Abdumurod bobonorov ona tili 5,6,7,8,9 – sinf mavzulashtirilgan test
Download 182.42 Kb.
|
5,6,7,8,9-sinf ona tili umumiy test
30
TESTLAR Qaysi javobdagi so‘zda fonetik hodisa kuzatiladi? A) O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir. B) Odob yoshlarni kattalar duosiga sazovor etadi. C) Ne-ne to‘siqlarni yengishgan edi. D) Asabiylashmay yuzma-yuz o‘tirib, fikrimizni tushuntira olamizmi? Qaysi javobdagi so‘zlarda fonetik hodisa kuzatiladi? A) qiynaldi, sanadi B) ma’naviy, o‘ksigan C) yumshoq, foydali D) o‘ynovchilardan, bog‘ga Hadisi sharifda shunday deyilgan: "Odamlarga nisbatan yomonligingni to‘xtat, shu o‘zingga sadaqa bo‘ladi". Ushbu gapda qo‘llangan tovush o‘zgarish-larining soni va turi to‘g‘ri berilgan javobni toping. A) 2 ta tovush ortishi, 1 ta tovush tushishi B) 1 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi C) 2 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi D) 1 ta tovush ortishi, 2 ta tovush almashishi Jarangli juftiga ega bo‘lgan til orqa undoshi qaysi javobda berilgan? A) g B) k C) ng D) q Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi. Ushbu gapda necha marta tovush almashish fonetik hodisasi yuz bergan? A)1 B)2 C)3 D)0 Quyida berilgan gapdagi fonetik o‘zgarishlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Bolaning ko‘ngli o‘ksimasin deb yumshoq o‘rindiqqa o‘tqazdi. 1) tovush tushishi; 2) tovush almashishi; 3) tovush ortishi A)2,3 B)1,2 C)1,2,3 D)1,3 Ona - u, bag‘rida millat beshigi, Qalbida yopilmas qadr eshigi, Allasi oromdir - hayot qo‘shig‘i, Ayol omon bo‘lsa, dunyo go‘zaldir. Ushbu she’riy parchada qanday fonetik o‘zgarishlar uchraydi? A) tovush almashishi, tovush orttirilishi, tovush tushishi B) tovush almashishi, tovush ortishi tovush almashishi, tovush tushishi tovush ortishi, tovush tushishi Bir mahal bola yig‘ladimi yo tashqarida shamolning guvullashi orasida dahshatli bir faryod qulog‘iga kirdimi, anglay olmay qoldi. Ushbu gapdagi fonetik o‘zgarishlarning turini ko‘rsating. A) bitta tovush tushishi, uchta tovush almashinishi B) bitta tovush tushishi, ikkita tovush almashinishi C) uchta tovush almashinishi D) bitta tovush orttirilishi, ikkita tovush almashinishi Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida nechta tovush o‘zgarishi yuz bergan? A)1 B)2 C)4 D)3 Ko‘p ishlovchi ko‘p yashaydi. Ushbu gapda fonetik hodisalarning qanday turi mavjud? A) tovush tushishi B) tovush ortishi C) tovush almashishi D) tovush tushishi va ortishi Portlovchilar guruhiga mansub bo‘lmagan jarangli undoshlarni toping. A) v, z, l, y B) v, h, t, k C) j, k, s, z D) v, z, y, m a unlisi o unlisi kabi aytiladigan so‘zlar qaysi javobda berilgan? tonna, oynak, kombayn B) savob, zamon, bahor qaynoq, sanoq, dumaloq tomosha, samon, muomala Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z qatnashgan gap qaysi qatorda berilgan? A) Temir qo‘rg‘on ichida qizil toychoq o‘ynaydi. B) Bir nafasda olamni kezar. C) Tilsiz aql o‘rgatar. D) Tig‘ yarasi bitadi, til yarasi bitmaydi. Qator undoshlar ifodalangan so‘z berilgan javobni belgilang. A) Istiqlol B) istara C) estrada D) ishtirok Tovush tushish hodisasi yuz bergan gapni toping. A) Maktabda "O‘tkir zehnlilar" musobaqasi bo‘ldi. B) Hech bo‘lmaganidan ko‘ra, kech bo‘lgani yaxshi. C) Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘rayman. D) Idoraga bor, senga ham pul berishadi. