtacha uzunligining qiymati kerak bo‗ladi. Bu qiymatda 1° meridian yoyining o‗rtacha uzunligi 111,1 km ga teng. Bundan 63×111,1 km = 6999,3 km. Afrika materigi
30° meridian yoyi bo‗ylab shimoldan janubga 63° ga cho‗zilgan. Bu o‗rtacha 6999,3 km ni tashkil etadi.
Materikning quyida berilgan iqlim xususiyatlariga ega bo‗lgan hududlari, iqlim mintaqalari qanday nomlanadi?
Bu mintaqa ekvatorning har ikkala tomondan 15-20° kengliklargacha cho‗zilgan. Bu yerda 2 ta fasl sernam yoz, quruq qish ifodalanadi.
Bu mintaqada o‗rta dengiz iqlimi shakllangan. Mavsumiy havo massalari almashinadi.
Javob:
Bu subekvatorial iqlim mintaqasi
Subtropik mintaqa
Masala. Livan shahrida yanvar oyining o‗rtacha harorati -43,3°C, iyul havo harorati +19,1°C. Yillik havo haroratini o‗zgarish amplitudasini aniqlang.
Javob: agar haroratlar ko‗rsatkichi ikki xil (musbat va manfiy) bo‗lsa bu haroratlarni kattasidan kichigi ayriladi. Ya‘ni +19,1°C – (-43,3°C) = +19,1°C +43,3°C= 62,4°C;
Do'stlaringiz bilan baham: |