Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’lchov uslubi.
3.1. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarni aniqlash uslubi Hozirgi kunda qishloq xo’jaligi mahsuloti sifatini aniqlashning o’lchov (laboratoriya), ro’yxatga olish, hisob-kitob, organoleptik, sasiologik, ekspert uslublari mavjud. O’lchov uslubi. Ko’rsatkichlarni asboblar yordamida o’lchash va tahlil qilishga asoslangan bo’lib, miqdoriy ko’rsatkichlardan foydalanadi. O’lchov uslublari fizik, kimyoviy, kimyoviy-fizik, mikroskopik, biologik, fiziologik va texnologik uslublarga ajratiladi. Fizik uslublar mahsulotning fizik xossalariga asoslanadi. Fizik uslublarga polyarimetrik, refraktometrik, reologik, dielektrik uslublar kiritiladi. Polyarimetrik uslubdan optik faol moddalar (saxaroza, glyukoza, fruktoza)ni miqdoriy aniqlashda foydalaniladi. Eriydigan quruq moddalar, shakar va yog’ni aniqlashda refraktometrik uslublardan foydalaniladi.
Refraktometrik uslub
oziq-ovqat mahsulotining tarkibiy-mexanik xususiyatlarini aniqlash, donning me’yorlarini, cho’zinchoqligi, yirikligi, to’laligi, puchligi, tekisligi, yaltiroqligi va naturasini aniqlash, to’kiluvchanlikni, g’alviraklikni, tola massasi hajmini, uning mexanik xususiyatlari (pishiqlik va moslashuvchanlik) ni aniqlash maqsadida qo’llanadi. Dielektrik uslub bilan namlik aniqlanadi. Kimyoviy uslublardan qishloq xo’jaligi mahsulotining kimyoviy tarkibini, ya’ni shakar, kraxmal, biriktiruvchi to’qimalar, yog’, azot birikmalari, mineral elementlar, vitaminlar, suv va boshqa kimyoviy vositalarni aniqlashda foydalaniladi. Fizik-kimyoviy uslublar qishloq xo’jaligi mahsuloti sifatini aniqlashga ko’maklashadi: bular – xromatograf (xushbo’y va bo’yoq moddalar tabiati va miqdorini, oqsillardagi aminokislota tarkibini, ayrim organik kislotalar mavjudligini aniqlash), potensiometrik (LPU-1 potensiometr yordamida tadqiq qilinayotgan eritmada vodorod ionlari yo’nalishini va boshqalarni aniqlash), konduktometrik (eritmaning elektr o’tkazuvchanligini tadqiq qilish), kolorimetrik (eritmada yorug’likni yutish bo’yicha moddalar to’planishini aniqlash), shuningdek, bu uslub vositasida meva va rezavorlardagi vitaminlar tarkibi, mahsulotlardagi rN miqdori aniqlanadi. Mikroskopik uslubdan o’zun tolali zig’ir va nasha o’simligi toza qatlamining anatomik to’zilishini, tola sifatini, ular oddiy tolalar yo’g’onligini, mahsulot (asal, tuyilgan ziravor)ning haqiqiyligini, mahsulotlarda aralashmalar (qum, tuproq), parazitlar (sabzavotlarda nematodlar) borligini aniqlashda foydalaniladi. Biologik uslublardan laboratoriya va yerdagi unuvchanlik, shuningdek, mahsulotlarda toksik moddalar mavjudligi, mahsulotlarga mikroorganizmlarning aralashganligi va ularning tur tarkibi, kuya zamburug’lari sporalarini aniqlashda foydalaniladi. Mahsulot sifati ko’rsatkichlari qo’yidagilardan tashkil topgan: |
ma'muriyatiga murojaat qiling