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda talaffuzda tovush orttirilishi kuzatiladi? A) shariat, toifa, Noila B) iftixor, itoat, faxr C) faxr, hukm, fazo D) iftixor, fazo, toifa Qaysi gapdagi so‘zda tovush almashinish hodisasi yuz bergan? A) Bu orada qiziq ishlar bo‘lib o‘tdi. B) Qumloqda saksovul ildizlari chuqurlab ketgan edi. C) Dushmanni tag-tugi bilan yo‘qotib yubordi. D) Son-sanoqni bildiruvchi so‘zlar sanoq sonlardir. Faqat lab undosharidan tashkil topgan ochiq bo‘g‘inli so‘zlarni belgilang. A) ma’no, mabodo, bobo B) vabo, vafo, ma’vo C) havo, bayot, badaviy D) popop, moviy, pafos Shovulladi tun bo‘yi shamol, Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor. Shivirlading yonimda xushhol: "Yana keldi, do‘stginam, bahor". Ushbu parchada burun tovushi bilan tugagan yopiq bo‘g‘inlar sonini aniqlang. A)4 B)5C)6 D)7 Shovulladi tun bo‘yi shamol, Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor. Shivirlading yonimda xushhol: "Yana keldi, do‘stginam, bahor". Ushbu parchada lab undoshlari bilan boshlanuvchi ochiq bo‘g‘inlar sonini aniqlang. A)1 B)2 C)3 D)4 34 21. Oktava - insonning hayotda o‘z o‘rnini topishga
intilishdir. Bu gapda nechta so‘z fonetik o‘zgarish bo‘yicha yozilgan? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 Qaysi qatordagi so‘zlarda i tovushi bilinar-bilinmas talaffuz etiladi? A) bilan, biroq, sira B) tushib, tirnoq, tingla C) qiliq, qiziq, torlik D) tartib, keltiring, kelib Mehnat bilan inoqlashsang, tan og‘rig‘ini ko‘rmassan. Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarish kuzatilmoqda? A) tovush tushishi B) tovush almashishi C) tovush orttirilishi D) tovush tushishi va almashishi Fevral oyiga kelib sovuqning shashti biroz pasaydi. Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarish ro‘y bergan? A) tovush tushishi va almashishi B) tovush orttirilishi va tushishi C) tovush almashishi va orttirilishi D) tovush almashishi Berilgan so‘zlardan qaysi biri fonetik o‘zgarish asosida yozilgan? A) ulg‘aymoq B) ishda C) stol D) ketdi Shundan so‘ng ikkovi shunchalik qalinlashdiki, hatto bir juma kuni Murodxo‘ja domlaning mehmonxonasida bir haftalik so‘z boyligini aytib tamom qildi. Ushbu gapda nechta so‘z fonetik o‘zgarish asosida yozilgan? A)2 B)3 C)4 D)5 Qaysi gapdagi undalmada faqat til undoshlari ishtirok etgan? A) Ona tilim, sen ruhimning qanoti, Abu turk nafasi, Oltoy chechagi. B) Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor, Nimaga uzoqroq kulmaysan? C) Go‘zal yulduz, so‘yla mening taqdirim. D) Aytgil, do‘stim, nima qildik vatan uchun? Qaysi gapda egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida jarangsiz tovush jarangliga aylangan? A) Ro‘parasida tiniq suvday zilol ko‘zguni ko‘rdiki, uning go‘zalligidan to‘xtab qoldi. B) Ko‘chatni ekkani kelishibdi, ammo yomg‘irda qolishdi. C) Bir yoshroq va qoraroq bola eshikni taqillatdi. D) Ko‘p ishlovchi ko‘p yashaydi. Axloqiy fazilatlaring, yuqori estetik diding bilan uyg‘unlashgandagina husningga husn qo‘shiladi. Ushbu gapda chuqur til orqa undoshlari soni nechta? A) 4 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 5 ta Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so‘zni toping. A) taraqqiyot B) tafakkur C) shovqin D) huquq 31.Qaysi so‘zlarda n va g alohida tovush hisoblanadi? 1) onangga; 2) shudring; 3) menga; 4) tutunga; 5) ko‘ngil A) 1, 2, 5 B) 2, 3 C) 3, 4, 5 D) 3, 4 muruvvat so‘zidagi qo‘sh undosh haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. A) til oldi, jarangli, sirg‘aluvchi B) lab undoshi, sirg‘aluvchi, jarangli C) til undoshi, portlovchi, jarangsiz D) lab undoshi, sirg‘aluvchi, jarangsiz Do‘stning senga qanchalik muhabbati borligini bilmoqchi bo‘lsang, uning eng yaxshi ko‘rgan narsasini so‘ra, shunda hamma narsa ayon bo‘ladi. Shu ikkalasidan keyin ham u qovog‘ini solmasa, bunday do‘stni boshga ko‘tarish, shirin jon bilan barobar tutish kerak. Ushbu matnda fonetik o‘zgarishlarning qaysi turi kuzatiladi? A) tovush tushishi, tovush ortishi B) tovush ortishi, tovush almashishi C) tovush tushishi, tovush almashishi D) tovush tushishi, tovush ortishi, tovush almashishi Sovuqni sovuq saqlar, Issiqni issiq. Ushbu topishmoqda qanday fonetik o‘zgarish yuz bergan? A) tovush tushishi, tovush ortishi B) tovush ortishi, tovush almashishi C) tovush tushishi, tovush almashishi D) tovush tushishi, tovush ortishi, tovush almashishi Qaysi qatordagi so‘zlarning yopiq bo‘g‘inlaridan biri til orqa jarangli undosh bilan tugagan? A) jingalak B) tinglamoq C) zamburug‘ D) shtanga Qaysi gapdagi so‘zlarning ochiq bo‘g‘inlari keng unlilar bilan tugagan? A) Kishining hurmati o‘z qo‘lida. B) Ko‘z qayerda bo‘lsa, aql ham o‘sha yerda C) Uydan maktabga bora boshladim. D) Uning boyligi sira tugamas ekan. Birovning narsasini so‘roqsiz olish gunoh sanaladi. Ushbu gapda nechta so‘z tovush o‘zgarishiga uchragan? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta Faqat talaffuzda bir tovush ortadigan tor va keng unli qator kelgan so‘zlar qaysi javobda berilgan? A) doim, ilm, saodat B) tabiat, shariat, shior soat, muallim, muomala parvoyi, mavqeyi, obro‘yi Hayotning ko‘p issiq-sovug‘ini ko‘rib, saboq olib, tajribamni oshirdim. Ushbu gapda nechta fonetik o‘zgarish kuzatilmoqda? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta Hayotning ko‘p issiq-sovug‘ini ko‘rib, saboq olib, tajribamni oshirdim. Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarishlar kuzatilmoqda? A) 1 ta tovush orttirilishi va 1 ta tovush almashishi B) 2 ta tovush orttirilishi va 1 ta tovush almashishi C) 1 ta tovush orttirilishi va 2 ta tovush almashishi D) 2 ta tovush orttirilishi 35 Berilgan so‘zlarning qaysi birida faqat til oldi, sirg‘aluvchi undoshlar ishtirok etgan? 1) muvozanat; 2) larza; 3) faylasuf; 4) shoira; 5) shovul; 6) salla A)1,2,3 B)4,5,6 C)2,4,6 D)2,5, 1) ikki; 2) uch; 3) to‘rt; 4) besh; 5) olti; 6) sakkiz Berilgan sonlarning qaysi birida faqat yuqori tor unlilar ishtirok etgan? A)1,2 B)2,3,4 C)2,3 D)1,5,6 O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir. Ushbu gapda nechta so‘z tovush o‘zgarishiga uchragan? A)1 B)2 C)3 D)4 Hadisi sharifda shunday deyilgan: "Odamlarga nisbatan yomonligingni to‘xtat, shu o‘zingga sadaqa bo‘ladi". Ushbu gapda nechta tovush o‘zgarishi ro‘y bergan? A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 4 ta Qaysi gapda fonetik o‘zgarishlarga uchragan so‘z qatnashmagan A) Odamning ko‘ngli nozik. B) Burni qizarib kirib keldi. C) To‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini indirar. D) O‘zbekistonning ravnaqi yildan yilga el og‘ziga tushmoqda. Sening tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ingdan ayrilmasligingni bilar edim. Ushbu gapda nechta so‘z tovush o‘zgarishiga uchragan? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta Unisi o‘ziga bergan azobdan qiynaladi, bunisi esa o‘z qilig‘idan dard chekadi. Ushbu gapda tovush o‘zgarishiga uchragan nechta so‘z bor? A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 1 ta O‘zini sovuqdan qaltirayotgandek his qilgan kampir qizi bergan qaynoq-qaynoq choydan ichgach, tanasiga yoqimli issiqlik yugurdi. Ushbu gapda necha o‘rinda fonetik hodisa yuz bergan? A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta Yo‘q, hali bilagimda kuchim bor. Yuragimda o‘t so‘ngani yo‘q. Bu alamlarni, bu xorliklarni oyoq ostiga olib toptamagunimcha yashashim shart. Yashayman! Ushbu parchada fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar necha o‘rinda ishtirok etgan? A)5 B)2 C)3 D)4 Quyida berilgan gapdagi so‘zlar imlosida nechta fonetik hodisa mavjud? Ayrim paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga olaman. Bolaligimning o‘ynoqi damlarini eslayman; meni o‘tloqlarda dumalatgan, chang ko‘chalarda o‘ynatgan damlarni aslo unutmayman. A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 6 ta Qaysi gaplarda qo‘shimchalar ta’sirida bir so‘zning tovush tarkibida ikki xil fonetik o‘zgarish ro‘y bergan? Inson o‘z umrining hisobli bo‘lishini hamisha kech anglaydi. 2. Jo‘jalarning sanog‘ini bilmadim. Davr qiynoqlari vaqtincha - hali hamma narsa oldinda. 4. Radiodan o‘ynoqi musiqa yangradi. A)1,2,3,4 B)3,4 C)2,3,4 D)1,4 Qaysi qatorda egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda asosda tovush almashinish hodisasi kuzatiladigan, portlovchi, jarangsiz til orqa tovushi bilan tugagan so‘zlar berilgan? A) tilak, bilak B) qishloq, buloq C) erk, ishtirok D) tog‘, bog‘ Jalil qo‘yin cho‘ntagidan gazetaga o‘ralgan pulni olib sanamoqchi edi, yamoqchi urishib berdi. Ushbu gapda fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar sonini aniqlang. A) 5 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar, To‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini indirar. Ushbu maqoldagi fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar sonini aniqlang. A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta Shu so‘zlar og‘zimdan chiqar-chiqmas, do‘stim etagimga yopishib xitob qildi: "Karam sohibi bo‘lgan odam va’da berdimi, va’dasiga vafo qilishi lozim!" Ushbu gapda egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar sonini aniqlang. A) 2 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 3 ta Ona - u, bag‘rida millat beshigi, Qalbida yopilmas qadr eshigi, Allasi oromdir - hayot qo‘shig‘i, Ayol omon bo‘lsa, dunyo go‘zaldir. Ushbu she’riy parchada fonetik hodisaga uchragan so‘zlar soni nechta? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta 57.Birovning narsasini so‘roqsiz ravishda olish kechirilmas gunoh sanaladi. Berilgan gap tarkibidagi so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida qanday fonetik o‘zgarish ro‘y bergan? A) tovush tushishi B) tovush orttirilishi tovush almashishi tovush tushishi va almashishi Ahmoqlarning yuragi og‘zida, donolarning tili esa yuragidadir. Berilgan gapda fonetik o‘zgarish asosida yozilgan nechta so‘z mavjud? A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta Ahmoqlarning yuragi og‘zida, donolarning tili esa yuragidadir. Berilgan gapdagi nechta so‘zda tovush almashishi yuz bergan? A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta Ahmoqlarning yuragi og‘zida, donolarning tili esa yuragidadir. Berilgan gapdagi nechta so‘zda tovush tushishi yuz bergan? A) 4 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 2 ta |
ma'muriyatiga murojaat qiling